A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
143K subscribers
4.87K photos
982 videos
95 files
3.39K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

Ta’limda yangi metodikalarni joriy etish, o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqishda maktabda samarali boshqaruvning yo‘lga qo’yilgani muhim, albatta.

⚡️ Shu maqsadda “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida bir guruh maktab direktorlarini Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga jo‘natdik.

🎗️Ushbu dastur davomida direktorlar ayni paytda Portsmut universitetida malakali trener-o’qituvchilarning kasbiy rivojlanish seminar-treninglarida ishtirok etishmoqda.

❗️Treninglarda maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash, samarali boshqaruv va bunda o’qituvchilar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda.

✔️2 hafta davom etadigan ushbu loyiha direktorlarimiz uchun o‘z kasblarida yangi marralarga erishishlarida ko’mak berishiga ishonaman.

E’tiborli jihati, dastur davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o‘tashadi va bu ular uchun o’ziga xos imkoniyatdir.

⚡️Shubhasiz, bunday loyihalar yurtimiz ta’lim tizimi rivoji uchun alohida ahamiyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬Kuni kecha A.Avloniy nomidagi milliy- tadqiqot institutida Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda institut rektori Abduvali Ismailov Jahon Bankining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalari bo‘yicha Katta iqtisodchisi va hamkorlikdagi guruh rahbari Hiroshi Saeki bilan suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida, asosan, ta’lim sohasini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, shu jumladan, "Iqtisodiy o'sish uchun maktab ta'limini transformatsiya qilish" va "Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish" loyihalarini amalga oshirishdagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda mazkur loyihalarni tashkil etuvchi komponentlar, loyihalarning davomiylik muddati hamda iqtisodiy va moliyaviy tomonlari sarhisob qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha mazmunini chuqur tahlil qilib, ularning amalga oshirilishi bo‘yicha reja va takliflarni muhokama qildilar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Doktoranturaga kirish imtihoni natijalari eʼlon qilindi

Joriy yilning 24-noyabr kuni A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.07-Taʼlimda menejment ixtisosliklari bo‘yicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim va stajor-tadqiqotchilikka qabul qilish bo‘yicha imtihon va suhbat jarayonlari o‘tkazildi.

Doktorantura va stajor tadqiqotchilikka kirish imtihoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq hamda Institut rektorining 2023-yil 20-noyabrdagi 01-140-sonli buyrug‘i asosida ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislardan iborat yangi tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkazildi.

🎬Imtihonni yuqori saviyada tashkil etish va ochiqlikni taʼminlash maqsadida institutning YouTubedagi rasmiy kanali orqali (https://www.youtube.com/watch?v=JMbMkGZXnEk) to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli translyatsiya qilindi.

🗣Shuningdek, qabul imtihoni va suhbat jarayonlariga 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch (maqsadli) doktoranturaga 6 nafar, 13.00.07-Taʼlimda menejment ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga 4 nafar, stajor-tadqiqotchilikka 13 nafar, mustaqil izlanuvchilikka 1 nafar, jami 24 nafar talabgorlar ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, shundan, 2 nafari sababsiz qatnashmadi.

Quyida talabgorlarning imtihon va suhbat natijalari bilan tanishishingiz mumkin:👇

https://avloniy.uz/uz/press-center/news/64

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT!

🤝TAʼLIM SOHASIDAGI EKSPERTLAR HAMKORLIKKA TAKLIF ETILADI!

🔗A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori lavozimiga nomzodlarni “Menejerlik o‘quv kurslari”da o‘qitish uchun o‘quv dasturlari, o‘quv uslubiy materiallari va majmualarini ishlab chiqishda yuqori malakali taʼlim xodimlari, maktab direktorlari hamda mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif etadi!

✏️NOMZODLARNING VAZIFASI

Milliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish;

Taʼlim sohasidagi kasb standartlarini tahlil qilish;

Davlat taʼlim talablari va davlat taʼlim standartlarida belgilangan kompetensiyalar asosida “Menejerlik o‘quv kurslari”ning ishchi dasturini ishlab chiqish.

⚠️NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Oliy maʼlumotli, taʼlim sohasida rahbarlik lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega yuqori malakali amaliyotchi mutaxassislar;

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va ”Microsoft Office” paket dasturlari bilan erkin ishlay olishi talab etiladi;

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

Muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;

Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

Rus yoki ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi.

💬Hamkorklik istagidagida bo‘lganlar rezyume (CV) (telefon raqami ko‘rsatilgan holda) 2023-yil 5-dekabr sanasiga qadar [email protected] elektron manziliga yoki +998 90 972 76 70 telefon raqami orqali telegram manziliga yuborishlari so‘raladi.

