A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
142K subscribers
4.87K photos
982 videos
95 files
3.39K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun, 18- noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun!

🇺🇿Ona yurtimizning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

🌺A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi!

Ona yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lib, bayrog'imiz doim cho‘qqilarda hilpirab tursin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

🤫Bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi

🗣Hurmatli pedagog xodimlar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti "Uzluksiz kasbiy taʼlim" platformasida siz uchun imkoniyat va qulayliklarni kengaytirishda davom etmoqda.

Endilikda siz bir necha fanlardan pedagogik faoliyat yuritsangiz ham platformada har bir faningiz uchun alohida telefon raqamidan ro‘yhatdan o‘tishingizga hojat yo‘q.

👤Platformada bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi.

Buning uchun siz profilingizga kirgan holda qo‘shimcha lavozim va faningizni kiritishingiz lozim bo‘ladi.
Shuningdek, siz kiritgan yo‘nalishlar doirasida platforma tomonidan qaysi fan bo‘yicha o‘qishni boshlashingiz haqida taklif beriladi. Endilikda buning uchun adminlarga faningizni o‘zgartirishni so‘rab, murojaat yo‘llashingiz shart emas. Fanlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari ketma-ket amalga oshiriladi.

➡️Videoyo'riqnoma: https://t.iss.one/video_yoriqnoma/64

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

🇷🇺🇺🇿Rossiyalik mutaxassislar ishtirokida olib borilgan seminar bo'yicha tahliliy uchrashuv o'tkazildi

💬Ma'lumki, 15-17-noyabr kunlari A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatidagi umumta'lim maktablari direktorlari uchun amaliy seminarlar olib borildi.

Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov rossiyalik mutaxassislar bilan uchrashib, o'tkazilgan seminarlar va maktab boshqaruvidagi bilimlarini ulashganligi uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda institut rektori rossiyalik professorlarning taassurotlari bilan qiziqib, ular bilan malaka oshirish kurslari mazmuni, menejerlik kurslarini joriy qilishdagi o'ziga xosliklar, o'quv jarayonlarining sifati va samaradorligini oshirish masalalari bo'yicha fikr almashdi.

Shuningdek, sankt-peterburglik mutaxassislar maktab direktorlarini tayinlash bo'yicha o'z takliflarini bildirib, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida kadrlar tayyorlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

💬Uchrashuv so‘ngida institut rektori mehmonlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirib, kelgusi ishlarida muvafaqqiyat tiladi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺🇺🇿Rossiyalik mutaxassislar Sirdaryo viloyati milliy markazida

💬A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan seminarlar Sirdaryo viloyatida davom etdi.

💬A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining professori Trapitsin Sergey Yurevich hamda dotsenti Agapova Yelena Nikolayevnalar  umumtaʼlim maktablari rahbarlari uchun “Taʼlim tashkilotini boshqarish: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida amaliy seminar olib bordi. Unda 51 nafar maktab direktorlari ishtirok etdi.

Seminarda rossiyalik tajribali professorlar direktorning boshqaruvga oid vazifalari haqida tushunchalar berdi va guruhlarga bo'lingan holda amaliy mashg'ulotlar o'tkazdi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

“Zo‘r” (KLASS) loyihasi doirasida amaliy seminarlar hududlarda ham olib borildi

💬 A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamkorligi doirasidagi seminarlar 13-18-noyabr kunlari Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida ham o'tkazildi.

🎙 Milliy markaz matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Navoiy viloyati pedagogika markaziga kelgan A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Komarov Boris Alekseyvich tomonidan fizika fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening va mahorat darslari tashkil qilindi.

B.Komarov ishtirokida hafta davomida:

🔘 fizika fani o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlari uchun didaktik materiallarini takomillashtirish metodikasi;

🔘 fizika fani o‘qituvchilari uchun uslubiy materiallar, o‘quv ko‘rgazmali ishlanmalar ishlab chiqish;

🔘 maktab o‘quvchilarini fizika fanidan olimpiadalariga jalb qilish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

🔰 Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad: maktablardagi fizika fanini amaliyot bilan bog‘lash, fanni o‘qitishda yangi metodikalardan foydalanish, shuningdek, fizika fani o‘qituvchilarida yangi avlod darsliklari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hisoblanadi. Tinglovchilar amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube |  📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik

👤Favoritizm – Tashkilot xodimi boshqa shaxs va yoki shaxslar guruhi manfaatlariga qaraganda bitta shaxs va/yoki shaxslar guruhi manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratishi, tashkilotda kadrlarni tanlash va joylashtirish, lavozimini koʻtarish, mukofot puli berish va davlat mukofotlariga tavsiya etish, taʼtil berish yoki sihatgohlar va xorijiy safarlarga yuborish, murojaatlar, shuningdek ish va navbatchilik jadvallarini koʻrib chiqishda ketma-ketlikni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq vaziyatlarda tartiblarga rioya qilmaslik.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik

👤Kronizm (favoritizmning doʻstona aloqalarga asoslangan koʻrinishi) – doʻstlar yoki ishonchli shaxslarga noqonuniy imtiyozlar taqdim etish maqsadida hokimiyat va/yoki obroʻsidan foydalanish.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

🤫Bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi

🗣Hurmatli pedagog xodimlar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti "Uzluksiz kasbiy taʼlim" platformasida siz uchun imkoniyat va qulayliklarni kengaytirishda davom etmoqda.

Endilikda siz bir necha fanlardan pedagogik faoliyat yuritsangiz ham platformada har bir faningiz uchun alohida telefon raqamidan ro‘yhatdan o‘tishingizga hojat yo‘q.

👤Platformada bitta akkaunt orqali ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni tanlagan holda mustaqil malaka oshirish imkoniyati yaratildi.

Buning uchun siz profilingizga kirgan holda qo‘shimcha lavozim va faningizni kiritishingiz lozim bo‘ladi.
Shuningdek, siz kiritgan yo‘nalishlar doirasida platforma tomonidan qaysi fan bo‘yicha o‘qishni boshlashingiz haqida taklif beriladi. Endilikda buning uchun adminlarga faningizni o‘zgartirishni so‘rab, murojaat yo‘llashingiz shart emas. Fanlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari ketma-ket amalga oshiriladi.

➡️Videoyo'riqnoma: https://t.iss.one/video_yoriqnoma/64

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
A.Avloniy nomidagi MTI kutubxonasi fondini boyitish ishlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan kutubxona fondini boyitishda tinglovchilar, maktab direktorlari, doktorantlar va institut xodimlarining ehtiyojlarini aniqlash maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.

🔵So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi va eng yaxshi adabiyotlar kutubxona fondiga olib kelindi.

💬Yangi kelgan adabiyotlar bilan quyidagi havola orqali doimiy tanishtirib boriladi.

t.iss.one/AAvloniy_ARM