Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.86K subscribers
67.5K photos
4.49K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Forwarded from Andijon Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
MARHAMAT TUMANI «SHOMAT» MAHALLASIDA HAM ASFALTLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Mahalliy byudjet mablag'larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo'naltirilishi ustidan deputatlar nazoratini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi «Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-5072-sonli hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi «Mahalliy byudjet mablag'lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta'minlash to'g'risida»gi KQ-213-IV-sonli qarorlariga asosan Marhamat tumani «Shomat» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Iftixor ko‘chasida mahalla ahli «Open byudjet» dasturidan unumli foydalanishgani uchun asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu mahalla hududidagi ichki yo'llarning 2 km qismida «Farhod asr qurilish» MCHJ tomonidan asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

https://t.iss.one/and_avtoyolpressa
——— HASHAR - ELGA YARASHAR ———
Navoiy viloyati Navbahor tumani yo`llardan foydalanish UKsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 oktabrdagi “Buxoro va Navoiy viloyatlari aholisining turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 617-sonli qaroriga asosan tumandagi Qorajon, Qiziloy, Armijon hamda Guliston MFY larining ichki xo‘jalik yo‘llarida "Hashar" yo‘li bilan shag‘allashtirish ishlari olib borilib aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Navoiy viloyati Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati.
@navoiyavtoyul
“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda...

Navoiy viloyati Navoiyyo'lko'kalam Unitar Korxonasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida kuz mavsumi uchun 40 kunlik dolzarb ekish ishlari uchun Xalqaro ahamiyatidagi M-37 (Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi) avtomobil yo'lining 157-159 kilometrlari oralig‘ida 2022 yil kuz mavsumida ko‘chat ekish ishlaridan foto lavhalar.

Navoiy viloyati Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati.
@navoiyavtoyul"