Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.9K subscribers
67.4K photos
4.46K videos
96 files
10.9K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Inson_qadri_uchun

VILOYATIMIZ DAHALARIDA MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI QIZG'IN PALLADA...

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi ko'p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o'tqazib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo'yicha keng ko'lamli ishlarni yo'lga qo'ymoqda.

Viloyat hokimi hamda ishchi guruhi a'zolari tomonidan ayni kunlarda Andijon shahridagi "Qo'shariq" va "Bunyodkor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mavsumga tayyorgarlik ishlari ko'zdan kechirib,tegishli mutasaddilarga kerakli vazifalar topshirilmoqda.

Mazkur dahada jami 7 mingga yaqin aholi, 2838 ta xonadon mavjud bo'lib mutasaddilar tomonidan ularning murojaatlari o'rganilmoqda. Obodonlashtirish, yo'llarni ta'mirlash hamda sanitar tozalov yuzasidan xamkorlikdagi xarakatlar olib borildi. Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi Andijon tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi yo'lsozlari tomonidan hududning tuproqli yo'llari shag'allashtirilib, mahalla aholisi uchun yomg‘irli mavsumga qullaylik yaratilib, ko'chalar asfaltlanmoqda.

https://t.iss.one/avtoyolpressa
YURT OBOD BO'LSA, HAYOT FAROVON BO'LADI...

Insonning qo'li gul. Qalbida ezgu tuy'gular mujassam bo'lgan har qanday kishi o`zi yashab turgan vatanini, hududini obod qilishni, bog'-rog'larga burkashni istaydi. Ayniqsa, tabiati so'lim, tuprog'i unumdor, suvi zilol va iqlim sharoiti betakror bo'lgan jannatmakon yurtimizda yo'qdan bor qiluvchi bunyodkorlarimiz bor ekan zaminimiz yashnayveradi...

Darhaqiqat, bordan yo'q bo'lmaydi, yo'qdan bor bo'lmaydi,-deya bejiz aytilmagan. Bu nafaqat kimyo fani, balki hayotning qonuni.

Bir paytlar gullab, yashnagan, yillar o'tib esa qarovsiz holatga kelgan Andijon shahridagi "Nodirabegim" istirohat bog'i yana fayzli go'shaga aylanmoqda.Bir necha kunlar oldin ham bu maskan qarovsiz holatda bo'lib, aholida norozilik kayfiyatini  keltirib chiqarayotgan edi. Endi esa, u kun sayin chiroy ochib barchani havasini keltirmoqda.

Albatta bu viloyat hokimi Shuhratbek  Abdurahmonovning xayrli tashabbusi natijasi va mutasaddi tashkilotlarning sidqidildan qilayotgan mehnati samarasidir...

Umumiy maydoni 16 gektarni tashkil etuvchi mazkur bog'ga ayni kunlarda 10 mingdan ziyod manzarali daraxtlar va turfa gullar ekilmoqda. Bog' yo'llari esa, viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi tuman korxonalari yo'lsozlari tomonidan zamonaviy texnik uskunalar yordamida ta'mirlanib, yanada obod maskanga aylantirilmoqda. Bog'ning asosiy tashrif qog'ozi sanalgan 6 gektarli ko'l esa obi hayot bilan to'ldirilmoqda.

📸Batafsil fotolavhalarimizda...

https://t.iss.one/avtoyolpressa
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Татаристон Республикаси Президенти Рустам Минниханов бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию во главе с Президентом Республики Татарстан Рустамом Миннихановым.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter