San'at tanqidchisi kundaligi
778 subscribers
903 photos
115 videos
3 files
98 links
Estetik did, kino va vizaul poeziya haqida ba'zida esa muhabbat fojealari haqida yozaman. Diqqat! Diktatura!!

Kino kerak bo'lsa:https://t.iss.one/cinefiil

YouTube kanalim: https://youtube.com/@samandar_egamberdiyev?si=jl3z0Ydpv1UgOQBd

Aloqa uchun: @Artcrito
Download Telegram
San'at tanqidchisi kundaligi
Payal Kapadianing shaxsan o'zini ham kino namoyishga chaqiramizmi? Ko'rishasizlarmi? Taklif qilsak aniq keladi. @artjingo
Kinoning bosh qahramoni Divya Prabha ham "In Uzbekistan" deb storiz qo'yibdi. Kino namoyish global dunyoda mashhur bo'lyapti))

@artjingo
Qisqacha toshkancha barokko haqida

2016-yilgacha Karimov davri o'zbek sanʼatini stalincha amperga qiyoslash o'rinli deb hisoblayman. Chunki barcha parameterlar to'g'ri keladi)) 2016-yildan keyingi san'atimiz esa napoleoncha barokkoga judayam mos keladi(biroz sotsiallashganini(gender, feminizm)hisobga olmasa.
Toshkancha elitaniy-barokkoning yorqin namunasi sifatida biz akademiya raisi Akmal Nurning asarlarini misol keltirishimiz mumkin. Chunki unining asarlarida  sharqning o'rta asrlarga xos o'ta nafis, lirik,  miniatyura estetikasining yorqin ranglar gammasi bilan uygʻunlashganiga guvoh bo'lamiz.

Tabiiyki, toshkentdek megapolis shaharlarda albatta post-sovetcha burjuaziya estetikasi dominantlik qiladi. bugungi S.Sabirbayevning  "debyutniy abstraktsiya ishlari" g'arbcha abstraktsiyadan butkul farq qiladi. S.Sabirbayevda etno-madaniy(qoraqalpoqcha) madaniy kodlar orqali yorqin ranglar katta o'rin egallagan "abstraktsiya" ishlari toshkancha barokkoning bir qismi bo'lib qoladi, va balki toshkancha barokkoga taqlid deyish ham mumkin?

Madaniy tomondan yevromarkazlashtirishga muhlis emasman, lekin tabiiyki post shuning taʼsirida yozildi. Chunki musulmon-sharqi badiiy taʼlimidan bexabarman.

p.s) fikrimcha S.Sabirbayevning bu ishlari sharqni haligacha orientalistik(imperialistik) dunyoqarash bilan anglaydigan yevropa auditoriyas(bozor)iga juda mos keladi. Uni realizatsiya qilish kerak.

Saidbek Sabirbayevning ishlarini ilova qilyapman

@artjingo
S.Sabirbayev asarlari

@artjingo
©David Hockney

p.s) haqiqat juda qimmat, shunday ekan bizga illuziyalar kerak.

@artjingo
"All We imagine as Light" filmi namoyishidan keyin film haqida ajoyib fikrlar.
Men avval ko'zlarga e'tibor bermagan ekan.
Filmdan shunday xulosa olish shunchaki next level.

@artjingo
Forwarded from Thoughts
All We Imagine as Light

Manimcha,agar bu filmni umuman tushunmaydigan tilda ko‘rganimda ham, baribir ancha hissiyotlar bergan bo‘lardi.
Chunki ko‘zlar.
Tushuntirish qiyin, lekin shunchaki ko‘zlar juda ko‘p narsa gapirgan.
Hayotdagi qiyinchiliklar ham shunchalik sokinlik bilan ko‘rsatilganki, hayron qoldim.
Shovqin yo‘q, agressiya yo‘q(e'tibor ayollarga qaratilgani uchun)
Shaharga moslasha olmagan, ichki bezovtaligi bor ayollar ko‘rsatilgan.
Shahar shunchalik tez shunchalik shovqin va moslashish qiyin. Ayollar qoshilib ketolmagan....
Har birining alohida dardi bor.
Ular bu haqida kam gaplashadi, lekin tushunishadi.
Bu chin dardni, sokinlikni tushunadigan odamlar haqida.

Balki bu film aytmoqchi bo‘layotgan narsa sevgi, do‘stlik, yaqinlik bularning hammasi aslida “sokinlik”ni tushuna olishdir.
Sababsiz, izohsiz faqat yurak bilan anglash.
Filmni ko‘rib bolgach, uzoq vaqt “sonder” hissi bilan yurdim.
Hali ham balki shunday.
Yani hammada o‘z og‘irligi borligini, o‘zicha kurashayotganini sezish hissi.

Men kino bo‘yicha mutaxassis emasman.
Lekin bu film balkim odamga odam kerak degan goyani olib chiqqanov
Do‘stlik, yaqinlik, tushunilish kerak.
AI hech qachon shunaqa bo‘lolmaydi.
Bu film buni ham tushuntirdi.

Oxirida esa shuni tushundim: ba’zida seni so‘z bilan emas, ko‘z bilan tushunadigan odam kerak.
Shunchaki yoningda o‘tirib, hech narsa demay, yuragingni sezadigan inson. Va bu sevgi bolishi ham shart emas yani san bilan bir xil "silence" ga ega bolgan odami topish bu anchaa narsa beradi....

Yaxshi,mandayam shunaqa odam bor. Bunga rahmat. Aynan ularni qadrlash kerakligini ham yana bir marta tushundim.

Thanks ...
@artjingo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
India, Tamil Nadu shtatining Selam shahridagi diniy bayram.
Doʻstlar, dunyo turfa xilliklar bilan to'lib toshgan)

@artjingo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Men Kubaman"(1964)
Rejissyor: Mixael Kalatozov
Operator: Sergey Uresevskiy

p.s) kino tarixidagi operatorlik ishining eng mukammal ko'rinishi aynan shu filmda aks etgan.

@artjingo
Tarjimasi: Men ssenariysiz film suratga olishda yaxshi edim.
"Paris, Texas" filmini deyarli ssenariysiz suratga oldim — biz uni yozdik, lekin o'zi shunchaki davom etdi.
"Wings of Desire" filmini ham deyarli ssenariysiz suratga oldim.
"Kings of the Road" bir nechta sahifa yordamida suratga olingan — qolgan hammasi o‘ylab topilgan, improvizatsiya edi"
©Wim Winders.

"Ssenariy yozib, film olsang suratga olish jarayonida shunchaki ijrochiga aylanib qolasan" degan edi Won Kar Vay bir zamonlar.

@artjingo