Forwarded from FiJe'sLife
Og’riq joyi - jon joyi
Kattalardan ko’p eshitardim: Qayering og’rib qolsa, o’sha san uchun jon(hayot) joyingga aylanadi deb. O’sha paytlar bu so’zni ma’nosiga ko’p e’tibor qilmaganman, yoshmiz bizda og’riq nima qilsin. Inson og’rib qolsa maylikan, kelibam musofirchilikda, uydan uzoqda bo’lmasin ekan.
Bir necha kun oldin tishimda og’riq his qila boshladim. Tishlarimda kasallanish boshlanganini bir oycha oldin bo’lgan o’lda-jo’lda og’riqlardan his qilgan edim. -Ha qo’yaver, ozgina sabr qilsam uyga yetib olaman, degan o’y bilan yana e’tiborsiz qoldirgandim. Bu safar juda qattiq bo’ldi, tishimda paydo bo’lgan kovak shunchalar yomon holatga kelgan ekanki, suv ichsam ham og’riq miyyamga yetib borayotgandi. Hatto, o’lib qolsam kerak deb o’yladim. Bunaqa paytda hamma nasaga tayyor turarkan kishi: qimmat bo’lishiga qaramasdan Turkish airlines/Turkiya havo yo’llari orqali borish-qaytish bilet narxlari bilan ham qiziqdim orada. Xullas, u bo’ldi, bu bo’ldi oxiri Italyan tanishimdan tish do’xtiri manzilini olib, dushanba kuni(shanba&yakshanba Italiyada hech kim ishlamaydi) navbat olib bordim. Yaxshi kutib olishdi, 2 marta qatnashning o’zida muammoyimni hal qilishdi. Bitta muammo: bu muolaja manga 350€ ga tushdi, va man endigina bitta tishimni davolatdim xolos. Salomatlik insonga berilgan eng katta ne’matlardan biri ekan, narxi esa bebaho.
Qisqacha:
Muammo: Tish og'rig'i;
Muolaja narxi: 350€ har bir tish uchun;
Qayerda: Neapol, Italiya;
Tavsiya: Chet elga chiqishdan oldin(umuman olganda har 3-6 oyda), shifokor ko'rigidan o'ting, va keyinchalik ham sog'lig'ingizga e'tiborsiz bo'lmang.
P.S
Bebaho sog'ligimizni asraylik!
@fijeslife

🇮🇩 Balidagi Apple Developer Academyga qabul e'lon qilindi:
https://developeracademy.apps.binus.ac.id/bali/

⛰ The Angel's Path (Il sentiero dell'Angelo) ga sayohatimizdan rasmlar
Qo'shimcha qabul qilinganlar ro'yxati e'lon qilindi: https://www.unina.it/documents/11958/52916628/APPLE_Dev_academy_24-25_scorr_2.pdf/