Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
67.8K photos
4.56K videos
96 files
11.1K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
🌱Ko'chat ekish, daraxt o'stirish, tabiatni asrab-avaylash xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biridir. Shu ma'noda, qaysi sohada ishlamasin har bir yurtdoshimiz ko'kalamzorlashtirishga o'z hissasini qo'shadi.

Bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Sardorlar Kengashi a'zolari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o'tkazilgan umumxalq hayri hashari doirasida Davlatobod tumanida joylashgan Yoshlar bog'iga mevali va manzarali daraxt nihollarini o'tqazishdi.

🍃 Har yoshga bir nihol shiori ostida tashkil etilgan obodonlashtirish ishlarida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hodimlari, viloyat sardorlari hamda maktab sardorlari ishtirok etishdi.

🌸 Bahorgi ko'kalamzorlashtirish ishlarida har bir yurtdoshimizning ishtiroki muhimdir. Darvoqe, ushbu obodonlashtirish ishlari viloyatimizning turli go'shalarida olib borilmoqda. Bu borada esa Namangan sardorlari ilg'orlik qilishayotgani har qancha tahsinga loyiq.
Chust tumanidagi «Sadacha» mahallasi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, parvarish qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda Namangan viloyat hokimi Sh.Abdurazzaqov, tuman hokimligi, Tabiat resurslari vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi, "Namanganyo‘lko‘kalam" unitar korxonasi, ijtimoiy soha vakillar, mutaxassislar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bu yilgi aksiya doirasida “Sadacha” mahallasi hududidagi 8 gektar maydonga tumanining tabiiy sharoitidan kelib chiqib, 10 200 tup manzarali ko‘chatlar ekilmoqda. Ko‘chatlarning parvarish qilish, agrotexnikani to‘g‘ri tashkil etish, ko‘chatlarni kasallik va zararkunandalardan asrash yuzasidan mutaxassislar tomonidan maʼlumotlar berildi.

Maʼlumot o‘rnida aytish joizki, 2022 yilda ushbu hududdagi 22 gektar maydonga loyiha doirasida 16 500 tup ko‘chatlari ekilgan.

Tumanda bahorgi mavsumda 800 mingdan ortiq mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.
🔰 “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

▫️Kosonsoy tumanida 2023 yil bahor mavsumida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 807 ming tupdan ortiq koʻchat oʻtqazish rejalashtirilgan.

Kosonsoy tumani "Goʻrmiron" mahallasi hududida 4 gektarga yaqin maydon tayyorlanib, 7000 tupdan ortiq archa, pavloniya, hind atirguli, mojjevelnik kabi manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi Dilmurod Qodirov "Yashil makon" loyihasining ahamiyati haqida toʻxtalib, barchani faollikka chaqirdi.

Shuningdek, koʻchat ekish aksiyasida Tabiat resurslari vaziri oʻrinbosari J.Kazbekov, Namangan viloyati boshqarmasi boshligʻi A.Jalilov, mahalla masʼullari, yoshlar vakillari, tuman tabiat resurslari boʻlimi, obodonlashtirish boshqarmasi, "Yoʻlkoʻkallam" UK tashkilot va korxonalar jamoalari ishtirok etdilar.

Вu kabi tadbirlar hududlar qiyofasini obod etish barobarida, tabiatni asrash, ekologik musaffolikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.