Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.9K subscribers
67.4K photos
4.43K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ishchi_guruh
#Inson_qadri_uchun
#Ko'z_o'ngimizda

RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI: ASAKADA ICHKI YO'LLAR MUAMMOSI O'Z YECHIMINI TOPMOQDA...

https://t.iss.one/and_avtoyolpress
#Ishchi_guruh
#Inson_qadri
#Ko'z_o'ngimizda

RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI: ASAKA TUMANIDA ICHKI YO'LLAR MASALASIDAGI MUROJAATLAR O'Z YECHIMINI TOPMOQDA...

Viloyatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning tub zamirida xalqimizni rozi qilish yotadi. Xususan, so‘nggi kunlarda Respublika ishchi guruhi, hududiy sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilot vakillari nazorati ostida viloyatimiz hududlarida aholi  hayotini yaxshilash, zaruriy infratuzilma yaratish, bir so‘z bilan aytganda ertani kutib emas, aynan bugunidan rozi bo‘lib yashashlariga zaruriy sharoitlar yaratilmoqda.

Jumladan,Asaka tumanida ham ayni bugunda mahallalalarda chindan ham ko'plab ichki yo'llar tuproqli yo'l hisoblanadi.Qishda botqoq bo'lib ketishi esa ayni haqiqat. Mahalla aholisini ham ko'p yillardan buyon qiynab kelayotgan masala.

Ayni kunlarda esa Asaka tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tomonidan aholi murojaati bartaraf etilib, "Qadim", "Qo'ng'irot","Chek" va "Sho'rqishloq","Kamolot" va "Yuqori bo'z"  mahalla fuqarolar yig'inlarining tuproq-loyli ko'chalari tuman yo'lsozlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida 6,5 km masofasida shebenlashtirish ishlari bajarildi.

Batafsil fotolavhalarimizda...

https://t.iss.one/and_avtoyolpress
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Islohotlar_amalda
#Qayta_qurish
#Inson_qadri

AHOLI FAROVONLIGINI YO'LIDA...

Andijon shahrining har bir hududida olib borilayotgan qurilish va yo'l bunyodkorlik ishlari ko'chalarga ko'rk berish bilan bir qatorda aholining turmush darajasini yaxshilash, shahar yo'llarining arxitektura qiyofasini yangilash, saqlash va kompleks qurilish-ta'mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mas'ul tashkilot rahbarlari va mutasaddilar bilan birga Andijon shahri ko'p tarmoqli tibbiyot markazi hududida bo'ldi. Mazkur markaz joylashgan "Ahmad Donish" ko'chasining holati bilan tanishib, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tezkor tartibda yo'lni asfaltlash hamda tartibga keltirish, xavfsizligini ta'minlash, yo'lning chekka qismiga beton lotoklar yotqizish ishlari yuzasidan Andijon avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda Andijon viloyati YHXB ga kerakli topshiriqlarni berdi.

"Ahmad Donish" ko'chaning kengligi 8 metrni tashkil etadi. Bugunning o'zidayoq yo'lsozlar tomonidan ko'chaning ta'mirlash loyihasi ishlap chiqilib, 500 metr masofada yo'llar asfatlanishi belgilab olindi. Hududiy bo'linmalar bevosita jalb etilib, maxsus texnikalar yordamida yo'llarni ta'minlash va obodonlashtirish ishlar jadallik bilan boshlab yuborildi.

👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆
Batafsil fotolavhalarimizda...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Islohotlar_amalda
#Qayta_qurish
#Inson_qadri

Xabaringiz bor ayni kunlarda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan Andijon shahri ko'p tarmoqli tibbiy markaz joylashgan "Ahmad Donish" ko'chasining arxitektura qiyofasini yangilash, yo'l infratuzilmasini kompleks ta'mirlash yuzasidan mas'ul tashkilotlarga kerakli vazifalar topshirilgan edi.

Ayni kunlarda Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi tarkibidagi hududiy bo'linmalar tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus texnikalar yordamida yo'lni tartibga keltirish, xavfsizligini ta'minlash, yo'lning chekka qismiga beton lotoklar yotqizish, piyodalar yo'lakchasi barpo etishda asos tayyorlash hamda asfaltlash oldidan asos tayyorlash  ishlari yuzasidan qizg'in ish jarayoni davom etmoqda.

👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆
Batafsil fotolavhalarimizda...

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
#Inson_qadri_uchun

Gʻuzordagi mahallalar obod manzilga aylanmoqda

Gʻuzor tumanida "inson qadri uchun" tamoyili asosida aholiga qulayliklar yaratish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tumanning "Do‘stlik" mahallasi Nafosat ko‘chasining 1,5 km. masofadagi ichki yo‘llar asfaltlash ishlari boshlandi.

Bu haqda "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Soxib Jabborov ma’lum qildi.

Bizni kuzatib boring!
Kanalga ulanish 👉@guzorpress
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Inson_qadri
#E'tibor

Yurt obodligi yo'lidagi savobli mehnatingiz doimo e'tirofimizda....

Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan Yangi Andijon massivida joylashgan Andijon Muntazam yo'llardan foydalanish unitar korxonasi shtabida sovuq harorat saqlanib turgan ayni kunlarda viloyatimiz hududidagi barcha umumfoydalanuvdagi avtomobil yo'llarini obodonlashtirishda sidqidildan mehnat qilayotgan yo'lsozlarimiz uchun tushlikka palov tayyorlanib tarqatilmoqda.

Shuningdek, joylarda saqlash jarayonida bevosita ishtirok etayotgan yo'lsozlarimizga ham issiq holatda yetkazib berilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
#inson_qadri
#Hududlar_hayoti
#Jondor_tumani

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022-йил 25-октябрдаги “2022-2023-йилларда маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўгрисида”ги ПҚ-408-сонли Қарорига асосан Жондор тумани “Мургак” МФЙ дан ўтувчи 4н169 йўлининг 1 километр қисми туман йўллардан фойдаланиш унитар корхонаси томонидан асфалтлаштирилмоқда.

400 701,0 минг сўм маблағдан иборат лойиҳада 650 метр асфалтлаштириш, 10 дона йўл белгиларини алмаштириш, 20 дона йўналтирувчи устунчалар ўрнатиш иш турлари киритилган.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

#Sox
#open_budget
#Inson_qadri_uchun

So'x tumani Chumoqcha mahallasidagi 3,4 kilometr ichki yoʻllar “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida asfaltlashtirilmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri
#Saxovat

XAYR-SAXOVAT XALQIMIZGA HOS EZGU FAZILAT!

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
#Live
#Inson_qadri

XAYR-SAXOVAT XALQIMIZGA HOS EZGU FAZILAT!

Xalqimizga xos xislatlar haqida so‘z ketganda, mehr-oqibat, saxovatpeshalik alohida tilga olinadi.

Binobarin, inson va uning qadri ustuvor sanalgan yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat zamirida ham aholi turmushini yanada farovon etish, ehtiyojmand oilalarga ko‘maklashish va ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar holidan xabar olish kabi ulug‘vor maqsadlar mujassam.

Bugun savobli ish yo'lini tutgan Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan Shahrixon tumanidagi ijtimoiy himoya muxtoj va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, bu kabi insoniy fazilatlar ko'lami yo'lsozlarimiz tomonidan davom etmoqda
.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Inson_qadri

ANDIJONDA ZAMONAVIY KO'RINISHGA EGA KO'PRIKLAR BARPO ETILMOQDA

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ozbekiston #inson_qadri
#PQ408
🎬🎬

🔹Yoʻllar ravon, manzillar yaqin: O'zbekiston tumani Dehqonobod mahallasining 5 ming metrdan ziyod ichki yoʻllari sozlandi

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Inson_qadri
#Hududlardan_jarayon

"YANGI QO'RGON" MAHALLASI YANGI QIYOFA KASB ETMOQDA

Inson uchun o'zi tug'ilib o'sgan joyi Vatan hisoblansa, mahalla vatan ichra kichik vatandir. Uning obodligi uchun esa har birimiz mas'ulmiz.

Yurtimizning olis va chekka hududlarida yig'ilib qolgan muammolarni hal etish, aholiga munosib hayot sifati, turmush sharoitini yaratib berish borasida davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani "Yangi Qo'rgon" mahallasida ham o'zining ijobiy natijalarini ko'rsata boshladi. Aholisining ko'p yillik murojaatlari va hududni o‘rganish asosida aniqlangan muammo hamda kamchiliklarni o'rganilib, qishda loy  yozda changligidan noqulaylik keltirib chiqargan ko'chalar bugun obod va ravon ko'rinishga kelmoqda.

Ayni bugunda Andijon Muntazam yo'llardan foydalanish UK yo'lsozlari tomonidan mahallaning "Mustaqillik",  "Baxt" va "Rivojlanish" ko'chalarida asfaltlash ishlari uyushqoqlik  amalga oshirilmoqda. Mahalla ahli amalga oshirilayotgan islohotlardan minnatdor va taraqqiyotga hayruhox.
Bugunidan rozi!

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
#Inson_qadri
#Islohotlar_amalda

YO'LING RAVON BO'LSA QOQILMAYSAN

Viloyatimizda aholi turmush darajasini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan obodonlashtirish ishlari qizg'in davom etmoqda. Bu borada belgilangan qaror ijrosi Asaka tumanida ham amalga oshirilmoqda

Xatlov yoki ishchi guruh yo'l muammolarini o'rganmoqda desa, avval ham murojaatlarimizini yozib ketishangandi hech qanday o'zgarish bo'lmadi deya fuqarolar norozilik bildirayotgani bor gap edi. Tumanning "Birdamlik" mahallasi aholosining  ham dastlab ko'nglidan shunday o'y o'tganini yashirishmadi. Oradan qisqa vaqt o'tib aholining murojaatiga yechim topilib, yo'lsozlar tomonidan asfaltlashtirish ishlari boshlandi.

Ayni kunlarda yo'lsozlar tomonidan hududda qisqa fursatlarda amalga oshirilayotgan bu kabi ta'mirlash va asfaltlash ishlari olib borilayotganligi mahalla ahlining quvonchiga sabab bo'lmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting...