A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
131K subscribers
4.99K photos
1K videos
95 files
3.43K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi

Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).

Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.

Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.

Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.
#Tayinlov

Burxonxo‘jayeva Xushnamo Madaminovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Xushnamo Burxonxo‘jayeva - Farg‘ona davlat universiteti va Toshkent Vebster universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini maktab taʼlimi tizimida boshlagan. Pedagogik tajribadan keyin Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida faoliyat ko‘rsatgan.

Bugunga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Rahbar kadrlarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

⚠️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  📸 Instagram
#onlayn_kurslar

DIQQAT!

⚡️“Informatika va axborot texnologiyalari” hamda "Tabiiy fan" kurslariga start berildi

Bugun, 1-avgustdan "Uzluksiz kasbiy ta‘lim" elektron platformasi (onlinedu.uz) da umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani hamda 5-sinf “Tabiiy fan (Science)”ning mazmun-mohiyati bo‘yicha “Biologiya”, “Geografiya” fani yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli onlayn malaka oshirish kurslari faollashtirildi.

💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  📸 Instagram
📣HURMATLI PEDAGOGLAR!

TARIX FANIDAN DARS BERISH HUQUQIGA EGA BO'LISHNI ISTAYSIZMI?

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti umumta'lim maktablarida tarix fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi. 👇🏻

➡️Bunda quyidagi oliy ma’lumotli pedagoglar qayta tayyorlash kurslarida o‘qishlari mumkin:

Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari fani o'qituvchisi
Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi
Huquqshunoslik fani o'qituvchisi
Geografiya o'qituvchisi
Geografiya o'qitish metodikasi

Murojaat uchun
📞telefon: (55) 508-06-67(2)
yoki
📱telegram: https://t.iss.one/avloniyqaytatayyorlovqabul

🆕 Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham ma'lumotlar olishingiz mukmkin!

💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  📸 Instagram
📑Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilarining yakuniy sinovlari o‘tkazildi

📔Kurs tinglovchilari tanlanma mavzular doirasida tadqiqot ishini olib borib, muammoli vaziyatlarni o‘rgandilar hamda ularga yechim topishda mahalliy va xorijiy tajribalarni tahlil qilib, yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdilar.

Mazkur mavzulari doirasida amaliy topshiriqlar taqdimotini himoya qildilar.

💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱
Telegram | 📒Facebook
  📹
YouTube📸 Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Diqqat!

Joriy yilning 25-iyul sanasidan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul boshlandi.

Institutda 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktab ta’limi yo’nalishi) hamda 13.00.07-Taʼlimda menjment (maktab ta’limi yo’nalishi) ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka suhbatda ishtirok etish uchun hujjatlar https://phd.mininnovation.uz/ elektron manzili orqali taqdim qilinadi.

Qabul joriy yilning 25-avgust sanasiga qadar davom etadi.

💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱
Telegram | 📒Facebook
  📹
YouTube📸 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Singapur “Marshall Cavendish Education” taʼlim tashkiloti ekspertlari tajribasi kaskad usulida hududlarda davom ettirilmoqda

Bugundan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti masʼulligida hududiy Pedagogik mahorat markazlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari hamkorligida kurslarga start berildi.

Toshkent shahar va Toshkent viloyatida ham tanlab olingan mentor-o‘qituvchilarni tayyorlash kurslari boshlandi.

Kaskad usulidagi o‘quv-treninglarni tashkil etishdan maqsad, Singapur tajribasi asosida maktab rahbarlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, ularni kasbiy rivojlantirish, ilg‘or tajribalar bilan  tanishtirish, o‘quvchilar bilimi va ko‘nikmalarini baholash hamda rivojlantirish, “Marshall Cavendish Education” taʼlim tashkiloti ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan treninglarda berilgan tajribalarni respublikamizdagi barcha umumtaʼlim maktablari va fan o‘qituvchilariga to‘liq yetkazishdan iborat.

Maʼlumot o‘rnida eslatib o‘tish joizki, Singapur davlati taʼlimga oid nufuzli tadqiqotlar natijalariga ko‘ra dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri bo‘lib, taʼlimga sarmoya kiritish, inson kapitalini rivojlantirishga eʼtibor qaratish orqali mamlakat taraqqiyotiga erishgan davlat sifatida eʼtirof etiladi.

💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube📸 Instagram
#seminar_trening
#3_kún
#Qaraqalpaqstan

Qaraqalpaqstan Respublikası Pedagogikalıq sheberlik orayında Singapurdıń "Marshal Cavendish Education" xalıqaralıq bilimlendiriw shólkemi menen birgelikte "Tabıslı reformalar - joqarı nátiyjeler" atamasındaǵı seminar-trening 3-kúni dawam etpekte.

#seminar_trening
#3_kun
#Qoraqalpog‘iston

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshal Cavendish Education“ xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi “Muvaffaqiyatli islohotlar-yuqori natijalar” mavzusidagi seminar-trening 3-kun davom etmoqda.

👉@malakanews
#Seminar_trening
#3_kun

Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida o‘tkazilayotgan treninglar davom etmoqda.

7-avgust kuni o‘tkazilayotgan treninglarda 15 nafar menejer direktorlar, 15 nafar matematika fani bo‘yicha mentor trenerlar va 15 nafar tabiiy (Science) fan yo‘nalishi bo‘yicha mentor-trenerlar qamrab olindi.

📲 Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇

🌐Telegram👉https://t.iss.one/navmohm
       Veb-sayt 👉https://navoiymoi.uz