Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi | АРГОС
53K subscribers
9.83K photos
1.91K videos
14 files
6.44K links
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги

👉Веб-сайт:
https://argos.uz
👉Facebook:
facebook.com/argos.pressa
👉Instagram: https://instagram.com/argos.uz?igshid

👉 Вакансиялар портали — https://t.iss.one/vacancy_argos
Download Telegram
#Toshkent #viloyati
#Angren_sh. #Olmaliq #Ohangaron_sh #Ohangaron_t.
#ARGOS

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Psixologik baholash va ijtimoiy tadqiqotlar metodologiyasi boshqarmasi rahbar xodimlari joriy yilning 16- va 17-fevral kunlari Toshkent viloyatida bo'lib, grafik asosida tashkil etilgan psixologlar guruhlari tomonidan shahar, tumanlar hokimlik rahbariyatlari bilan o'tkazilayotgan individual konsultatsiya jarayonlari bilan tanishdi va tegishli maslahat hamda ko'rsatmalar berdi.

Izoh: Fotolavhada Toshkent viloyatining Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari va Ohangaron tumani hokimlari bilan suhbat jarayoni.

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos_uz
#ARGOS #Toshkent #OAV_biz_haqimizda

⚡️Joriy yilning 25-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Strategiya loyihasining dastlabki holatini manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, mutaxassislar, mahalliy ekspert va olimlar ishtirokida muhokama qilish maqsadida seminar tashkil etildi.

Bu boradagi ma'lumot bilan batafsil shu yerda tanishing!

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos_uz
#ARGOS #Toshkent_v #Strategiya2030

👉 Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali tomonidan 2021-yil 3-mart kuni "Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi" loyihasi muhokamasi va “Davlat boshqaruvida ayollarning roli. Davlat fuqarolik xizmatida gender tengligini ta'minlash masalalari” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari hududiy boshqarmalari mas'ul xodimlari, mahalliy ekspert va olimlar ishtirok etdi.

📌Muhokama davomida ishtirokchilar tomonidan loyiha bo'yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatida ayollarning roli, ularning ishtiroki va ular tomonidan erishilayotgan muvafaqqiyatlar to'g'risida so'z bordi.

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos\_uz
#ARGOS #Toshkent_v

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining psixologlar guruhi a'zolari Shoira Hakimova hamda Elmurod Musayevlar ishtirokida Quyi Chirchiq tumanida 14 nafar va Zangiota tumanida 16 nafar Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshliqlari, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari va ularning tegishli o'rinbosarlari uchun "Aholi bilan ishlashda muloqot va nutq madaniyati", "Stressga chidamlilik", "Maqsadga yo'nalganlik" mavzularida seminarlar o'tkazildi.


Ushbu seminarlardan asosiy maqsad hududlardagi davlat organ va tashkilotlarida psixologik muhitni barqarorlashtirish va mahalliy aholi o'rtasida mavjud holatni o'rganishda amaliy ko'maklashishdir.

Agentlik Axborot xizmati
https://t.iss.one/argos_uz
#ARGOS #Toshkent
Агентлик раҳбарияти Янгийўл шаҳри, Янгийўл тумани ва Чиноз туманида бўлди

Агентлик директори ўринбосари Н.Максумов иштирокида ўтган мазкур учрашувларда аввал айтиб ўтганимиздек, ҳоким ўринбосарлари фаолияти, уларнинг самарадорлиги ва натижадорлиги, келгусида амалга оширадиган ишлар юзасидан муҳокамалар борди.

Агентилк Ахборот хизмати
https://t.iss.one/argos_uz
#ARGOS #Toshkent

📌🗓Ўзбекистон Републикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Тошкент вилояти филиали томонидан Тошкент вилоятининг туман ва шаҳар ҳокимлари ўринбосарлари учун “маҳаллабай” ва “фуқаробай” тизимида ишлаш кўникмаларини ривожлантириш бўйича навбатдаги ўқув-семинар курсига старт берилди.

Ушбу ўқув Агентликнинг Тошкент вилояти филиали томонидан туман (шаҳар) ҳокимликларининг ўринбосарлари учун ташкил этилаётган семинар-тренингларнинг иккинчи босқичи ҳисобланади.

Бу галги ўқувда туман (шаҳар) ҳокимлари ўринбосарлари – маҳалла ва оилани қўллаб-қуватлаш бўлими бошлиқлари ҳамда Ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосарлари иштирок этмоқда.

Агентлик Ахборот хизмати
https://t.iss.one/argos_uz