O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
4.56K subscribers
23.8K photos
2.62K videos
172 files
4.87K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy.akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
Download Telegram
#anons
#korgazma

🎨 Sizni Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan ko'rgazmaga taklif qilamiz!

Ochilish marosimi joriy yil 1-avgust kuni, soat 17:00 da Markaziy ko'rgazmalar zailda bo'lib o'tadi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👌1
🖼 Bugun, 28-iyul kuni Toshkent fotosuratlar uyida yurtimizda millatlararo totuvlikni, do‘stlikni mustahkamlash, bag‘rikenglik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Do‘stlik” festivali doirasida “Do‘stlik nigohi” qardosh xalqlar fotosuratlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

✔️ Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasi qaroriga muvofiq 30-iyul — Xalqaro do‘stlik kuni sifatida butun dunyoda keng nishonlanadi. Ushbu xalqaro sanani munosib qarshi olish maqsadida, joriy yilning 25–31-iyul kunlari mamlakatimizda “Do‘stlik” festivali tadbirlari o‘tkazilmoqda.

📹 Ko‘rgazmada Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi va milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati va qadriyatlarini ifodalovchi 100 dan ortiq fotosurat namoyish etildi.

Darhaqiqat, keyinggi yillarda jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. E’tiborli jihati, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yangi, yuqori bosqichga ko‘tarildi.

💬 O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur o‘z nutqida “Do‘stlik” festivali va uning doirasida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmaning badiiy-estetik va ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatiga alohida to‘xtaldi:
“Markaziy Osiyoning markazida joylashgan jonajon O‘zbekistonimiz — bu qadimiy sivilizatsiyalar chorrahasi, bag‘rikenglik va totuvlik timsoli bo‘lmish diyor. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yagona jamiyatda, yagona orzu va qadriyatlar atrofida ahil-inoq hayot kechirmoqda. Ana shu totuvlikning badiiy aksini san’at tilida ifodalash, uni vizual mushohada orqali xalqqa yetkazish — zamonaviy estetik tarbiyaning muhim yo‘nalishidir. Mazkur ko‘rgazma shunchaki fotosuratlar majmuasi emas, balki xalqimiz qalbidagi o‘zaro hurmat, mehr, bag‘rikenglik va do‘stlik tuyg‘ularining badiiy timsolidir.


✏️ Shubhasiz, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, ezgulik, mehr-muruvvatga da’vat etuvchi tashkil etilgan bunday tadbirlar jamiyatimizda millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy va do‘stlik aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇬🇪

Shu yil 21-25-iyul kunlariO‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi direktori, filologiya fanlari nomzodi Gulabza Qarshiyeva boshchiligida muzey xodimlaridan iborat delegatsiya Gruziyada xizmat safarida bo‘lishdi.

Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Gruziyaning sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va madaniy aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Delegatsiyamizning xizmat safari mazmunli o‘tdi. Vakillarimiz tashrif davomida poytaxt Tbilisi shahrida joylashgan Gruziya Milliy muzeyi va Tasviriy sanʼat muzeyida bo‘lib, ekspozitsiyalar, eksponatlarni saqlash holati, artefaktlar joylashuvida innovatsion yondashuvlardan boxabar bo‘lishdi.

Mehmonlar shuningdek, Tbilisi Milliy qo‘lyozmalar markazida bo‘lib, bu yerda mavjud Sharq va Gruziya to‘plamlari fondini ko‘zdan kechirishdi. Fondda V-VI asrlar va keyingi davrlarga oid qo‘lyozmalar, ularga ishlangan tasvirlar, naqqoshlik bilan bezak berilgan nodir asarlar saqlanadi. 

Tbilisi Milliy qo‘lyozmalar markazi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda miniatyura sanʼati, qadimiy qo‘lyozmalar, qog‘oz tarixi, xattotlik sanʼatini o‘rganish, targ‘ib qilish, ko‘rgazma, konferensiya va ilmiy seminarlar tashkil etish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Bu borada, kelgusida o‘zaro hamkorlik qilishga oid bitim imzolashga kelishib olindi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42