Avtomobil yo'llari qo'mitasi
12.7K subscribers
67.9K photos
4.58K videos
96 files
11.2K links
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali
🌐 www.uzavtoyul.uz
📱 t.iss.one/avtoyulqumita
⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL
🖥the_commitetee _for_roads

Aloqa:
📬[email protected]
📞71 207 67 68
Download Telegram
#Buxoro_viloyati
#INFOGRAFIKA

📌Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va uning tasarrufidagi korxonalarda mavjud 2024—2025-yilda kuz-qish mavsumiga jalb qilinadigan yo‘l texnikalari haqida INFOGRAFIKA

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI🇺🇿
#JARAYON

❄️ Sovuq, qorli kunlarda yo‘lsozlar yumushi va mas’uliyati yanada ortadi. Mavsum munosabati bilan Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan maxsus shtablar, yo‘llarni tezkor tozalash brigadalari tashkil etilgan.

🔩 Ma’lumki, yo‘l qoplamasini tozalash, shuningdek, yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepish uchun ixtisoslashtirilgan texnika faol qo‘llaniladi. Bu muz hosil bo‘lishining oldini olishga va baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Viloyat hududidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qor va muzlardan tozalash uchun mavjud barcha maxsus texnika vositalari jalb etilgan. Yo‘lsozlar samarali ishlashi uchun zarur ish qurollari bilan ta’minlangan.

📌Erta tongdanoq Buxoro Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan umumfoydalanuv yo‘llarini qor va muz qoldiqlaridan tozalash ishlariga kirishildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#OAV_biz_haqimizda

🎬DIYOR YANGILIKLARI informatsion dasturi: Yo‘lsozlarga kvadrotsikllar topshirildi

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI

⚡️Vobkentda mahallalarning ichki yo‘llari shag‘allashtirilmoqda

Aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarda muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash va shay holatda saqlash, obodonlashtirish ishlariga ayni kunda Vobkent tumanida ham e’tibor kuchaytirilgan.

🕓Joriy yilning birinchi yarmi davrida hududda umumiy qiymati 76 milliard so‘mga teng bo‘lgan jami 68 ta loyiha ro‘yobga chiqarilib, yangilangan obyektlar foydalanishga qabul qilingan. Bu haqdagi dalolatnomalari respublika “Open budjet” portaliga yuklangan. Bundan ko‘rinadiki, o‘nlab qishloq xonadonlari va ularda yashayotgan aholi vakillari duch kelayotgan tashvish-muammo, ya’ni yo‘l, elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi kabi ta’minotdagi nuqson va kamchiliklar bartaraf qilingan. 

🔽Bugunga kelib esa tumanning qator qishloqlarida ichki yo‘llar tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi hamda obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-mutaxassislari tomonidan shag‘allashtirilmoqda. Bu amaliy ishni o‘z zimmasiga olib, yo‘l solishda jonbozlik ko‘rsatayotgan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-mutaxassislari ish sifati respublika ishchi guruhi hamda hududdagi ma’muriy sektori mutasaddilari tomonidan qoniqarli baholanmoqda. Buni so‘nggi ikki oyda hududdagi "Kosari", "O‘zbakon", "Sariosiyo", "Charmgaron", "Rozmoz", "Qo‘ng‘irot", "Qo‘qin", "Xalach" va "Beshrabot" kabi mahallalarda yo‘l qismlarida olib borilgan shag‘allashtirish va asfaltlashtirish ishlari bilan ham izohlash mumkin.  
 
◾️Tuman yo‘lsozlar jamoasi tomonidan bugunga kelib hududdagi 178 kilometrdan oshiq yo‘l qismiga xizmat ko‘rsatilayotgan bo‘lib, shundan 32 kilometr yo‘l respublika ahamiyatidagi, 147 kilometri esa mahalliy ahamiyatdagi yo‘l hisoblanadi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#OAV_biz_haqimizda

📣"Buxoronoma" gazetasining 2024-yil 100-101-sonida o‘qing "Mahalla va qishloq yo‘llari chiroy ochmoqda".

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI

 💠 Bugungi kunda tuman aholisi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, infratuzilma holatini yaxshilash borasida Vobkent tumanida ham samarali ishlar olib borilmoqda.

   🟥  “Tashabbusli budjet” dasturi orqali Vobkent tumani "Kosari" MFY aholisi qishloq yo‘llarini ta’mirlash uchun ovoz to‘plash jarayonida ancha faollik ko‘rsatdi. Qishloqlarning ichki yo‘llari davlat budjetidan yangidan asfalt bo‘lishidan avvalo aholi manfaatdor bo‘ladi.

 📌   Mahalladoshlarning jipsligi, sa’y-harakatlari bilan ovoz yig‘ish jarayoni orqali 4021 ta ovoz yig‘ilishi natijasida 3680 metr masofadagi Kosari qishlog‘ining ichki yo‘llari asfaltalshtirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#QAROR_VA_IJRO

🔠Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 383-son qarori umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tasniflari o‘zgarganligi, yangi yo‘llar qurilganligi va qayta qurilganligi, avtomobil yo‘llarining toponimik nomlanishidagi o‘zgarishlarni inobatga olib, foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadiga qaratilgan.

🔠 Ushbu 383-son qaror bilan avtomobil yo‘llarining tasniflari hamda toponimik nomlanishi o‘zgarishlariga binoan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yangi raqam va nomlanishdagi tasdiqlangan ro‘yxatga asosan Buxoro viloyati hududidan o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yo‘l korxonalari tomonidan 5.29.1 "Yo‘l raqami" axborot ko‘rsatgich belgilarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI

☄️ Fuqarolar hamda avtotransport vositalarining harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Jondor tuman Avtomobil yo‘llaridan foydalanish davlat muassasasi ishchilari tomonidan 4K 191 "Jondor aylanma avtoyo‘li" avtomobil yo‘liga beton to‘siqlari o‘rnatildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUXORO_VILOYATI
#JARAYON

Yo‘l harakati xavfsizligi deganda yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati tushuniladi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini kamaytirishga qaratilgan faoliyatdir.
🗺 Avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil qilishning samarador usullaridan biri yo‘l chiziqlarini ishlatishdir. Yo‘l chiziqlarini ishlatish yo‘l-transport hodisalari sonining 30-50 % kamayishiga olib keladi.
🟢 Shofirkon tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan yo‘llardagi bu elementlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
📍 Jumladan, ayni kunlarda piyodalar harakat xafvsizligini ta’minlash maqsadida piyodalar o‘tish joyini bildiruvchi yotiq yo‘l chiziqlar chizish ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM