A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
130K subscribers
5K photos
1K videos
95 files
3.43K links
Download Telegram
#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun quyidagi fanlar yo'nalishidagi malaka oshirish kurslari faollashtirilgan:

➡️ Kimyo
➡️ Biologiya
➡️ Fizika
➡️ Informatika va axborot texnologiyalari;
➡️ Matematika
➡️ Nemis tili
➡️ Fransuz tili
➡️ Davlat huquq asoslari
➡️ Tarix
➡️ Musiqa
➡️ Tarbiya
➡️ Ingliz tili
➡️ Ona tili
➡️ Davlat tili (o'zbek)
➡️ Rus tili (milliy maktablar uchun)
➡️ Geografiya
➡️ Maxsus ta'lim muassasalari tarbiya fani o'qituvchilari
➡️ Maxsus maktab internatlari ("Muruvvat" uylari) tarbiyachilari
➡️ Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani
➡️ Texnologiya
➡️ Rus tili va adabiyoti (ta'lim tili rus tilida o'tiladigan maktablar uchun)
➡️ Tojik tili va adabiyoti
➡️ Qorqalpoq tili va adabiyoti
➡️ Davlat tili (qoraqalpoq)
➡️ Tasviriy san'at va chizmachilik
➡️ O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari
➡️ Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari
➡️ Turkman tili va adabiyoti 🆕
➡️ Iqtisodiy bilim asoslari 🆕
➡️ Boshlang'ich ta'lim (o'zbek tilida)
🆕

🗓 11-aprel soat 14:00 dan boshlab 2023-yil uchun navbatdagi 3 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlandi:

➡️ Umumiy o'rta ta'lim maktablari amaliyotchi psixologlari 🆕
➡️ Yordamchi maktab va maktab internatlari texnologiya fani 🆕
➡️ Yordamchi maktab va maktab internatlari tabiiyot va geografiya fani 🆕

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida kredit ballarini to'plash tartibi

Pedagoglarimiz sertifikat olishlari uchun 8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida belgilab berilgan (9+2+2+1+1+1+1+1) minimum 18 kredit ball to‘plashlari kerak bo‘ladi. 18 kredit to'plangandan so'ng platformaning MALAKA OSHIRISH degan qismida SERTIFIKATNI OLING degan tugma chiqadi.

8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida bir nechta variativ kurslar joylashtirilgan. Ya'ni shu moduldagi istalgan bitta kursni o'qib, minimum kredit olishlari yetarli. Agarda pedagog xodim 7 ta moduldagi kursdan bir qancha kurslarni o'qib, aytaylik, 20 kredit ball jamlagan taqdirda ham tizim unga sertifikat taqdim etmaydi. Chunki u hali bitta modul uchun minimum kreditni to'plamadi. Shunga ko'ra, 8 ta moduldagi kurslardan tanlov asosida bittasini o'qib, tegishli 18 kreditni to'plashi lozim.

Qaytaramiz, agarda bitta moduldagi kurs bajarilmagan taqdirda, tizim sertifikat taqdim etmaydi. 18 kredit ball — sertifikat olish uchun belgilangan eng minimum ball. Bir nechta variativ kurslarni o'qib, hatto 30 kredit balldan ham yuqori to'plash mumkin. Bu tomoni endi pedagogning ixtiyorida. Sertifikat uchun 18 kredit ball to'plash kifoya.

Shuningdek, agar pedagog 25 kredit ball to'plasa ham, bu kredit ballari faqat joriy yil uchun amal qiladi. Keyingi yilga o'tkazilmaydi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#LMS_haqida

Har yili malaka oshirish uchun alohida ro'yxatdan o'tishingiz shart emas

"Uzluksiz kasbiy ta'lim"
platformasida har bir yil uchun yangi malaka oshirish kontentlari yaratiladi. O'tgan yil uchun o'zlashtirilgan darslar, testlar keyingi yilda qaytib berilmaydi.

Shuningdek, pedagog xodim ushbu platformada bir marotaba ro'yxatdan o'tish jarayonini amalga oshirsa yetarli. Agarda o'qituvchining ma'lum sabablarga ko'ra telefon raqami o'chib ketgan bo'lsa yoki yangi telefon raqamdan foylanayotgan bo'lsa, buning uchun yana alohida ro'yxatdan o'tish talab etilmaydi. Platfotmadagi "SOZLAMALAR" qismida shaxsiy profil uchun kiritilgan raqamni o'zgartirish funksiyasi mavjud.

Faqatgina ushbu yangi foydalanayotgan raqam nomida telegram ijtimoiy tarmog'ida shaxsiy akkaunt ochilgan bo'lsa kifoya. Chunki o'zgartirish uchun zarur bo'lgan 5 ta raqamdan iborat kod tizim tomonidan shu telegram akkauntiga jo'natiladi.

📹 Quyidagi videoyo'riqnomada batafsil ko'rsatilgan: https://t.iss.one/video_yoriqnoma/55

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun quyidagi fanlar yo'nalishidagi malaka oshirish kurslari faollashtirilgan:

➡️ Kimyo
➡️ Biologiya
➡️ Fizika
➡️ Informatika va axborot texnologiyalari;
➡️ Matematika
➡️ Nemis tili
➡️ Fransuz tili
➡️ Davlat huquq asoslari
➡️ Tarix
➡️ Musiqa
➡️ Tarbiya
➡️ Ingliz tili
➡️ Ona tili
➡️ Davlat tili (o'zbek)
➡️ Rus tili (milliy maktablar uchun)
➡️ Geografiya
➡️ Maxsus ta'lim muassasalari tarbiya fani o'qituvchilari
➡️ Maxsus maktab internatlari ("Muruvvat" uylari) tarbiyachilari
➡️ Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani
➡️ Texnologiya
➡️ Rus tili va adabiyoti (ta'lim tili rus tilida o'tiladigan maktablar uchun)
➡️ Tojik tili va adabiyoti
➡️ Qorqalpoq tili va adabiyoti
➡️ Davlat tili (qoraqalpoq)
➡️ Tasviriy san'at va chizmachilik
➡️ O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari
➡️ Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari
➡️ Turkman tili va adabiyoti
➡️ Iqtisodiy bilim asoslari
➡️ Boshlang'ich ta'lim (o'zbek tilida)

➡️ Umumiy o'rta ta'lim maktablari amaliyotchi psixologlari
➡️ Yordamchi maktab va maktab internatlari texnologiya fani
➡️ Yordamchi maktab va maktab internatlari tabiiyot va geografiya fani

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#LMS_haqida

LMS platformasidagi diagnostika testidan ko'zlangan maqsad...

_“Uzluksiz kasbiy ta’lim
platformasida malaka oshirishni boshlayotgan har bir tinglovchi, avvalo, diagnostika testini topshirishi lozim bo’ladi.

Diagnostika testi yo'nalishlari o'qituvchining kasb standartidan olingan bo’lib, u yerda 8 ta kompetensiya/ko'nikma belgilangan. Pedagogga shu asosda birinchi tashxis qo'yiladi, keyin o'qitiladi. Shundan so'ng dastlabki o'qishni boshlagan holati va yakunlangandan so'ng erishilgan natija solishtiriladi.

Yangi malaka oshirish tizimining o’ziga xos jihati shundaki, har bir pedagog xodim o’zi bilgan fan sohasidagina emas, balki kasbiy ehtiyojidan kelib chiqqan holda malaka oshiradi. Ya’ni matematika o’qituvchisi faqat matematika fani bo’yicha emas, ayni paytdagi fandagi yangiliklar, axborot kommunikatsion texnologiyalari savodxonligi (*
bugungi kunning eng dolzarb va muhim talablaridan), shuningdek metodik, iqtisodiy, huquqiy va shu kabi ehtiyojlari asosida malaka oshiradi.

Savollar 36 ta turli yo’nalishlar bo’yicha tuzilgan testlardan iborat bo’lib, uning natijasi faqatgina o’qituvchining bilim bo’shliqlarini aniqlash hamda shu asosida kerakli kurslarni tavsiya etishdan iboratdir. Test natijasi tinglovchiga hech qanday kredit ballarni taqdim etmaydi. Diagnostika testi har yili malaka oshirish kontentlari kabi yangilanadi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#LMS_haqida

LMS platformasidagi yana bir yangi o'zgarish: videolarni oxirigacha ko'rish lozim bo'ladi

Videodarslarni ko'rayotganingizda yashil tugmachaga ko'zingiz tushganligi aniq. Xo'sh, bu nimaligini bilasizmi?

2022-yil davomida malaka oshirish jarayonida videodarslar bir nechta qismlarga ajratilgan hamda ular orasida pedagogning yangi egallagan bilimlarini mustahkamlash uchun test topshiriqlari joylashtirilgan edi. Shuningdek, tinglovchi uchun videodarsni qisqa fursatda oxirgi daqiqasiga o'tkazish imkoni ham yaratilgan edi.

Endilikda uzoq mashaqqatlar bilan yaratilgan videodarslarni qisqa muddatda oxirgi daqiqasiga surib, keyingi mavzuga o'tib keta olmaysiz. Har bir mavzuga yaratilgan video kontentni to'liq ko'rishingiz talab etiladi. (videoni o'tkazish imkoniyati mavjud emas) Keyingi safar aynan shu videodars tomosha qilinganda esa istalgancha qayta o'tkazish funksiyasi faollashadi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#LMS_haqida

Endi platformada tinglovchi o'z fanini o'zi o'zgartira olish imkoniyati yaratilgan

2023-yildan boshlab "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida malaka oshiruvchi tinglovchilar uchun bir qancha yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Bu haqida bir qancha postlarimizda ham yoritib borgan edik.

Endilikda yana shunday imkoniyatlardan biri — bir nechta fandan malaka oshiradigan tinglovchi tizim adminlari yordamisiz ortiqcha vaqt sarf etmasdan, fanlarini (lavozimini) o'zgartira olishi mumkin. Faqatgina tinglovchi, avvalo, tizimga malaka oshirishi lozim bo'lgan fanlarni (lavozim) kiritgan bo'lishi shart.

Tinglovchi birinchi fanidan sertifikat olgandan so'ng, platformaning malaka oshirish qismida "LAVOZIMNI TANLASH" tugmasi paydo bo'ladi. 👆👆👆

➡️ Tizimga bir nechta fanlarni kiritish bo'yicha videoyo'riqnoma: https://t.iss.one/video_yoriqnoma/64

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida 40 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn malaka oshirish kurslari tashkil etilgan

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlar kasbga doir 8 ta kompetensiya bo‘yicha onlayn malaka oshirish kurslariga 2023-yilning 13-fevralidan start berildi.

Hozirda 40 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
Bugungi kunda platforma orqali 10 673 ta ta’lim muassasalari, jumladan, 50 ta xususiy maktablar roʻyxatdan oʻtgan. Ro‘yxatdan o‘tgan 576 104 nafar rahbar va pedagog xodimlarning 159 043 nafari erkak va 417 061 nafarini ayollar tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, maktab ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, 14 ta Pedagogiga markazlari, 5 ta oliy ta’lim muassasalari va 5 ta nodavlat ta’lim tashkilotlari shugʻillanmoqda.

2023-yilning I-chorak holatiga reja bajarilishi Pedagogika markazlari 98,1%, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali 69,4% hamda OTM va NTTda 3,1% ni tashkil etadi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#LMS_haqida

Savol: Pedagog xodim qanday hollarda malaka oshirishga jalb etilmaydi?

Javob: Xodim uning mehnat ta’tili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka oshirishga jalb qilinmaydi.

🔔 Qo'shimcha: 🔔
Xodimlarning har yili belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi va belgilangan hajmdagi kredit ballarini yig‘ishlari majburiy hisoblanadi.

Malaka oshirish kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga kursni tashkil qilgan ta’lim muassasasi tomonidan davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtrixkod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) beriladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

Endi platformada tinglovchi o'z fanini o'zi o'zgartira olish imkoniyati mavjud