Amarantus adabiy agentligi
158 subscribers
59 photos
1 video
30 links
O'zbek ijodkorlariga xorij nashrlari bo'yicha ko'mak beruvchi adabiy agentlik kanali.
Asosan, ingliz tilida chop etiluvchi adabiy jurnal va nashriyotlarga oid ma'lumotlar berib boriladi.

Savollar uchun: @literaryagent8484
Munira Norova, adabiy agent
Download Telegram
Turkoslavia (AQSh) jurnali oʻzining debyut sonidan joy olgan yozuvchi va tarjimonlar xaritasini eʼlon qilibdi.

PS Xaritadagi havorang nuqta menman ))

@authors_and_publish
🔥94👏3😍2
Tarjimonlar uchun zoʻr yangilik!
👏1
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
🧷 Бадиий таржима соҳасида Муҳаммад Ризо Огаҳий номидаги халқаро мукофотни таъсис этиш тўғрисидаги таклифлар давлат раҳбари томонидан маъқулланди

🔵Президент Ш.Мирзиёевнинг тегишли қарори билан Муҳаммад Ризо Огаҳий номидаги халқаро мукофот учун танловлар 2025 йилдан бошлаб, ҳар икки йилда бир марта қуйидаги йўналишларда ўтказилади:

😄 ўзбек адабиётининг насрий асарларидан хорижий тилларга қилинган энг яхши таржима;

😄 ўзбек адабиётининг шеърий асарларидан хорижий тилларга қилинган энг яхши таржима;

😄 ўзбек болалар адабиёти намуналаридан хорижий тилларга қилинган энг яхши таржима;

😄 хорижий тилларда яратилган насрий асарлардан ўзбек тилига қилинган энг яхши таржима;

😄 хорижий тилларда яратилган шеърий асарлардан ўзбек тилига қилинган энг яхши таржима;

😄 хорижий тилларда яратилган болалар адабиёти намуналаридан ўзбек тилига қилинган энг яхши таржима.

💵 Халқаро мукофот ғолибларининг ҳар бири махсус диплом, кўкрак нишони ва базавий ҳисоблаш миқдорининг 300 баравари миқдорида бир марталик пул мукофоти билан тақдирланади;

💠 Ғолибларга Халқаро мукофот тантанали равишда топширилади.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bristol universiteti tashkil qilgan badiiy tarjima mahorat maktabiga qabul qilingan edim. Yaqinda dasturni yuborishdi. Asosiy darsimizdan tashqari bir-biridan qiziq bir talay workshop va suhbatlar ham tashkil qilishibdi. Noshirlar hozirda qanday tarjima asarlar kutishayotgani, nashr sanoatidagi trendlar, shartnoma va kelishuvlarni qanday tuzish kerak, netvorking va shu kabi juda muhim mavzular haqida. Afsuski, hammasiga qatnasha olmas ekanmiz, ayni soatlarda bir necha workshop oʻtishi sabab. Men esa tanlovda qiynalib sargardonman.
👍52🔥2
Birinchi kun judayam ajoyib oʻtdi, lekin salkam 10 soat davom etib, sillamni quritdi ham.
Bugun oʻzim uchun darsimdan tashqari quyidagi vorkshop va vebinarlarni tanlab oldim (qani edi hammasiga qatnasha olsam):

1. Badiiy tarjimon sifatida tirikchilik qilish
2. Bolalar adabiyoti tarjimasi (shuni tanlashda juda qiynaldim, bir vaqtning oʻzida sheʼrlar tarjimasi vorkshopi ham bor. Shoirlari yaxshi koʻraman, lekin bolalarni koʻproq yaxshi koʻrar ekanman. Shoirlarimiz meni kechirsin 🤗).
3. UK va Yevropada shartnoma va kelishuvlar
4. Netvorking va Ijtimoiy media.
5. Noshirlar bilan uchrashuv (shu qismini yaxshi oʻylashibdi).
🏆42👍2🔥2
#bristoltranslates

Ertaga adibimiz Nazar Eshonqulning "Shamolni tutib boʻlmaydi" nomli hikoyasini oʻqib beraman. Biroz hayajonlanyapman, chunki muallif uslubini tarjima qilishda biroz qiynaldim.
👍51🔥1
Ingliz tilida chop etilgan o'zbek asarlarining safi yana bittaga kengaydi!

Turkoslavia jurnalining 3-sonida Saida Zunnunovaning kundaligidan parchalar ingliz tilida uzatildi. Tarjimon - Donoxon Abdug'afurova.

@authors_and_publish
7🔥4👍3🏆2
"The Dial" jurnalining 19-sonida Salomat Vafo qalamiga mansub "Telefon" hikoyasi Sabrina Jaszi tarjimasida chop etildi. Muallifni tabriklayman! Sabrinaga esa katta rahmat! O'zbek adabiyoti targ'ibi uchun yaxshigina ter to'kyapti.

@authors_and_publish
🔥8👏42🏆1
Forwarded from BOOK.UZ
🔥 TAQDIMOT 🔥

Sizni fikrlarimning butun boshli labirinti bo’ylab olib o’taman.


Virjinya Vulf «Shaxsiy xona» asari taqdimoti.

😊Barchangizni kutib qolamiz!

21-sentyabr 15:00 da
Manzil: Chilonzor 8, Qatortol
koʻchasi 60


📚@bookuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
BOOK.UZ
🔥 TAQDIMOT 🔥 Sizni fikrlarimning butun boshli labirinti bo’ylab olib o’taman. Virjinya Vulf «Shaxsiy xona» asari taqdimoti. 😊Barchangizni kutib qolamiz! 21-sentyabr 15:00 da Manzil: Chilonzor 8, Qatortol koʻchasi 60 📚@bookuzbekistan
Virjiniya Vulf kuchli yozuvchi. Uning "Shaxsiy xona"si adabiyotda, umuman jamiyatda ayollarning mavqeiga murojaat qiladi.

Taqdimotga albatta boring. Men ham boryapman. 🤗
🔥7🤩21👍1
DIQQAT, TANLOV!

SHU YILNING 27-SENTABR KUNI O'ZBEK ADABIYOTINING BUYUK SHOIRI RAUF PARFI TAVALLUD KUNINI AZIZ ADABIYOTSEVARLAR BILAN BIRGA NISHONLAYMIZ!

Buxoro davlat universitetining filologiya fakultetida ayyom munosabati bilan
"RAUF PARFI SHE'RIYATI BILIMDONI" ko'rik-tanlovi tashkil etiladi.
Tanlov ikki shartdan iborat:

1-shart. Hakamlar tomonidan berilgan to'rt qator she'rni tahlil qilish(she'r Rauf Parfi qalamiga mansub) bu shartdan o'ta olgan 6 nafar ishtirokchi 2-bosqichga yo'l oladi.

2-shart. Bahrubayt(Rauf Parfi ijodiga oid she'rlar bo'lishi shart, oxirgi tugagan harf bo'lishi shart emas, ammo she'rlar to'liq ijro etilishi kerak, hokkular soni uchtadan oshmasligi kerak).

☝️TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETA OLADI?👇

☝️Ishtirokchilar kasbidan qat'iy nazar 30 yoshdan oshmagan bo'lishi;
✌️Sahnada jonli tarzda ishtirok eta oladi(online ishtirok mavjud emas).


💌🎁🎁🎁SOVG'ALAR

G'olib deb topilgan 3 ta o'rin sovrindorlari pul mukofoti, kitoblar hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Manzil: Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti faollar zali, soat 13:00

👆👆👆👆tanlovda ishtirok etish uchun "RAUF PARFI SHE'RIYATI BILIMDONI" tanlovi uchun sarlavhasi ostida töliq ism-sharifingiz, o'qish yoki ish joyingiz, yoshingiz yozilgan arizalarni @Toshrux ga yuboring!

Tanlovga hamkorlik qiluvchilar bo'lsa qabul qilamiz!

TANLOV NIZOMI
https://t.iss.one/tanlov97/3nizom
1🔥1
Forwarded from Usmonip
#taqdimot

Nihoyat, kutilgan kun yaqinlashdi! 11-oktyabr 19:00 da “Oʻtkan kunlar” asarining mahalliy nashri taqdimoti va tarjimon Mark Ris bilan uchrashuv tashkil etiladi. Tadbirda asardan xarid qilishingiz va tarjimondan imzo olish imkoniga ega boʻlasiz.

Tadbir Xalqlar doʻstligi metro bekati yaqinidagi “Asaxiy Books” kitob doʻkonida oʻtkaziladi. Barchangizni kutamiz.

Sana: 11-oktyabr, 19:00
Manzil: Furqat koʻchasi, 15A

@usmonosphere
👏42👍2
Hamid Ismoilovning yana bir asari ingliz tilida taqdim etilayotgan ekan. Kitob muqovasida "A Ghazal Novel" degan yozuv bor, gʻazal shaklidagi roman boʻlsa kerak. "Poète mauditlarni sevimli Sufiy klassikalari bilan birlashtirib, absurdist orzularini Hofiz hayoti bilan uygʻunlashtirib, puxta matematik hisoblardan lirikaga oshib oʻtib, muallif raqamli davr uchun baynalmilal bir ishq va sogʻinch sheʼriyatini yaratadi", deb taʼrif berilgan ekan asarga. Kelasi yil yozgacha sabr qilamiz, kitob 2025 yilning avgust oyida sotuvga chiqar ekan.

Tarjimon: Shelley Fairweather-Vega (Shu yerda tarjimonni yana bir muvaffaqiyati bilan tabriklab ketay 🤗).

Nashriyot: Yale University Press (Buyuk Britaniya)

@authors_and_publish
👍63🔥1
Forwarded from Daryo — LIVE
Dramaturglar uchun Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yoʻldoshev nomidagi mukofot taʼsis etiladi

Bunda mukofotlar boʻyicha tanlovlar har ikki yilda oʻtkazilib, ularning gʻoliblari MHTEKMning 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

@daryo_live
🔥31👍1
"AKS" LOYIHASI TAQDIMOTIDAN

"AKS" loyihasi men uchun bu turdagi loyihalarga oʻxshamagan unikal loyiha. Oxirgi yillarda oʻzbek ijodkorlarini qoʻllash, ularni tanitish, targʻib qilishni koʻzlagan loyihalar soni asta-sekin koʻpaya boshladi. "AKS"ni boshqa loyihalardan farqli qilib turgan jihati - qoʻlyozmalarni tanlashda oʻziga xosligiga eʼtibor qaratilgani. Janrlar, yondashuvlar, shakllar, ifodalar - hamma-hammasi oʻzgacha, biz koʻnikkan an'anaviy asarlardan farqli. Mualliflar jurʼat bilan qoliplarni sindirishga uringan, yangiliklarni sinab koʻrishgan va eplashibdi ham. (Shu yerda loyiha va gʻoya egasi Alisher Fayzullayevga kitobxonlar nomidan rahmat aytib ketay 🤗.)
Qisqasi, zamonamiz kitobxonlari uchun ajoyib tuhfa boʻldi.
Loyihani amalga oshishiga koʻmakchi boʻlgan Yangi Asr Avlodi Nashriyoti ga ham katta rahmat! Qoliplarga sigʻmagan loyihani qoliplarga solishga urinmadi. Shunday jurʼatli nashriyotlarimiz koʻpaysin.

@authors_and_publish
5🔥1
#E'LON #TARJIMA

Ingliz tilida bitilgan badiiy va nobadiiy asarlarni oʻzbek kitobxonlariga yetkazishda yordam bera oladigan iqtidorli tarjimonlarni izlayapman.

Talablar: tarjimon ikkala tilda ham juda yaxshi bilimga ega boʻlishi, adabiyotdan yiroq boʻlmasligi kerak.

Tajribasi boʻlmaganlar uchun ham yaxshi imkoniyat, mahoratingizni sinab koʻrishingiz mumkin.

Qiziqsangiz, @literaryagent8484 orqali men bilan bogʻlaning.

@authors_and_publish
👍43