Namangan Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
187 subscribers
15.3K photos
680 videos
42 files
419 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlatobod #Jarayon

Davlatobod tumani Gulobod MFY Fayzobod ko'chasidagi ikki yarim kilometr uzunlikdagi yo'lga, beton yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Jarayonlar bilan quyidagi video rolik orqali tanishishingiz mumkin.

Namangan viloyat avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul
#Davlatobod

Davlatobod tumani “Gulobod” ko‘chasidagi ichki xo‘jalik yo‘llariga sement-beton bosish ishlari olib borilmoqda

Davlatobod tumanidagi “Gulobod” mahallasining 5 ta ko‘chasida 2,5 km ichki xo‘jalik yo‘llari yangi texnologiya asosida sement-beton bosilib, yo‘llar ravon holatga keltirilmoqda.

Hudud infratuzilmasi va odamlar turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladigan bunday o‘zgarishlar barchani birdek quvontirmoqda.

Qolaversa, sifatli va chidamli yo‘l qoplamalari mahalla ko‘chalarining obod va ko‘rkam bo‘lishi hamda hudud aholisi va transportlarning chang va loydan holi harakatlanishini ta’minlashi bilan ahamiyatlidir.

Bugun esa "Gulobod" MFYning Fayzobod ko'chasida 250 metr uzunlikda beton qorishmasi yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Hudud infratuzilmasi va odamlar turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladigan bunday o‘zgarishlar barchani birdek quvontirmoqda.

Qolaversa, sifatli va chidamli yo‘l qoplamalari mahalla ko‘chalarining obod va ko‘rkam bo‘lishi hamda hudud aholisi va transportlarning chang va loydan holi harakatlanishini ta’minlashi bilan ahamiyatlidir.

Namangan viloyat avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul
#Davlatobod

YANGI NAMANGAN SHAHARCHASI YO‘LI QURILISHI AVJ PALLADA

Yangi Namangan shaharchasi ushbu nom ostida Namangan viloyati Davlatobod tumani hududida yangi shaharsozlik namunasi qad rostlamoqda. Ayni paytda bu loyihaning shahar ahamiyatiga molik bo‘lgan yangi standartlar asosidagi uzunligi 3,2 km, eni 60 metr bo‘lgan yo‘l qurilish ishlari boshlangan.

Viloyatimizdagi ilk "smart yo‘l" hisoblangan mazkur proyektning qurilish jarayonlarini bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Andurazzoqov boshchiligida Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Saidahmad Sultonov, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzayevlar ko‘zdan kechirishdi.

Jarayonlar haqida Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Xamdamov ma'lumot berdi.

"Namanganda 20 yil davomida yo‘l bo‘yicha bunday katta loyihaga qo‘l urilmagan. Ushbu yo‘l viloyatdagi eng katta va muvaffaqiyatli yangiliklardan bo‘ladi"- dedi Akromjon Xamdamov

Mazkur yo‘l infratuzilmasi yetakchi mutaxassislar tomonidan loyihalangan. Ushbu yo‘l ma’lum chuqurlikdan o‘tgan bo‘ladi va O‘zbekistonda ilk bor tajriba sifatida qurilmoqda. Hozirda yo‘l uchun ajratilgan hududda ishlar ketmoqda

Mazkur yo‘lning bu uslubda qurilishiga sabab- ma’lum chuqurlikdagi yo‘llarda atrofdagi aholi qatnov shovqinlaridan ximoyalanadi. Hech qanday shovqin atrofga eshtilmaydi, zarar bermaydi va yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, ushbu yo‘lda piyodalar uchun ham 3 metrlik yo‘laklar tashkil etiladi.

Loyiha jadal sur’atlarda yil oxiriga tayyor holatga kelishi ko‘zda tutilgan, shu maqsadda bugun viloyat rasmiylari ushbu yo‘lda bo‘lib turibdi.

Namangan viloyat Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlatobod

Viloyatimizdagi ilk "smart yo‘l" hisoblangan Yangi Namangan shaharchasi qurilish jarayonlari bilan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Andurazzoqov boshchiligida Namangan viloyati hokimi qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Saidahmad Sultonov, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzayevlar ko‘zdan kechirishdi.

Jarayonlar haqida Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Xamdamov ma'lumot berdi.

"Namanganda 20 yil davomida yo‘l bo‘yicha bunday katta loyihaga qo‘l urilmagan. Ushbu yo‘l viloyatdagi eng katta va muvaffaqiyatli yangiliklardan bo‘ladi"- dedi Akromjon Xamdamov

Namangan viloyat Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namanganavtoyul
#Davlatobod

Lotok o‘rnatish ishlari davom etmoqda

Ayni paytda To‘raqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchilari tomonidan Yuksalish sanoat zonasi hududida lotok o‘rnatish va bardiyor mantaj  ishlari olib borilmoqda.

Sanoat zonalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar, tez orada bitirilib, soz holatda foydalanishga topshiriladi

Namangan viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga ulanish — @Namavtoyol
#Davlatobod

Ички йўлларга эътибор

Ғирвонбулоқ кўчасида аҳоли мурожаатларини қондириш бўйича тизимли ишлар амалга оширилмоқда. Хозирда ушбу кўчада 4.8 км масофада асфалтлаш ишлари амалгa оширилмоқда
#online #Namangan #Davlatobod #megaloyiha #yanginamangan #shaharchasi

Наманганда мега лойиҳа 1200 гектардан зиёд майдонда "Янги Наманган" шаҳарчаси барпо этилмоқда.

"Шаҳарча юзлаб турар-жой комплекслари, ишбилармонлик марказлари, дам олиш масканларига эга, минглаб одамлар уйли, ишли бўладиган, Наманганнинг ташриф қоғозига айланадиган манзилга айланади"

Вилоят ҳокими Шавкатжон Абдураззақов учинчи босқичда бунёд этиладиган шаҳарчадаги хозирги қурилиш ишлари билан танишди.

Наманган вилоятидаги энг йирик лойиҳалардан "Янги Наманган" шаҳарчаси қурилиши учун Давлатобод ва Тўрақўрғон туманлари ҳудудидан 1203 гектар ер майдони ажратилган. Ушбу манзилда 50 мингдан ортиқ хонадонли 721 та турар-жой мажмуалари, 28 та умумтаълим мактаби, 24 та болалар боғчаси, 5 та шифохона шунингдек замонавий бизнес марказлари, олийгоҳ, кутубхона ва ўнлаб маиший хизмат кўрсатиш обектлари қад ростлайди.
#Davlatobod

Davlatobod tumani avtomobil yo'llarida xavfsiz harakatni ta'minlash maqsadida yotiq yo'l chiziqlari, piyodalar o'tish yo'laklari qaytadan chizilib, yo'l belgilari yangilanmoqda.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi