Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#MUTAXASSIS_SHARHI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda me’yorlar belgilangan.
◾️ Yuk mashinalari haydovchilarining belgilangan miqdordan ortiqcha yuk bilan harakatlanishi avtomobil yo‘llarining ba'zi qismlarida buzilish holatlarini keltirib chiqaradi. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida yuk transport vositalarining vazn va hajm parametrlarining belgilangan me’yorlarga mosligi doimiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
📌 Avtomobil yo‘llariga tarozilar o‘rnatilishdan maqsad va buning tartibini mutaxassis quyidagicha sharhlaydi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#MUTAXASSIS_SHARHI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📣 «Tashabbusli budjet» loyihasi doirasida Chust tumanida amalga oshirilayotgan jarayonlar haqida Namangan viloyati teleradiokompaniyasining «Namangan Axboroti» informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#NAMANGAN_VILOYATI
#INFOGRAFIKA
◾️ Bu qiziq.
◾️ Foydali.
☄️ Namangan viloyatidagi tumanlar markazidan viloyat markazigacha bo‘lgan masofalar uzunligi haqida INFOGRAFIKA
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#INFOGRAFIKA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👎1
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON
☄️ Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli «2023–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida Norin daryosi ustida uchta tumanni, Uychi, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarini viloyat markazi bilan bog‘lovchi yangi ko‘prikning qurilish ishlari jadal davom etmoqda.
❗️ Viloyatdagi katta loyihalardan biri bo‘lgan mazkur ko‘prikning uzunligi 481,5 metr, eni esa 15 metrni tashkil etadi. Loyiha doirasida 17,5 kilometr yangi yo‘l ham bunyod etilishi natijasida Uychi, Norin tumanlarida transport tirbandliklari va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oldi olinib, 100 dan ziyod mahallalarda yashovchi 450 ming aholi hamda 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratiladi.
⚡️ Ayni paytda ko‘prikning muhim tuzilmalaridan biri bo‘lgan asosiy tayanch ustunlariga 21 ta balka o‘rnatilib, tekislovchi qatlam ishlari olib borilmoqda. Hozirda qurilish ishlariga 26 nafar ishchi, 12 ta maxsus texnika jalb qilingan.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON
⚡️ Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Uchqo‘rg‘on–Kengsay” bojxona postining ochilishi O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari o‘rtasida iqtisodiy, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda.
📍 Ushbu post kuniga 10 000 ta yengil va 500 ta yuk avtotransport vositasini qabul qilish imkoniyatiga ega.
Bunday katta hajmdagi harakatni samarali tashkil qilish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
🕹 Shu maqsadda ayni paytda chegara postidan Uchqo‘rg‘on tumani markazigacha bo‘lgan 10 km masofada yo‘l kengaytirilib, tungi yoritgichlar o‘rnatilyapti, hudud obodonlashtirilib, yangi qiyofa kasb etmoqda.
◾️ Shuningdek, Uchqo‘rg‘on tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi yo‘lsozlari tomonidan davlat ahamiyatidagi D128 (4R 116V) “Uchqo‘rg‘on shahri—Bo‘ston qishlog‘i—Qirg‘iziston Respublikasi chegarasiga” avtomobil yo‘lida yo‘l qismini geomtrik o‘lchamga keltirish, yo‘lning qatnov qismida yog‘ingarchilik natijasida suv to‘planishining oldini olish maqsadida suv qochirish tizimini yaxshilash uchun maxsus temir-beton ariqchalarni o‘rnatish ishlari ham bajarilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Bunday katta hajmdagi harakatni samarali tashkil qilish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON
🔼 Turizm obyektlariga olib boruvchi yo‘llar ta’mirlanmoqda
☄️ Namangan viloyatining Nanay qishlog‘i issiq kunlarda sayyohlar oqimi eng ko‘p bo‘ladigan turizm maskanlaridan biriga aylanadi.
✔️ Viloyat markazidan ushbu qishloqqa qadar bo‘lgan 60 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘lidagi nosozliklar mahalliy va xorijiy sayyohlarga noqulayliklar tug‘dirib kelayotgan edi.
📌 Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatidagi D111 (4R118) “Jiydakapa q.–Uychi sh.–Chortoq sh.–Yangiqo‘rg‘on sh.–Zarkent q.–Nanay q.–Qirg‘iziston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 50–57-kilometrlari oralig‘ida hamda D106 (4R113) “Namangan–Yangiqo‘rg‘on–Kalishox” avtomobil yo‘lining 9–26-kilometrlari oralig‘ida qatnov yo‘lining zararlangan qismlariga asfalt qoplamasi yotqizilib, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NAMANGAN_VILOYATI
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
☄️ Namangan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatidagi D123 (4R261) “D110 avtomobil yo‘li (21-km dan) – Namangan temir yo‘l stansiyasi” avtomobil yo‘lining 0–4-kilometrlari oralig‘ida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari haqida “Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1
#NAMANGAN_VILOYATI
#SAYYOR_QABUL
⚡️ Namangan viloyatida Respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabullari tashkil etildi.
❗️ Davlatobod tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mas’ul xodimi Bekzod Do‘stqobilov fuqarolarning yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq murojaatlarini tinglab, ularga yechim topish choralarini izladi.
✔️ Sayyor qabulda soha bo‘yicha aholini qiynab kelayotgan muammolar mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi.
❗️ Ularning asosiy qismi shu joyda o‘z yechimini topgan bo‘lsa, muddat talab etuvchi murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#SAYYOR_QABUL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
#NAMANGAN_VILOYATI
#JARAYON
☄️ Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Uchqo‘rg‘on tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi yo‘lsozlari tomonidan davlat ahamiyatidagi D128 (4R116V) “Uchqo‘rg‘on shahri—Bo‘ston qishlog‘i—Qirg‘iziston Respublikasi chegarasiga” avtomobil yo‘lining 6–7-kilometrlari oralig‘ida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔼 “Uchqo‘rg‘on–Kengsay” bojxona postiga olib boruvchi mazkur avtomobil yo‘lida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari tuman infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi harakatlanishi uchun qulaylik yaratish hamda hududni obodonlashtirishga qaratilgan.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#JARAYON
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#NAMANGAN_VILOYATI
#OBYEKTLAR_BILAN_TANISHUV
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori I. Narimov Namangan viloyati hududida avtomobil yo‘llari qurilishiga oid Davlat dasturi ijrosi va sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🔼 Ushbu jarayonda Namangan viloyati AYBB boshlig‘i D. Sayfiddinov hamda Namangan Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati DM direktori J. Alimatovlar qurilish obyektlari haqida ma’lumotlar berishdi.
☄️ Transport prokurori I. Narimov dastlab, Norin daryosi ustidan o‘tuvchi, uzunligi 481,5 metrni tashkil etadigan ko‘prikning qurilish ishlari bilan tanishdi.
✔️ Shundan so‘ng, “Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil birinchi mavsumida eng ko‘p ovoz olgan hududlar, xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanining “Shoxidon” mahallasida 4,4 kilometr uzunlikdagi ichki ko‘chada amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari o‘rganildi.
📌 Shuningdek, I. Narimov “Namangan erkin iqtisodiy zonasi”da qurilayotgan avtomobil yo‘llarini borib ko‘rdi.
Xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Ibrat” sanoat uzelida uzunligi 3,7 kilometr bo‘lgan hamda Chustdagi “Sabzazor” sanoat uzelidagi 20,2 kilometr masofada qurilayotgan avtomobil yo‘llarining smeta-loyihalari bilan tanishtirildi.
📈 Bundan tashqari, Transport prokurori Chust tumanida “Qurnos-Gʻova” umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lining qurilish jarayonlari va smeta-loyihalari bilan ham yaqindan tanishdi.
❗️ I. Narimov barcha obyektlarning qurilishi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratish, jarayonlarda harakat xavfsizligini ta’minlash lozimligini ta’kidlab, soha mas’ullariga zarur tavsiya va topshiriqlar berdi.
✅ Telegram | ✅ Facebook |📹 You Tube 🌐 Website ▪️ Instagram
#OBYEKTLAR_BILAN_TANISHUV
Xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Ibrat” sanoat uzelida uzunligi 3,7 kilometr bo‘lgan hamda Chustdagi “Sabzazor” sanoat uzelidagi 20,2 kilometr masofada qurilayotgan avtomobil yo‘llarining smeta-loyihalari bilan tanishtirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7