АОКА Xorazm || Rasmiy kanali
9.49K subscribers
20.4K photos
5.81K videos
147 files
11.2K links
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi rasmiy kanali

Murojaat uchun tel: 62 2231326 ||
Savollar uchun: @aokaxorazm_bot

sayt www.aokaxorazm.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️”Haj” va “Umra” tadbirlarini noqonuniy tarzda tashkil etayotganlarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko'rilmoqda

📼 Batafsil videorolikda


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mustaqilligimizning 34 yilligi yuksak saviyada nishonlanadi


“Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 10.07.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga koʻra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obroʻ-eʼtiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.

📙 Mustaqillikning 34 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan holda oʻtkaziladi.

✔️ Mustaqillik bayrami Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi taʼminlanadi.

📜 “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulugʻ, eng aziz” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlar yuqori darajada oʻtkaziladi.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xiva shahrida — “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” majmualarida an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadi.


💹Mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib etish, jumladan, Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida joriy yilning 8-10 avgust kunlari Xiva shahrida — “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” majmualarida an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalning asosiy tadbirlari mahalliy va xorijiy yulduzlar ishtirokidagi gala konsertlar bilan 8-9 avgust kunlari “Ichan qal’a” va 10 avgust kuni “Arda Xiva” turizm majmualarida bo‘lib o‘tadi.

Barchani sharqona, go'zal va betakror, unutilmas xotiralarga boy o'tuvchi “Qovun sayli”ga taklif etamiz!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent va Fargʻona shaharlarida OTMga noqonuniy oʻqishga kiritish holatlari aniqlandi

❗️Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra oʻqituvchisi oʻzining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

❗️Boshqa holatda esa Fargʻona davlat universitetining kafedra oʻqituvchisi oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Fargʻona shahrida yashovchi fuqaroni boks boʻyicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy taʼlim fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3800 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️Hozirda mazkur oʻqituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

DMED mobil ilovasi — sizning shaxsiy sog‘liq hamkoringiz!


DMED – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini raqamlashtirish uchun ishlab chiqilgan yagona tibbiyot tizimi.

U bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun tibbiy xizmat sifatini optimallashtirish va yaxshilash uchun keng qamrovli yechim taklif etadi.

🪪DMED mobil ilovasi orqali:
😎Shifokor qabuliga online yozilish
😎Tibbiy hujjatlarni ko‘rish
😎Kasallik tarixi va analiz natijalarini kuzatish
😎Elektron retseptlarni olish imkoniyati mavjud!
😎Va albatta vaqt sarfi tejaladi.

🤝 Maqsad — sog‘liqni saqlash xizmatlarini yanada tez, qulay va raqamlashtirilgan tarzda aholiga yetkazishdir.

Siz ham zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanishni boshlang!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿"Yuksalish" harakati tomonidan birlamchi tibbiyot muassasalarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi.

Unda jami 4 821 nafar respondent qatnashib, shundan 1968 nafarini aholi va 2853 nafarini tibbiyot muassasa xodimlari tashkil etdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagi jarayonlarda korrupsiya xavfi mavjudligi aniqlandi:

tibbiyot muassasalariga ishga kirishda;
yuqori tashkilotdan kelgan komissiyani "rozi qilishda";
mehnatga layoqatsizlik varaqasini berishda;
klinik davolanishga order rasmiylashtirishda.


Batafsil: https://yuksalish.org/uzc/news_detail/830

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

🔴💊Yoshlarni zaharlayotgan dorifurush qoʻlga olindi

➡️Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona idoralari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi, 1992 y.t. shaxsning Yangihayot tumanidagi ijaradagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 16249 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

🔣 Maʼlum boʻlishicha, u muqaddam “Telegram” messenjeri orqali savdo qiluvchi shaxs tomonidan Sergeli tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu dori vositalarini olib, kelgusida mijozlarga sotganidan soʻng, narkosavdogarga 16 ming AQSH dollari berishi kerak boʻlgan.

“Зардекс” dori vositalari tarkibida “Pregabalin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi mavjud boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 818-son qaroriga muvofiq, “Pregabalin” moddasi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar turkumiga kiradi.

⚖️Hozirda dorifurush fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakati olib borilmoqda.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥Telegramʼda “APK” formatida virusli fayl tarqalmoqda!

⚡️Nomaʼlum akkauntlardan yuborilgan fayllar mobil qurilma yoki kompyuteringizga zarar yetkazishi, shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻgʻirlashga olib kelishi mumkin.

⚠️Bunday shubhali xabar yoki fayllarga duch kelsangiz — ularni bir zumda oʻchiring va foydalanuvchini blok qiling. Agar ehtiyotsizlik sabab fayllarni ochganda axborot-texnologiya mutaxassislariga murojaat qiling!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahallada uyini hali ham kadastr qildirmaganlar uchun muhim yangilik.

Yerni oʻzboshimchalik bilan qurib olganlar endi uni qonuniylashtirishlari mumkin.

🤍2024-yil 5-avgustda qabul qilingan yangi qonun (OʻRQ-937) asosida, hujjatsiz yer yoki uyni rasmiylashtirish imkoni yaratildi.

Bir martalik toʻlov miqdori:
▪️ Toshkent shahrida — 5 BHM ;
▪️ Nukus va viloyat markazlarida — 3 BHM ;
▪️ Boshqa shaharlarda — 2 BHM;
▪️ Qishloq hududlarida — 1 BHM;
▪️ Boshqa hollarda — auksion narxi asosida.
(2025-yil 1-avgustdan 1 BHM 412 000 so'm)

Quyidagilar imtiyozga ega:
1 va 2 guruh nogironlari toʻlovdan ozod etiladi;
Ilgari yer uchun toʻlov qilganlar — qayta toʻlamaydi;
Ijtimoiy himoya reyestridagilar — 50% chegirma beriladi.

❗️➡️Eslatma: 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga tatbiq etiladi.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashiga xabar bering.

Murojaat uchun telefon raqamlar: (62)223-04-53, (97)516-79-39


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧐Advokatning oʻzi advokat himoyasiga muhtoj

🔣 Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik hayʼati advokati ichki ishlar idoralari tomonidan qoʻzgʻatilib, hozirda jinoyat ishlari boʻyicha mazkur tuman sudida koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 60 ming AQSH dollari talab qiladi.

⚡️DXX va Prokuratura xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda advokat soʻralgan pul mablagʻidan 50 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓 2025 йил 1 майдан эътиборан жисмоний шахслар томонидан шахсий эҳтиёжи учун нотижорат мақсадларида республикага олиб кириладиган товарларнинг божсиз олиб кириш нормалари белгиланган эди. Жумладан,

✈️ ҳаво транспортида — 1000 АҚШ доллари,
🚅темир йўл ва дарё транспортида — 500 АҚШ доллари,
🚙автомобиль ва пиёда ўтказиш пунктлари орқали — 300 АҚШ долларигача қийматдаги товарларни шахсий эҳтиёж учун божсиз олиб кириш мумкин.

🔘темир йўл ва дарё транспортида ҳамда автомобиль ўтказиш пунктлари орқали нотижорат мақсадларида товарларни олиб кираётган шахс хорижий давлатда икки календарь кундан,

🔘ҳаво транспортида уч календарь кундан кам муддат бўлганда, божсиз олиб кириш нормалари қўлланилмайди!

✔️Бунда ушбу товарларга божсиз олиб кириш нормасидан ортиқ деб қаралади ҳамда товарнинг тўлиқ қийматидан ягона божхона тўлови ундирилади.

✔️Ушбу қоидалар 2025 йил 20 июлдан кучга киради.

https://t.iss.one/hudud_inform
Oqila ayollar” harakati a’zolarining MUROJAATNOMASI
https://gov.uz/oz/wcu/news/view/65828
__________
Оқила аёллар” ҳаракати аъзоларининг МУРОЖААТНОМАСИ
https://gov.uz/uz/wcu/news/view/65828

#Toshkent

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
Hurmatli kitobxonlar!

Sizlarni 18-iyul kuni soat 10:00 da Urganch shahridagi “Ustoz” nomli kutubxonaning ochilish marosimiga taklif etamiz.

Manzil: Urganch shahar, Hamid Olimjon ko'chasi.

Mo'ljal: Urganch Davlat universiteti yonida.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴Qirgʻizistondan 5,2 mlrd soʻmlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

❗️Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon va Fargʻona viloyatlari boʻyicha boshqarmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qirgʻiz Respublikasidan “Vodil avto” chegara bojxona posti orqali Fargʻona viloyati hududiga oʻtgan vaqtida Andijon shahrida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro toʻxtatilib, oʻrnatilgan tartibda tekshirildi.

⚡️Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari ostiga yashirgan holda, jami 859 dona zargarlik buyumlari va 1 dona qoʻl soatini qoʻshni davlatdan olib kelganligi aniqlandi.

🖥Ekspertlar xulosasiga koʻra, kimyoviy tarkibi oltin hisoblangan, brilliant toshlari bilan bezak berilgan mazkur zargarlik buyumlarining sof ogʻirligi 4 kg. 155 gr. boʻlib, umumiy bahosi 5 mlrd 213 mln soʻmni tashkil etadi.

🔎Aniqlanishicha, Andijon va Fargʻona viloyatlarida yashovchi 10 nafarga yaqin savdogarlar tomonidan Turkiya davlatidan Qirgʻiz Respublikasiga olib kelingan ushbu zargarlik buyumlarini mazkur shaxs 400 AQSH dollari xizmat haqi evaziga chegara bojxona postidan oʻtkazib berishi kerak boʻlgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida ushbu qimmatbaho buyumlar egalarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“USTOZ” KUTUBXONA MAJMUASI

Urganch shahrida yana bir xususiy kutubxona majmuasi ochildi. Zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan “Ustoz” nomli xususiy kutubxona majmuasi oʻz ishini boshladi.

Yuz mingga yaqin kitob fondiga ega majmuada kitobxonlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Oʻquvchilar bir vaqtning oʻzida adabiyotlarni shu joyning oʻzida mutolaa qilishlari, oʻqish uchun uyga olib ketishlari yoki sotib olishlari mumkin.

Shuningdek, bu yerda issiq choy, kofe, tabiiy sharbatlar savdosi ham yoʻlga qoʻyilgan.

➡️Batafsil

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Namangan shahrida xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida “Islom Davlati Xuroson Viloyati” xalqaro terroristik tashkilotining yashirin “jamoati” fosh etildi.

Guruhning 16 nafar aʼzolarining yashash manzillari koʻzdan kechirilib, 37 ta uyali aloqa vositalari, 51 dona nashriyoti koʻrsatilmagan diniy adabiyotlar, 40 ta DVD disk, 4 ta flesh-karta hamda Notebook va planshet ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro tomonidan tashkil etilgan “jamoat” yigʻilishlarida xalqaro terroristik tashkilotlar gʻoyaviy rahnamolarining “jihod” va “shahidlik”ka chorlovchi daʼvatlari faol targʻib qilingan.

Qolaversa, jamoat yetakchisi “Telegram” messenjerida jami 120 nafardan ortiq aʼzosi boʻlgan virtual kanal va guruhlar tashkil qilib, ularda “Islom Davlati” terroristik tashkiloti atributlari, ekstremistik materiallar hamda “jihodiy” mazmundagi audio-video fayllarni tarqatgan hamda jamoat aʼzolari bilan oʻzaro muhokamalar qilgan.

Shuningdek, mazkur virtual kanallarda yoshlarni “shariat hukmi” asosida “jihodiy” ruhda ulgʻaytirish va mamlakatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-diniy islohotlarga qarshi norozi kayfiyatda tarbiyalash orqali “Islomiy davlat” asoslarini omma orasida targʻib qilishga qaratilgan “post”lar va diniy daʼvatlar joylashtirib kelingan.

Taʼkidlash lozimki, jamoat yetakchisi 2022-yilda Turkiyaning Istambul shahrida tashkil qilingan “hujra”da diniy saboq olishi natijasida uning qarashlarida keskin oʻzgarishlar sodir boʻlgan. Bundan xabar topgan otasi qizining notoʻgʻri yoʻlda ekanligi boʻyicha nasihat qilganida, u oʻz padari buzrukvorini “kofir”ga chiqargan.

Shuningdek, guruh aʼzolaridan biri Namangan shahrida joylashgan xususiy universitet taʼsischisi hisoblanadi.

⚖️Hozirda guruh tashkilotchisi va 3 nafar faol aʼzosiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Guruhning qolgan aʼzolariga nisbatan ham surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM