Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
68K photos
4.59K videos
96 files
11.2K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Хоразм йўллардан мунтазам фойдаланиш унитар корхонаси томонидан Давлат аҳамиятидаги 4р 156 "Урганч ш.- Хонқа ш.- Хазорасп ш.- Тошсоқа орқали - Амударё - А-380 автойўли (570 км)" автомобиль йўлининг 8-12 км оралиғида пиёдаларнинг харакат хавфсизлигини таъминлаш мақсадида қатнов қисмига пиёдалар ўтиш жойини билдирувчи ётиқ йўл чизиқлари чизиш ишлари жараёнидан фото лавхалар.
Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Парламентлараро иттифоқ делегацияси - ушбу нуфузли тузилма раиси Дуарте Пачеко ва бош котиби Мартин Чунгонгни ҳам қабул қилди.

Учрашувда барқарор тараққиёт соҳасидаги мақсад ва вазифаларга эришиш, демократик қадриятларни илгари суриш, ёшларни қўллаб-қувватлаш, иттифоқнинг Инновациялар маркази билан алоқалар каби йўналишларда ўзаро манфаатли ҳамкорликни янада кенгайтириш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.

Сегодня Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял также делегацию Межпарламентского союза в составе председателя этой авторитетной структуры Дуарте Пачеко и генерального секретаря Мартина Чунгонга.

В ходе встречи особое внимание было уделено дальнейшему расширению взаимовыгодного сотрудничества по таким направлениям, как достижение целей и задач в области устойчивого развития, продвижение демократических ценностей, поддержка молодежи, взаимодействие с Центром инноваций союза.

Facebook|Instagram|Twitter
🛣Surxondaryo viloyati avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Denov tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan Davlat ahamiyatidagi 4R-108v "Denov shahriga" olib boruvchi avtomobil yo'lining chekasiga piyodalar yo'lkasi ( Trotuar) qurish ishlari olib borilmoqda.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Surxondaryo viloyati avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#YangiNamangan

Namangan viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi tasarrufidagi Namangan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan, Yangi Namangan tumani Sahovat MFY hududidan o'tuvchi 4P-214 "Namangan - Qozoqovul - Kosonsoy" avtomobil yo'lining 12-13-kilometrlari oralig'idagi yo‘lni ikkiga ajratuvchi to‘siqlar o‘rnatilib, ularni semento-beton bilan qotirish va yer tayyorlash ishlari bajarilmoqda.

Mazkur yo'ldagi ishlar bir dona avtogreydor, bir dona vodovoz, bir dona ekskovator, ikki dona kotok, 6 dona somasval yordamida amalga oshirilmoqda.

Hudud infratuzilmasi va odamlar turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladigan bunday o‘zgarishlar barchani birdek quvontirmoqda.

Qolaversa, sifatli va chidamli yo‘l qoplamalari mahalla ko‘chalarining obod va ko‘rkam bo‘lishi hamda hudud aholisi va transportlarning chang va loydan holi harakatlanishini ta’minlashi bilan ahamiyatlidir.

Namangan viloyat Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi axborot xizmati
  
Yo‘llarda harakat xavfsizligi ta’minlanmoqda

Qashqadaryo yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasining 182a yo‘l bo‘limi tomonidan 4R-91j “Xonobod qishlog‘iga kirish" avtomobil yo‘lining 1-2 kmlari oralig‘ida joylashgan piyodalar o‘tish joylariga, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy ta’mirlash ishlari hisobidan, yotiq yo‘l (zebra) chiziqlari chizildi.

@qashqadaryoavtoyol