АОКА | Namangan | Rasmiy kanal
790 subscribers
14K photos
3.33K videos
25 files
6.52K links
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Namangan viloyati boshqarmasi rasmiy kanali.

www.namaokb.uz
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi

“Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi (690-son, 17.11.2021-y.).

🔰 Eski haydovchilik guvohnomalari va transportni roʻyxatdan oʻtkazganlikka oid guvohnomalar quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

● 2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
● 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
● 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;
● 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.

Ilgari 2021-yil 31-dekabrgacha almashtirish majburiy edi.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

©huquqiyaxborot

Obuna bo'ling👉https://t.iss.one/joinchat/fzFE9WHCYoVlNDli
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Profilaktika inspektorlari yurisprudensiya yoʻnalishi mavjud davlat OTMga oʻqishga imtihonlarsiz qabul qilinishi mumkin

“Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yoʻnalishdagi bilimlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–23-son, 30.11.2021-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari quyidagi OTMga kirish imtihonlarisiz sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilinadi:

🔸 Jamoat xavfsizligi universitetiga;
🔸 Toshkent davlat yuridik universitetiga;
🔸 yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat OTMga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bundan mustasno).

➡️ Bunda profilaktika (katta) inspektorlariga oʻqishga tavsiyanomalar berish uchun komissiya tashkil etilib, nomzodlar test imtihonlaridan oʻtkaziladi.

☑️ Tavsiyanomalar OTM oʻrtasida teng taqsimlanadi.

📋 Oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablagʻlari respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.

Tavsiyanomaga ega profilaktika (katta) inspektorlari OTMning sirtqi taʼlim shakliga qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilinadi.

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-maygacha 100 nafar profilaktika (katta) inspektorlariga tavsiyanoma berilishi nazarda tutilgan.

📌 Tavsiyanoma asosida OTMda sirtqi taʼlim shaklida oʻqigan bitiruvchilarga ichki ishlar organlarida kamida 5 yil xizmat oʻtab berish majburiyati yuklatiladi.

Obuna bo'ling👉https://t.iss.one/joinchat/fzFE9WHCYoVlNDli
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Avtomototransport sotib olish bo'yicha shartnomalarni boshqa shaxslarga sotish oldi olinadi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Sud hujjatlarini ijro etishga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi


➡️ Batafsil o'qish

Obuna bo'ling👉https://telegram.me/joinchat/fzFE9WHCYoVlNDli‌‌
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O'simliklar karantini va himoyasi organlari ma'muriy huquqbuzarlikka doir ishlarni ko'rib chiqadi

Batafsil infografikada👆

Obuna bo'ling👉 @aokanamangan