A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
137K subscribers
4.93K photos
991 videos
95 files
3.4K links
Download Telegram
#Cўраган_эдингиз
#Ilmiy_tadqiqot

⚡️Xabar berganimizdek, bugun maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida mavzuga doir savollarga mutasaddilar tomonidan javob berib o‘tildi.

Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari natijalari oylik maoshga ta’sir qiladimi?

Ta'kidlash joiz, diagnostika natijalari o‘qituvchilar uchun hech qanday moliyaviy va huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Ularning oylik maoshlari, toifalari yoki mehnat faoliyatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Mazkur test jarayonlari malaka oshirish kurslari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot maqsadida o‘tkazilayotganini ta’kidlash mumkin bo‘ladi.

Diagnostika natijalari e’lon qilinmaydi va faqat ehtiyojlarga asoslangan holda malaka oshirishni tashkil etish maqsadida foydalaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram