Avtomobil yo'llari qo'mitasi
5.91K subscribers
67.4K photos
4.44K videos
96 files
10.8K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
Қонунчилик палатасининг бир гуруҳ депутатлари Татаристон Республикасида бўлиб турибди

Айни кунларда Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг бир гуруҳ депутатларидан таркиб топган парламент делегацияси Татаристонда бўлиб турибди. Ташриф доирасида делегация аъзоларини Татаристон Республикаси Президенти Рустам Минниханов қабул қилди.

Қабул давомида тор доирада учрашувлар ўтказилди. Унда мамлакатларимиз ва халқларимиз ўртасидаги муносабатлар сифат жиҳатдан янги босқичга кўтарилгани алоҳида қайд этилди.

Делегация таркибида мулоқотларда Қамаши сайлов округидан сайланган депутат Жамшид Қосимов ҳам иштирок этмоқда.

👉 @kamashi24 👈
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида қайта тикланувчи энергиядан фойдаланишни кенгайтириш бўйича устувор вазифалар белгиланди.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.
SAYYOR QABUL-XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT

Surxondaryo viloyati Qumqorgʻor tumanida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi hamda tegishli tarmoq vakillari rahbarligida sayyor qabul boʻlib oʻtmoqda, Unda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Boshqarma boshligʻi A.X.Amirov hamda Surxondaryo viloyati avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi J.B.Qilichev aholini qiynab kelayotgan yoʻl muammolarni eshitmoqda, fuqarolarimiz tomonidan yoʻllangan murojaatlardan bir nechtasi shu yerning oʻzida hal etilmoqda, hamda kelib tushgan murojaat bo'yicha tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxona rahbarlariga koʻrsatma berilmoqda.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Surxondaryo viloyati avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
No comment | Тўра Боболовнинг Музработ туманида бўлиб ўтган сайёр қабулидан

Каналга уланиш: t.iss.one/axborot_xizmati
#Pop

2022-yil 11-iyun kuni Pop tumani hududidan o‘tuvchi davlat va mahalliy ahamiyatdagi "Farg‘ona halqa yo‘li" yoqalariga ekilgan va saqlashdagi manzarali ko'chatlarni parvarishlash maqsadida yashnatuvchi dori sepish ishlari amalga oshirildi.

,,Namangan yo‘l ko‘kalamʼʼ tashkiloti tomonidan Pop tumanida suv taqchilligini inobatga olgan holda, mavjud bo‘lgan manzarali ko'chatlarga doimiy suv yetkazib berishni taʼminlash maqsadida hovuz kovlanib, sug'orishga kerak bo'ladigan miqdorni saqlash uchun tayyor holatga keltirildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa, yurtimizning yashilligiga hissa qo‘shib, uni obod qilish, manzarali daraxtlarni asrab-avaylashdan iboratdir.

Namangan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul
#Uychi

"Namangan yo‘l ko‘kalam" tashkiloti tomonidan Uychi tumanidan o‘tgan davlat va mahalliy ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari yoqalariga ekilgan va saqlashdagi manzarali ko‘chatlarni avtovishka texnikasi yordamida shakl berish, saqlash ishlari amalga oshirildi.

Daraxtlarning shox-novdalarini butash, siyraklatish, qisqartirish yo‘li orqali ularni muayyan bir ko‘rinishda o‘stirish bilan birgalikda, havo va yorug‘likdan yaxshi bahramand bo‘lishi, oziq moddalarning to‘planishi, daraxtning sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.

Namangan viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul