Namangan Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
194 subscribers
15.3K photos
680 videos
42 files
419 links
Download Telegram
#Namangan_viloyati

Vazirlar mahkamasining tegishli qarori asosida qurilgan ko‘priklar bugun xalqqa xizmat qilmoqda

Vazirlar Mahkamasining "2022-2023 yillarda viloyat aholisining turmush sharoitini yanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risidagi VM-670-sonli qaroriga asosan Namangan viloyatida 9 ta ko‘prik qurildi hamda quyidagilarining qurilishi bitirilib, aholiga foydalanishga topshirilgan;

📍Namangan tumani Kichik Toshbuloq MFY hududidan o‘tuvchi soyga 27 metr uzunlikda qurilgan ko‘prik

📍Yangi Namangan tumani Kelajak tongi MFYda 14 metr uzunlikda qurilgan ko‘prikdan

📍Uychi tuman Ozod MFY Ozod ko‘chasida qurilgan 22 metr uzunlikdagi ko‘prik

📍Chust tuman Munchoqtepa MFY Tutzor ko‘chasida qurilgan 21 metr uzunlikdagi ko‘prik

📍Kosonsoy tumani Majnuntol MFY Soybo‘yi ko‘chasida qurilgan 22 metr uzunlikdagi ko‘prik

📍Norin tuman Yangi tong MFY Hamza ko‘chasiga qurilgan 29 metr uzunlikdagi ko‘prik

📍Chortoq tumani Beshtol MFY Selxona ustiga qurilgan 20 metr uzunlikdagi ko‘prik

Hozirgi kunda Yangiqo‘rg‘on tumani Qizilqiyot MFY hududiga qurilayotgan 20 metr uzunlikdagi ko‘prik hamda tumanning Qorapolvon MFY hududidagi "Namangansoy" ustidan o‘tuvchi ko‘priklarida qurilish ishlari ketmoqda. Tez orada mazkur ishlar yakunlanib, aholiga foydalanishga topshiriladi.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
#Namangan_viloyati

Namangan viloyati Avtomobil yoʼllari Bosh boshqarmasi - "Namangan yoʼl koʼkalam'' unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan bugun;

Qamchiq xalqaro A-373 avtomobil yo‘lida stela o‘rnatilib landshaft dizayn asosida manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi;

Bundan tashqari;

📍Pop, Chust, To’raqo’rg’on tumanlaridan o’tuvchi 4R-120 avtomobil yo’li

📍Namangan shahar, Davlatobod tumani hududidagi 4R-112 avtomobil yo’li

📍Yangi Namangan hamda Kosonsoy tumanlaridan o’tuvchi 4R-214 avtomobil yo’li

📍Chortoq tumani hududidan o’tuvchi 4R-118 avtoyo’li

📍Uychi, Uchqo’rg’on tumani hududidan o’tuvchi 4R-116 avtomobil yo’li

📍Norin tumani hududidan o’tuvchi 4R-122 avtomobil yo’li

📍Mingbuloq tumani 4R-120 avtomobil yo’li

"Yashil Makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan mavjud manzarali daraxt va buta koʼchatlarini turli kasalliklarga qarshi dorilash, traktor yordamida haydash, begona oʼtlardan tozalash,shakl berilib tag qismini butab ochish, saqlash hamda sugʼorish saqlash ishlari bajarildi.