Avtomobil yo'llari qo'mitasi
7.55K subscribers
69.9K photos
5.03K videos
97 files
12.2K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Ishchi_guruh
#Inson_qadri
#Ko'z_o'ngimizda

RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI: ASAKA TUMANIDA ICHKI YO'LLAR MASALASIDAGI MUROJAATLAR O'Z YECHIMINI TOPMOQDA...

Viloyatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning tub zamirida xalqimizni rozi qilish yotadi. Xususan, so‘nggi kunlarda Respublika ishchi guruhi, hududiy sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilot vakillari nazorati ostida viloyatimiz hududlarida aholi  hayotini yaxshilash, zaruriy infratuzilma yaratish, bir so‘z bilan aytganda ertani kutib emas, aynan bugunidan rozi bo‘lib yashashlariga zaruriy sharoitlar yaratilmoqda.

Jumladan,Asaka tumanida ham ayni bugunda mahallalalarda chindan ham ko'plab ichki yo'llar tuproqli yo'l hisoblanadi.Qishda botqoq bo'lib ketishi esa ayni haqiqat. Mahalla aholisini ham ko'p yillardan buyon qiynab kelayotgan masala.

Ayni kunlarda esa Asaka tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tomonidan aholi murojaati bartaraf etilib, "Qadim", "Qo'ng'irot","Chek" va "Sho'rqishloq","Kamolot" va "Yuqori bo'z"  mahalla fuqarolar yig'inlarining tuproq-loyli ko'chalari tuman yo'lsozlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida 6,5 km masofasida shebenlashtirish ishlari bajarildi.

Batafsil fotolavhalarimizda...

https://t.iss.one/and_avtoyolpress
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 16 dekabr kuni
https://t.iss.one/kunuzofficial/130628
Kun.uz rasmiy sahifasi orqali "Andijon yo'lsozlari o'ylab topgan innovatsiya sabab  asakalik aholi qiynalmoqda" sarlavhasi ostida video murojaat e'lon qilingan. Ushbu murojaat yuzasidan Andijon avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi MATBUOT XIZMATI quyidagilarni ma'lum qiladi:

Murojaatdagi yo'l, Andijon viloyati Asaka tumanidagi "Dehqon bozori" hududiga olib boruvchi ichki xo'jalik yo'li hisoblanib, O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktabrdagi "Avtomobil yo'llari to'grisida" gi 117-sonli Qonunining 7-moddasiga ko'ra xo'jaliklar aro qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlari ko'chalari tegishliligi bo'yicha shahar va tuman hokimliklari balansida ekanligini, saqlash ishlari tuman Obodonlashtirish bo'limlari tomonidan amalga oshirilishini, ta'mirlash ishlari dasturini shakllantirish, moliyaviy manbaasiga aniqlik kiritish shahar va tuman hokimliklari tomonidan amalga oshirilishi belgilab berilgan.

Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mutasaddilari mazkur murojaatni tezkor tartibda o'rganib chiqip, murojaatdagi yo'lni dasturga kiritib, ta'mirlash ishlari amalga oshirilishiga qadar hudud aholisiga qulaylik yaratish maqsadida Asaka tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda transport vositalari harakatlalanishi uchun shebenli asos tayyorlash va 4 tonna asfalt-beton qoplamasi yotqizish ishlari bajarilgan.

Kelgusida dasturga kiritilib,  mablag‘ ajratilgandan so'ng belgilangan tartibda shartnomaga asosan ta'mirlash ishlari amalga oshirilishini ma'lum qilamiz.

Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi MATBUOT XIZMATI