Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.91K subscribers
67.4K photos
4.46K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#ҳудудлар_ҳаёти
#Бухоро_тумани

Аҳоли мурожаатларини инобатга олиб, “Боғикалон” маҳалласидаги ички йўлларни равонлаштириш Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 25 октябрдаги “2022-2023 йилларда маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-408-сон қарорига мувофиқ белгиланган реестрга киритилган эди.

Айни кунларда “Бухоро туман йўллардан фойдаланиш” унитар корхонаси йўлсозлари томонидан маҳалланинг “Обиторат”, “Юзон”, “Отқучи”, “Кангав” ва “Оба” қишлоқларининг 5 кмдан ортиқ ички йўллари асфальтлаштирилмоқда.

Ўз навбатида кўп йиллар ўнқур-чўнқир бўлиб, аҳолининг ҳақли эътирозига сабаб бўлиб келаётган ушбу муаммолар бугунги кунда ўз ечимини топаётганидан ҳудуд аҳолиси жуда мамнун бўлмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#PQ408
🔰Farg'ona tumani "Guzar" mahallasining 7,0 km ichki koʻchalari asfalt-beton qoplamasi bilan qoplanib, obod va ravon ko'chalarga aylanmoqda

Batafsil, Farg'ona telekanali "Yangiliklar 24" dasturi orqali efirga uzatilgan mazkur lavhadan tanishib olishingiz mumkin.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Naymansoyning ichki yoʻllari ham obod va ravon boʻlmoqda

Oʻzbekiston tumanidagi qishloq va mahallalar infratuzilmasi bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilashga qaratilgan manzilli tadbirlar qizgʻin davom etmoqda.

Bu borada, davlatimiz rahbarining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan amaliy tadbirlar natijasida mahalla va goʻshalar koʻrkam qiyofa kasb etmoqda.

Xususan, ayni qaror asosida tuman markazidan qariyb 20 chaqirim olis masofada joylashgan “Naymansoy” mahallasining 2 ming 100 metr ichki yoʻllariga asfalt yotqizilib, ravon va soz holatga keltirilmoqda. Obodlik, taʼmirlash ishlari mahallaning Ahillik, Tadbirkorlar va Doʻstlik kabi koʻchalarini yanada koʻrkam va goʻzal boʻlishiga sabab boʻlmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
MAHALLA KOʻCHALARI TAʼMIRLANIB OBOD VA RAVON BOʻLMOQDA

Prezidentimizning joriy yil 25-oktyabrda qabul qilingan “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Toshloq tumanidagi mahallalarda keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Hududlarda ichimlik suvi tarmoqlarini tortilishi, elektr energiyasini yaxshilanishi hamda ichki yoʻllarni taʼmirlanishi aholini koʻp yillik orzusini ushalishiga xizmat qilmoqda.

Shu kunlarda tumandagi “Toshloq” mahalla fuqarolar yigʻinida yoʻl infratuzilmasi yaxshilanmoqda. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 3 km masofadagi ichki yoʻllarda asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezident qaroriga koʻra, taʼmirlash ishlari uchun 1 milliard 500 million soʻm mablagʻ ajratilgan.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
#Islohotlar_samarasi
“Tinchlik” mahallasining ham ichki yoʻllari asfalt qilinmoqda

Ayni kunlarda Fargʻona shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Tinchlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi ichki yoʻllarning 5 kilometr qismi asfalt qilinishi belgilangan. Hozirda yoʻllarni asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar uchun qaror asosida respublika byudjetidan 2 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati