Apple Developer Academy UZ
965 subscribers
190 photos
5 videos
4 files
70 links
Apple Developer Academy to'g'risida barcha ma'lumotlar
Download Telegram
Apple Developer Academy UZ pinned «🎉 Test natijalari e'lon qilindi: https://www.developeracademy.unina.it/wp-content/uploads/call_24_25_developeracademy_admittedtomotiv.pdf»
🚀 Apple Developer Academyda o'qishni davom ettirish uchun Pier dasturi mavjud. Bu dastur akademiyada yana bir yil o'qish va tajriba yig'ish imkoniyatini beradi. Birinchi yilda olgan bilimlarni NTT(Nodavlat Notijorat Tashkilotlari) loyihalarida ishlash orqali tajriba yig'iladi. Hamda, akademiyaga ilovalarni yaratishda va mentorlarga, Apple Foundation Programga yordam berish kerak bo'ladi.
👥 Kimlar uchun: Apple Developer Academyda 2023/2024 o'quv yilida o'qiganlar uchun (akademiyada o'qishni bu yili boshlaydiganlar, keyingi yil topshirsa bo'ladi)
✔️ Qabul qilinadi: 40ta
Bu sohalardan faqat bittasini tanlash imkoniyati mavjud:
💻 Dasturchi: 20ta
🎨 Dizayner: 13ta
🤵‍♂️ Loyiha menejeri: 7ta
📄 Xujjat topshirish: https://airtable.com/appGIEFUif8d90t75/shrWkisNkRZj0JPMc
🗓 Oxirgi muddat: 31.05.2024 12:00 CEST
Natijalar: 06.06.2024

💯 Baholash jarayonida quyidagilar inobatga olinadi:
1️⃣ Birinchi yildagi challengelardagi jamoa faoliyatida qatnashganlik, muddatlarga amal qilganlik va yaxshi natijalar ko'rsatganlik darajasi
2️⃣ Jamoalarda ishlash: turli tabiatli insonlar bilan ishlash, ziddiyatlarni hal etish, jamoadoshlardan yaxshi fikr olish, akademiyadagi faollik.
3️⃣ Tanlangan soha(dasturlash, dizayn, management)dagi rivojlanish darajasi
4️⃣ Ingliz tilida muloqot va ommaviy nutq: yozma va og'zaki ingliz tilini yaxshi tushunish va tushuntira olish. Jamoadoshlar and akademiya hodimlari bilan samarali muloqot.
5️⃣ Yetakchilik va jamoaga ko'rsatma berish qobiliyati.

🗓 Davomiyligi: 2024-yil iyuldan 2025-yil iyungacha
⌚️ Vaqt: haftasiga 20 soat, kuniga 4 soatdan
💶 Grant: 7168 EUR (agar 750 soatning 80%iga qatnashilsa beriladi)
ℹ️ Batafsil: https://www.developeracademy.unina.it/wp-content/uploads/pier24-25_call_en.pdf
"Path of the godsga qanday borib kelsa bo'ladi?" deb so'rashdi va biz yo'riqnoma tayyorladik.
🚂 Trenitalia: Napoli S. Giovanni-Barra - Castellammare Di Stabia (3.30 EUR)
🚌 Sitabus 5080 (chipta Unico ilovasida sotib olinadi): Castellammare (V.le Europa) - Agerola (Bomerano)
🚶‍♂️ Maps.me ilovasida 🔍"Path of the gods" deb qidiring: Bomerano - Nocelle - Arienzo (6.5km)
🚌 Sitabus 5070: Arienzo - Amalfi
🚌 Sitabus 5080: Amalfi - Bomerano (avtobus haydovchisidan so'rash kerak, avtobus Castellammare Di Stabia yoki Neapolgacha borishi mumkin)
🚌 Sitabus 5080: Bomerano - Castellammare Di Stabia
🚂 Trenitalia: Castellammare Di Stabia - Napoli S. Giovanni-Barra (3.30 EUR)
⚠️ Path of the godsda xavfli joylar ko'p, yomg'ir yoqqanda borish maslahat berilmaydi.
🛳 O'rtayer dengizi kruizidagi sayohatimizdan rasmlar
🎉 Yakuniy test va suhbat natijalari e’lon qilindi
Umumiy eng ko’p bal to’plagan 220ta talabgor akademiyaga qabul qilindi: https://www.developeracademy.unina.it/wp-content/uploads/call_24_25_developeracademy_finalranking.pdf
🇺🇿dan 37ta(17%) talaba qabul qilindi. Tabriklaymiz!
📄 Declaration of acceptance - sizning akademiyada o'qishga qaror qilganligingizni tasdiqlovchi xujjat. Akademiyaga qabul qilingan bo'lsangiz, pochtangizga qutingizga Declaration of acceptanceni to'ldirish to'g'risida xat kelgan bo'lishi kerak.
Agar akademiyada o'qishga qaror qilgan bo'lsangiz, Declaration of acceptanceni
1️⃣ elektron ko'rinishda (masalan Adobe Acrobat Reader yordamida) to'ldirib
yoki
2️⃣ chop etib, qo'lda to'ldirib, PDF formatida scan qilib,
javob xatida yuborasiz.
🗓 Declaration of acceptance yuborish muddati 17.05.2024 21:00(GMT+2). Bu muddatgacha yubormasangiz sizning joyingiz qabul qilinmaganlar ro'yxatidagi keyingi talabgorga o'tib ketadi.
❗️Agar sizga ozgina bal yetmay qolgan bo'lsa, sizda hali ham qabul qilinish ehtimoli yo'q emas. 2023-yili ba'zi talabgorlarning o'qimaslikka qaror qilganliklari sababli, qabul qilinmaganlar orasida eng ko'p bal to'plagan 40 ta talaba keyinchalik qabul qilingan edi.
Qabul qilinganlarda "akademiyaga boraymi yoki yo'qmi" degan savol bo'lishi mumkin. Avvalroq, akademiyada o'qishning afzalliklari to'g'risida yozgan edik. Akademiyada o'qishning yomon taraflari:
1️⃣ Akademiya Italiyaning Neapol shahrida joylashgan va bu shahar Yevropaning eng xavfli shaharlaridan hisoblanadi. Masalan:
a) O'zbekistonlik talaba so'rlariga ko'ra: "Kechqurun ko'chaga chiqmayman, chunki bir kuni oynadan qarab tursam skuterda 1-2tasi kelishdi, va boshqalarga qara o'q ota boshlashdi.."
b) O'zbekistonlik talaba so'zlariga ko'ra: "Portga chipta sotib olishga borganimizda, italyan sherigimga kelib telefonini berishni talab etishdi, telefon akademiyaga tegishli ekanligi va uni tezda bloklashini aytganidan so'ng pulini olishdi".
c) O'zbekistonlik talabaning so'zlariga ko'ra: "Uyga uzoqroq bo'lsa ham bu yo'ldan ketaman chunki bu yo'lda odamlar bor, xavfsizroq".
c) Akademiyadagi italiyalik talaba so'rlariga ko'ra: "Kecha San Giovannida otishma bo'ldiku..." (akademiya San Giovanni a Teduccioda joylashgan)
d) Hindistonlik talaba so'zlariga ko'ra u do'stining uyidan qaytayotganda o'g'rilikdan jabrlangan.
e) Internetdagi postdan: "Ko'chada bizga xujum qilishdi va armatura bilan shikast yetkazishdi".
2️⃣ Neapol boshqa Yevropa shaharlaridek qimmat-u, lekin infrastrukturasi rivojlanmagan shahar. Masalan, TrenItaliadan tashqari transport qatnovi yaxshi emas, vaqt jadvali aniq emas, vaqt oralig'i katta, hohlasa yuradi hohlasa yo'q. Ko'chalarida ahlat to'planib yotadi. Itlarning najaslarini bosib olmaslik uchun oyoq tagiga qarab, bemalol yura olmaysiz. Yashash uchun noqulay shahar: piyodalar yo'li tor, avtomobil haydovchilari yo'l qoidalariga ko'p hollarda amal qilishmaydi, yaqin atrofda park yo'q (biz Rimdagi parklarda bo'lganmizu, Neapolda qayerdaligini ham bilmaymiz) va sohillari toza emas.
3️⃣ Akademiyada hamma sohadan ozginadan o'rgatadi va natijada hech qaysi sohani yaxshi o'rganmaysiz: ozgina Swift, ozgina dizayn, ozgina marketing. Masalan, yetarli darajada iOS dasturchi qilib tayyorlamaydi. Mening nazarimda, faqat beradigan stipendiyasi va qurilmalari uchun keladiganlar talaygina. Mentorlar u qadar kuchli emas, savol so'ralsa, ko'p holatlarda gapni olib qochishadi.
❗️ Yuqorida ko'rsatilganlarni inobatga olib, kelish yoki kelmaslikni qaror qiling.
▶️ Neapol to'g'risidagi videolar:
1. МУСОРНАЯ СТОЛИЦА ЕВРОПЫ
2. Неаполь: худший город Европы? | Мусор, граффити и мигранты
3. Почему Неаполь – это не Италия / Как живут опасные неаполитанские районы
formulario_visto_nazionale_ing-ita.pdf
276.7 KB
🇮🇹 Italiyada o'qishga viza uchun quyidagi xujjatlar talab etiladi:
🟥 Chet elga chiqish uchun pasport
🗓 Xujjat topshirish vaqtini bron qilganlik to'g'risida xujjat
📄 Milliy vizani olish uchun ariza (PDF shaklida biriktirilgan)
🟩 Passport nusxasi yoki ID karta nusxasi va yashash manzili to'g'risida ma'lumotnoma
📷 1 ta rasm
🏥 Kamida 30000 EURni qoplaydigan 15 kunlik tibbiy sug'urta
🛫 Aviachiptani bron qilganlik to'g'risida xujjat
🏠 Italiyada yashash joyini bron qilinganlik to'g'risidagi xujjat
🧑‍🎓 Akademiyaga qabul qilinganlik to'g'risidagi xujjat ([email protected] ga yozing)
💳 Kartada/hisob raqamda kamida 5984 EUR yoki 7000 USD mablag' borligi to'g'risidagi xujjat
📄 Ingliz tilini bilish to'g'risidagi sertifikat nusxasi
🏢 Ish joyidan ma'lumotnoma va oxirgi 12 oylik ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma
💵 Xujjatlarni ko'rib chiqish uchun to'lov - naqd 54 USD
❗️ Hozirda xujjatlar ro'yxati yoki mablag'/to'lov miqdori o'zgargan bo'lishi mumkin. Elchixona telefon raqamlari: +998712521119, +998712521120
👨‍💻 Akedemiyadagi talaba qanday qilib ishga joylashganligini to'g'risidagi ma'lumot bilan bo'lishdi:

"My experience on getting my job is pretty unique, because i joined their bootcamp / training first, not your typical interview, answer technical question and get accepted

for me it takes 2 months to finish the training, and it is challenging,
It's definitely hard, because they expect you to learn a lot of stuff, but the stuff that they told you to learn is basically all the thing that you will use when you are workking with them, so in my opinion, it is better then answering leetcode question that i will never use in my entire life

Getting a job anywhere is pretty much the same, even in Naples, it's always hard and it's not a 1 time thing where you apply and then you get accepted, you need to apply to a bunch and got rejected a lot, untill you find 1

About knowing italian language, it really depends on the company that you are applying for, for my case it is not important because the people in my company uses english for main language of communication

for the salary, for myself, because it's a remote position, so the salary won't be as much, but for me it's above 1k euro"
Forwarded from FiJe'sLife
Til bilmayman, Italiyada boshlanishida qanday ish bilan shug'ullanishim mumkin?

Italiyaga keganimdan beri ish qidirdim. Maqsadim oilamizga moliyaviy tomondan ziyon keltirmay o’qishimni davom ettirish edi. Hatto, farroshlikka ham tayyor edim. Italyan tilini yaxshi bilmaganim, va kelibam o’qishim Neapolda(bu yerda Ingliz tilida gaplashadigan odamlarni uchratish qiyin) bo’lganligi tufayli yaqin-yaqingacha ishsiz yurdim. To’g’ri, orada novvoyxonada 1 hafta, bir restorantda 1 kun ishlaganimni, va 2 oycha online dars berib turganimni hisobga olmasak albatta. Kelishim bilan tavsiya qilishganidek Glovo(yetkazib berish/dastavka xizmati)da ishlab turmoqchi edim, lekin hujjatlarim hali tayyor bo’lmaganligi tufayli akkaunt ham ocha olmagandim. Yaqinda bir O’zbek tanish do’stimizdan Rimga borib ishlab kelganini, va qaytganda o’ziga Glovo akkaunt ochgan, lekin imtihonlari sabab hozircha ishga chiqa olmayotganini eshitdim. Manga esa bu imkoniyatdek tuyuldi, va undan akkountini ishlatib turishga oldim. Hali vaziyatni to’liq bilmasdan katta investitsiya qilishni xohlamay ‘qora bozor’dan 50€ ga velosiped olib ishni tezda boshlab oldim. Ish jarayonida ko’plab narsalarni, xalq tilida aytganda -o’ziga va ishiga puxta bo’lishni o’rgandim. To’laligicha ‘puxta’ bo’lmaganman shekil, hozirda akkaunt blokda, va velosipedim ham oyog’i osmondan bo’lib buzilib yotibdi. Bu bir haftalik ishim davomida halicha foydaga chiqmagan bo’lsamda, juda katta tajriba bo’ldi va buni uchun ‘Glovo’dan minnatdorman deb bemalol ayta olaman.

Qisqacha:

Ish turi: Glovo - yetkazib berish/dostavka xizmati;
Qayerda: Neapol, Italiya;
Transport turi: Velosiped;
Boshlang'ich investitsiya: 58€(50€ - velosiped, 4€ - velosiped uchun bo’yoq, 4€ - qulf);
Ish haqi: soatiga o'rtacha 4-5€ atrofida

P.S.
Natijadanmas, jarayondan zavqlaning!

@fijeslife