A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
131K subscribers
4.99K photos
1K videos
95 files
3.43K links
Download Telegram
#tayinlov

Ismailov Abduvali Abdumalikovich — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori etib tayinlandi.

U bugunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

1986-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr), 2011-yil Toshkent kimyo-texnologiya instituti (magistratura)ni tamomlagan. 2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#tayinlov

Sarimova Dildora Soataliyevna — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi @vacancy_argos portalining ochiq tanlovi suhbatidan muvaffaqiyatli o‘tib, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektorining tegishli buyrug'i bilan Toshkent viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining o‘quv va metodik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sarimova Dildora Soataliyevna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bakalavr va magistratura yo'nalishlarida tahsil olgan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Bugunga qadar Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi”kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritib kelgan.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

Sattorov Eldor Bobir o'g'li — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi @vacancy_argos portalining ochiq tanlovi suhbatidan muvaffaqiyatli o‘tib, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan kelishilgan holda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektorining tegishli buyrug'i bilan Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining o‘quv va metodik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sattorov Eldor Bobir o'g'li — Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida bakalavr, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston  milliy  universitetida magistratura yo'nalishida tahsil olgan. Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Bugunga qadar Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi katta o‘qituvchisi, dotsent v.b lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Ismadiyarov Yashin Utkirovich — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi.

Ya.Ismadiyarov - Jizzax politexnika instituti va Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan. Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.

Bugunga qadar Jizzax davlat pedagogika institutida prorektor, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida dotsent, dekan, prorektor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Tayinlovga qadar Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini lavozimida faoliyat yuritgan.
#Tayinlov

Burxonxo‘jayeva Xushnamo Madaminovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Xushnamo Burxonxo‘jayeva - Farg‘ona davlat universiteti va Toshkent Vebster universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini maktab taʼlimi tizimida boshlagan. Pedagogik tajribadan keyin Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida faoliyat ko‘rsatgan.

Bugunga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Rahbar kadrlarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

⚠️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  📸 Instagram
#Tayinlov

Rajabov Sherzod Umurzoqovich — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Rajabov — Toshkent moliya institutida bakalavr va magistraturani tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.

Toshkent moliya institutida o‘qituvchi, Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, shuningdek, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektor maslahatchisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube🌐Instagram
#Tayinlov

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga matbuot kotibi tayinlandi

Djumaniyazova Muyassar Mamatsheripovna
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga Matbuot kotibi – rektorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Muyassar Mamatsheripovna bugunga qadar institutning “Matbuot, media va muzey xizmati”bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

✔️Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube📸 Instagram
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirilgan tayinlov institut rektori tomonidan yil sarhisobi yig‘ilishida jamoaga maʼlum qilindi.

Matbuot kotibi mavqei va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha rektor oʻrinbosari lavozimiga tenglashtiriladi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube📸 Instagram