Namangan Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
184 subscribers
15.3K photos
680 videos
42 files
419 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #Chortoq #yol

Чортоқ тумани Қорабоғ МФЙ Ғалаба кўчасидан чиқгунимизча тизза баробар чангга ботдик. Сабаб эса бу йўлнинг нотекис, тупроқли эканида эди. Мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотлар шамоли бу ерга ҳам етиб келди ва ҳозир "Обод қишлоқ" дастури бўйича кўчанинг 544 метр қисмида 4-5 метр кенгликда шағаллаш, 300 метрида эса тўрт метр кенгликда бетонлаш ишлари бажарилмоқда.

Қурилаётган мазкур йўл, вилоятдаги энг чиройли ётқизилаётган бетон йўллардан биридир.

Йўлчилар билан суҳбатлашганимизда,- "Янги текисловчи мослама ихтиро қилдик, шу сабаб биз қурган бетон йўллар текис чиқмоқда",- дейишяпди.

Наманган вилояти Автомобил йўллари Бош бошқармаси ахборот хизмати
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sorov #yol #avto #yth

Avtoavariyaga sabab bo'lyotgan omillar Renessans tv nigohida


Namangan viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasi
#yol
Namangan viloyati Avtomobil yo’llari boshqarmasi “Yo'l-ko'kalam” unitar korxonasi xodimlari tomonidan manzarali daraxt ko'chatlari yetishib chiqishi uchun korxonaning dala ekin maydoni hududiga qalamcha hamda manzarali ko’chatlar parvarishlab katta qilish maqsadida ekildi.

Ushbu ko’chatlar daraxt bo’lganidan so’ng davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llari chetiga ekiladi va nafaqat hududning go‘zalligini, balki atrof-muhit va jamiyatga ko‘p foyda keltiradi.

Daraxt ekish yashil va barqaror hamjamiyatni yaratishga qaratilgan tashabbusdir. Daraxtlar soya, toza havo beradi va turli yovvoyi tabiat turlari uchun yashash joyi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ular, shuningdek, atmosferadagi karbonat angidridni yutish orqali iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatishga yordam beradi.

O‘zbekistonda daraxt ekishga yanada ko’proq e’tibor qaratilib, tashkilotlar va shaxslar tomonidan sog‘lom va barqaror atrof-muhitni targ‘ib qilish bo‘yicha shu kabi tashabbuslar bo’lishi zarur.

Namangan Avtomobil yo’llari boshqarmasi