📞Murojaat uchun tel: +998 90 972 76 70

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qayta_tayyorlov

QAYSI PEDAGOG KADRLAR QAYTA TAYYORLASH KURSLARIDA TAHSIL OLISHLARI MUMKIN?
📣DIQQAT!


➡️Navbatdagi qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida:
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Umumta’lim maktablari psixologi huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi 👇🏻

➡️Oliy ma’lumotli quyidagi mutaxassislar:
➡️Oliy pedagogik ma’lumotga ega mutaxassislar

➡️Bakalavr va magistrlar:

➡️Pedagogik ma’lumotga ega bakalavr va magistrlar

🤫Bizning manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy
⚠️Murojaat uchun telefonlar: (71) 246-90-94, (71) 246-06-64

💬Savol va takliflaringizni https://t.iss.one/avloniy_qayta_tayyorlov telegram guruhiga yo‘llashingiz mumkin.

🤫Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi postlarimizda.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

🗣Diqqat!

🔵Konferensiya to‘plamiga tanlab olingan tezis va maqola mualliflarini konferensiyaga taklif qilamiz!

Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti “Boshlang‘ich taʼlim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazmoqda.

✏️Konferensiya to‘plamida maqolasi eʼlon qilingan ishtirokchilar konferensiya tadbirida ishtirok etib, sertifikatlarini olishlari mumkin!

🗓 O‘tkazish sanasi: 2023-yil, 29-noyabr
🕓Boshlanish vaqti: 10:00

📞 Tel: +998977370230

📍 Konferensiya o‘tkaziladigan manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi 2, INNO Innovative Training and Production Technopark

📍https://maps.google.com/maps?q=41.356126,69.204341&ll=41.356126,69.204341&z=16

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diagnostika reja grafigi 1.pdf
220.7 KB
Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari diagnostikadan o‘tkaziladi

Mazkur diagnostika jarayonlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga binoan 2023-yil 4-15- dekabr kunlari onlayn ravishda tashkil etiladi. Bunda o'qituvchilar o'zlariga qulay joyda va belgilangan vaqtda diagnostikaga doir topshiriqlarni onlinedu.uz platformasi orqali bajarishlari lozim.

Eslatib o'tish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 28-avgust kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida mazkur vazifa berilgan.

Diagnostikada pedagog kadrlarning o‘qitayotgan fani bo‘yicha bilimi va ko'nikmasi test topshiriqlari asosida baholanadi.

💬Diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanadi. Mazkur ehtiyojlar guruhlarga ajratiladi va har bir guruhga mos tarzda pedagoglar malakasini oshirish kurslarining tabaqashtirilgan o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqiladi.

Har bir o‘qituvchining diagnostikada ishtirok etishi uning kasbiy rivojlanishga bo'lgan ehtiyojlarini o'rganish, shuningdek ular uchun tashkil qilinadigan malaka oshirish kurslarining samaradorligini oshirishga qaratiladi.

🔈Shunday ekan, har bir maktab o‘qituvchisini, ilk bor, tizim ko‘lamida tashkil qilinayotgan diagnostika testlarida faol ishtirok etishga chaqiramiz.

⚠️E'tibor berish joizki, diagnostika jarayonlari kasbiy ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan bo'lib, uning natijalari o'qituvchilarning mehnat faoliyatiga hech qanday huquqiy va moliyaviy ta'sir ko'rsatmaydi.

✏️Yuqorida fanlar kesimida o‘qituvchilarning diagnostikadan o‘tish reja-jadvali bilan tanishishingiz mumkin.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining “Boshlang‘ich taʼlim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o'tmoqda.

Batafsil maʼlumotlar bilan keyingi postlarimizda tanishishingiz mumkin.
#таълим_ислоҳотлари
#конференция

Ta’lim sifatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator masalalar muhokama etildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

❗️Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, soha mas’ullari, olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy ta’limini yanada takomillashtirish, bu boradagi ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni tahlil qilish, samarali yondashuvlarni aniqlash va ularni amaliyotga joriy etish muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘z ishini mavzuga doir qator shoʻbalarga bo‘lingan holda davom ettirdi.

Unda ta’lim mazmunini takomillashtirish masalalari, muammo va yechimlar, ilg‘or xorijiy tajribalar, samarali metod usullari, o‘qituvchi va ota-onalar hamkorligining huquqiy asoslari atroflicha muhokama qilindi.

👉 Batafsil:
https://uzedu.uz/uz/news/1358

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM