Avtomobil yo'llari qo'mitasi
7.83K subscribers
69.7K photos
4.98K videos
96 files
12.1K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON

☄️ Yangi Namangan tumanining “Sohil” mahallasi hududida joylashgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida ayni paytda qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
🔼 Mazkur jarayonda Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi Uychi tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi yo‘lsozlari ham faol ishtirok etib, o‘zlari uchun biriktirilgan yo‘l qurilishi ishlarini bajarishmoqda.
📌 Muassasa tomonidan 10 gektar yer maydonida qad rostlayotgan mazkur kichik sanoat zonasi ko‘chalarining 2,7 kilometr qismida yangi yo‘llarni qurish uchun dastlabki asos tayyorlash, shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON

☄️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori asosida joriy yilda Beruniy tumani hududida 25 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘llarni qum-shag‘al aralashmasi yordamida ta’mirlash rejalashtirilgan.
🔼 Ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlanib, joylarda qurilish-ta’mirlash jarayonlari boshlab yuborilgan.
📌 Bugungi kunda ushbu rejaning katta qismi amalga oshirilgan bo‘lib, 15.3 kilometr uzunlikdagi yo‘lga qum-shag‘al aralashmasi (QSHA) yotqizildi.
✔️ Bu ishlar aholiga qulaylik yaratish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda transport qatnovini yaxshilashga xizmat qilyapti.
⚡️ Ayni vaqtda Beruniy tumanidagi 10 ta mahallada ichki ko‘chalarni tekislash ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON

☄️ Navoiy viloyati AYBB tarkibidagi Navbahor tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan D067 (4R48) “Zarafshon trakti” avtomobil yo‘lida qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔼 Ayni vaqtda bu yerda asos qurish va yo‘l poyini mustahkamlash ishlari jadallik bilan olib borilyapti.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON

☄️ Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Konimex tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan xalqaro ahamiyatga ega A379 “Navoiy – Uchquduq” avtomobil yo‘lining 56—57-kilometrlari oralig‘ida piyodalar yo‘lagini qurish va eskirgan yo‘l belgilarini ta‘mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON

☄️ Namangan viloyati bo‘yicha “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil birinchi mavsumida eng ko‘p ovoz olgan hududlarning ichki ko‘chalarida asfalt yotqizish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
🔼 Xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Axsi” mahallasi ko‘chalarining 2,8 kilometr qismiga “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida asfalt qoplamasi yotqizilyapti.
📌 Ayni kunlarda Namangan Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida “Rubin BIA” MCHJ tomonidan “Axsi” mahallasi hududida joylashgan Ilg‘or, Madad, Gulobod, Ixlos va Ko‘tarma ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari bajarilmoqda.
⚡️ Bu kabi ishlar “Tashabbusli budjet” loyihasida g‘olib bo‘lgan barcha hududlarda davom etmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON

☄️ Navoiy viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i Navoiy shahrida avtomobil yo‘llarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlari holatini o‘rgandi.
🔼 Boshqarma boshlig‘ining navbatdagi manzili Navoiy shahrining Аlisher Navoiy hamda Meʼmorlar ko‘chalari kesishuvi bo‘ldi.
📌 Ish jarayoni to‘liq ko‘zdan kechirildi va Karmana tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi mas’ullariga har bir masalaga yuksak mas’uliyat va alohida eʼtibor bilan yondashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON

☄️ Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi korxonalar tomonidan davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarining zararlangan qismlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
🔼 Xususan, Yangiqo‘rg‘on tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan Namangan viloyatidagi turizm manzillaridan biri bo‘lgan Nanay qishlog‘iga olib boruvchi davlat ahamiyatidagi D111 (4R118) “Jiydakapa q.–Uychi sh.–Chortoq sh.–Yangiqo‘rg‘on sh.–Zarkent q.–Nanay q.–Qirg‘iziston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 38–72-kilometrlari oralig‘ida avtomobil yo‘lining zararlangan qismlarini ta’mirlash, ya’ni, asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON

☄️ Prezidentimizning topshirig‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Zarbdor” tajribasi asosida shakllantirilgan “Drayver” loyihalarni amalga oshirish dasturi qabul qilingan edi.
🔼 Dastur doirasida Qonliko‘l tumanidagi “Mustaqillik” ko‘chasining 767 metr qismiga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda.
📌 Ta’mirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida amalga oshirilyapti.
✔️ Buning uchun jami 10 ta maxsus texnika hamda 14 nafar ishchi-xodim jalb qilingan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_VILOYATI
#JARAYON

☄️ Navoiy Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati DM rahbari va Navoiy Transport prokurori hamda Transport nazorat inspeksiyasi Yo‘l qurilishi ishlarini nazorat qilish Navoiy viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i birgalikda Navoiy viloyati hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holatini o‘rganishdi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI
#JARAYON

☄️ Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi D234 (4R176) “Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining Nukus shahri hududidan o‘tgan 0—14.3-kilometrlari oralig‘ida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.
🔼 Ayni paytda mazkur avtomobil yo‘lining 6—7-km oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilyapti.
📌 Ta’mirlash ishlari Qipchoq Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilib, bu ishlarga 10 ta maxsus texnika va 15 nafardan ortiq ishchi-xodimlar jalb qilingan.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website ▪️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM