AGMK - OKMK | Rasmiy kanal
26.5K subscribers
20.3K photos
1.47K videos
251 files
16.8K links
«Olmaliq KMK» AJ
O'zbekiston, Toshkent vil., Olmaliq sh. A.Temur, 53 uy.
E-mail: [email protected]
веб-сайт: www.agmk.uz
www.facebook.com/agmkofficial
https://t.iss.one/ao_agmk
https://www.instagram.com/agmkofficial
Ishonch telefoni: 70 61 9 23 33
@agmk_bot
Download Telegram
#tanlov
#yoshlar_kuni

🔰30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan Avtomobil transporti boshqarmasi yosh bilimdonlari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

🔹Ushbu bilimlar bellashuvida 8 jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoaga bir nafardan ustoz darajasidagi ishchi- xodimlar, undan tashqari muhandis texnik xodimlardan tashkil topgan terma jamoa ham jalb etildi.

O'yin natijalariga ko'ra:
3️⃣-o'rinni 1-avtokorxonaning 3-sonli avtokolonnasi egalladi.

2️⃣-o'rin esa Angren shahridan tashrif buyurgan 2-avtokorxona bilimdonlariga nasib etdi.

1️⃣-o'ringa Avtomobil transporti boshqarmasi bilimdonlari loyiq topildi.

❇️Bellashuv yakunida boshqarma boshlig'i Aziz Saidqodirov barchani "Yoshlar kuni" bilan qutlab, bunday intellektual bahslar ishlab chiqarish jarayoniga o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazishini ta'kidlab o'tdi.

💰G'oliblar kasaba uyushmasi tomonidan pul mukofotlari va maxsus diplomlar bilan taqdirlandilar.

Jasur Tog‘aev,
ATB yoshlar ittifoqi raisi

agmk.uz | YouTube | Facebook | Telegram
Ҳурматли 📣каналимиз📣 кузатувчилари бугун ИЮНЬ ойининг энг эхши 5 та оромгоҳини эълон қилдик, булар:

"ZOMIN" оромгоҳи

"ANOR" оромгоҳи

"YOSH ALANGACHI" оромгоҳи

"ISTIQLOL" оромгоҳи

"OFTOBJON" оромгоҳи

🗓29 июнь куни, соат 14:30 дан 21:00 га қадар овоз бериш жараёнлари давом этади. Барча оромгоҳларга омад ва зафарлар тилаймиз!

#TANLOV_ISHTIROKCHISI - белгиси мавжуд видеороликларга қолдирилган реакция 👍 👎 👏 🥰 ❤️ 🔥 😁 🤩🤔 😱 😢 🎉ва изоҳлар орқали ғолиблар аниқланади!!!

☝🏻Бу даражага етиб келишни ўзи бўлмади. Меҳнат ва болалар қувончи учун қилинган ҳаракатнинг натижаси бу!

P/S: Айнан сизнинг овозингиз ҳал қилувчи бўлиши мумкин!
Биздан узоқлашманг
...

Овоз бериш тартиби "Истиқлол" оромгоҳи устига босилади ва "Истиқлол" оромгоҳи видеоролиги тагига 👍 лайк белгиси босилади.

agmk.uz | YouTube | Facebook | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

👉 Tanlovlarga marhamat!

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, Axborot xizmati va Yoshlar ittifoqi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “OLAMNI MAHLIYO AYLAGAN DIYOR!” shiori ostida
tanlov eʼlon qilinadi.

“Olmaliq KMK” AJ hamda Olmaliq shahri yoshlari oʻrtasida davlat ramzlariga hurmat ruhini shakllantirish, vatanparvarlikni ulugʻlashga bagʻishlangan
✍️“Eng yaxshi sheʼr”,
✍️“Eng yaxshi hikoya” va
✍️“Eng yaxshi maqola” tanlovlari oʻtkaziladi.
📹Shuningdek, “DAVLAT GERBI – IFTIXOR RAMZI” mavzusida videoroliklar tanlovi ham tashkil etiladi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar oʻz ijodiy ishlarini telegram messenjeri orqali
📞+998 93 182 24 83
raqamiga 4 iyulga qadar yuborishlari soʻraladi.

agmk.uz | YouTube | Facebook | Telegram
#tanlov
🔰2022 yil 29-30iyun kunlari 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan 2-Mis boyitish fabrikasida "Eng yaxshi konveyer mashinisti" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

❇️Ko‘rik tanlovda ishchi-xodimlarning nazariy va amaliy bilim darajalari sinovdan o`tkazildi.

🥉Ko‘rik tanlovda fahrli 3-o‘rinni Abbos Djanikulov egalladi.

🥈2-o‘ringa Husniddin Erkinov loyiq ko`rildi.

🥇🏆Oliy 1-o'rnni Javohir Habibullayev egallab, "Eng yaxshi konveyer mashinisti" deya e`tirof etildi.

💰Ko'rik-tanlov g'oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Faxriddin Qodiraliyev,
2-Mis boyitish fabrikasi Yoshlar ittifoqi raisi

agmk.uz | YouTube | Facebook | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

👉 Tanlovlarga marhamat!

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, Axborot xizmati va Yoshlar ittifoqi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “OLAMNI MAHLIYO AYLAGAN DIYOR!” shiori ostida
tanlov eʼlon qilinadi.

“Olmaliq KMK” AJ hamda Olmaliq shahri yoshlari oʻrtasida davlat ramzlariga hurmat ruhini shakllantirish, vatanparvarlikni ulugʻlashga bagʻishlangan
✍️“Eng yaxshi sheʼr”,
✍️“Eng yaxshi hikoya” va
✍️“Eng yaxshi maqola” tanlovlari oʻtkaziladi.
📹Shuningdek, “DAVLAT GERBI – IFTIXOR RAMZI” mavzusida videoroliklar tanlovi ham tashkil etiladi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar oʻz ijodiy ishlarini telegram messenjeri orqali
📞+998 93 182 24 83
raqamiga 4 iyulga qadar yuborishlari soʻraladi.

agmk.uz | YouTube | Facebook | Telegram
​​#Tanlov

👉 Tanlov natijalari ma’lum bo’ldi

🔰29 iyundan 5 iyulga qadar “Olmaliq KMK” AJ hamda Olmaliq shahri yoshlari oʻrtasida davlat ramzlariga nisbatan hurmat ruhini shakllantirish, ularda vatanparvarlik hislarini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “OLAMNI MAHLIYO AYLAGAN DIYOR!” shiori ostida qator tadbirlar o’tkazildi.
Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, Axborot xizmati va Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda ✍️“Eng yaxshi sheʼr” nominatsiyasi bo’yicha OKMK IOBga qarashli 18-MTT tarbiyachisi Gulrux Arislanova g’olib bo’ldi. ✍️“Eng yaxshi hikoya” nominatsiyasi bo’yicha 17-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot o’qituvchisi Matluba Karshibayeva e’tirof etildi.
✍️“Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo’yicha “Olmaliq KMK” AJ IA хodimlar bilan ishlash хizmati EHM katta operatori Jonibek Alijonov g’olib bo‘ldi.
🎥 Shuningdek, “DAVLAT GERBI – IFTIXOR RAMZI” mavzusida tashkil etilgan videoroliklar tanlovida MTMZ ishchisi Bunyod Xudoyberdiyev g’oliblikni qo’lga kiritdi.
🎉 Barcha sovrindorlarga qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
#tanlov

🛡Idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlash xizmatining ayol xodimlari o’rtasida "Eng yaxshi nazoratchi" tanlovi o'tkazildi.
Unda 12 nafar nazoratchilar g'oliblik uchun o'zaro bahs olib borishdi.

🥉Shiddatli va keskin kurashlaga boy bo'lgan ko'rik-tanlovda 3-o'rinni 2-komanda 4-guruh nazoratchisi Sh. Mavlyanova egalladi.
🥈 2-o'rin esa 2-komanda 2-guruh nazoratchisi H. Ospanovaga nasib etdi.
🥇 Ko'rik-tanlov g'olibligini esa 2-komanda 1-guruh nazoratchisi S. Abdurasulova qo'lga kiritdi.

🛍 Ko'rik-tanlov g'oliblari OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

S. Raximov, yoshlar ittifoqi raisi,
Sh. Davranov, sport yo'riqchisi

agmk.uz | YouTube | Facebook | Telegram
#Mustaqillikning_31_yilligiga
#Tanlov

“Eng yaxshi yosh iqtisodchi-2022”

Yosh iqtisodchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, kasbga bo‘lgan qiziqishini va uning nufuzini yanada oshirish, shaxsiy intilishini qo‘llab-quvvatlash, intelektual rivojlanishi rag‘batlantirish hamda kombinat kadrlar zahirasi uchun yetuk va istiqbolli mutaxassislarni saralab olish maqsadida kombinat tarkibiy bo‘linmalari yoshlari o‘rtasida “Eng yaxshi yosh iqtisodchi-2022” kasb-mahorat tanlovi o‘tkazildi.
➡️BATAFSIL⬅️

agmk.uz | YouTube | Facebook | Telegram
#Mustaqillikning_31_yilligiga
#tanlov

“Kitob tafakkur qanoti”

Joriy yilning 24 avgust kuni “Metallurg” madaniyat saroyida kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida “Kitob tafakkur qanoti” nomli ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
➡️BATAFSIL⬅️

agmk.uz | YouTube | Facebook | Telegram
#Tanlov

🇺🇿 Istiqlol ayyomi arafasida "Olmaliq KMK” AJ tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat yuritayotgan ishchi - xodimlar oʻrtasida Kasaba uyushmasi Kengashi, Yoshlar ittifoqi hamda Axborot xizmati hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida oʻtkazilgan ijodiy loyihalar tanlovi gʻoliblari aniqlandi.

✍️ “Eng yaxshi sheʼriy asar” nominasiyasi boʻyicha “Olmaliq KMK” AJ Kovuldi koni
MM va XT boʻyicha kon muhandisi -
Abdujalilov Sarvar Abduxotovich;
🎉«Eng yaxshi jamoaviy bayram tabrigi» (fleshmob usulida) nominatsiyasida “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obʼektlar boshqarmasi;
🖼«Eng yaxshi chizilgan rasm» nominatsiyasida “Olmaliq KMK” AJ STTB ishchisi Suyarova Xolida Abdusattor qizining ijodiy ishlari ragʻbatga loyiq deb topildi.

🏆 Tanlov gʻoliblari - 31 avgust kuni OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

agmk.uz | YouTube | Facebook | Telegram
#tanlov

♻️14-yanvar - Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan Avtomobil transporti boshqarmasi yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmasi qo'mitasi tashabbusi bilan kolonna boshliqlari o'rtasida kasb mahorati tanlovi o'tkazildi.

🔹Ishtirokchilar shablon yechish, soha bo’yicha nazariy savol-javob, DARTS kabi shartlar bo‘yicha shartlarni bajarishdi.

Yakunda 3-o'rinni 1-sonli avtokorxona kolonna boshlig‘i Rustam Davlatov egalladi. 2-o'rin esa 2-sonli avtokorxona kolonna boshlig‘i Abror Madiyarovga nasib etdi. 🏆G'oliblikni 1-sonli avtokorxona kolonna boshlig‘i Otabek Abdusamadov qo'lga kiritdi.

🎁G'oliblar kasaba uyushmasi tomonidan taqdim etilgan sov'alar hamda maxsus diplom bilan taqdirlanishdi.

Jasur Tagayev,
ATB yoshlar ittifoqi raisi

Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|Instagram|Twitter
#tanlov

🔰Joriy yilning 27-iyul kuni Texnologik transport boshqarmasi BelAZ avtosamosvali haydovchilari ishchi-xodimlari o'rtasida "Mohir haydovchi" kasb mahorati tanlovi o'tkazildi.

🔹Ishtirokchilar dastlab o’z kasblariga doir savolarga javob berishdi. Ikkinchi shartda esa ichtirokchilar avtosimulyator yordamida har qanday sharoitda samosvalni haydashni ko’rsatib berishdi.

✳️Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o'rinni 2-transport sexi haydovchisi Doston Bo‘riboyev egalladi. 2-o'rin 1-hamda 2-transport sexlarining haydovchilari Abdumutal Alponov va Furqat Turdaliyevga nasib etdi. 3-o'ringa Ravshan Xamrayev( 4-transport sexi haydovchisi) va Xurshid Akromov(1-transport sexi haydovchisi)lar loyiq ko‘rildi.

🎁G'oliblar kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Odil Pirmatov,
TTB kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi

Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|Instagram|Twitter
#tanlov
#kasaba_uyushmalari_kuni

11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlab Mis boyitish fabrikasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan fabrika sexlaridagi jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelayotgan mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh vakillar o‘rtasida "Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh vakil" kasb-mahorat tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov nizomiga ko‘ra ishtirokchilarning yil davomidagi faolligi va faoliyatlari davomida taqdim etgan yozma ko‘rsatmalari baholandi. Baholash mezoniga ko‘ra, yozma ko‘rsatmalarning soni, undagi aniqlangan kamchiliklar, ularning saviyasi va belgilangan muddatlarda bajarilganligiga e'tibor qaratildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, 6 nafar bosh vakillar faoliyatlari e'tirof etilib, turli nominatsiyalarga ko‘ra, g‘olib deb topildi.
G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Tursunali Qarshibayev,
MBF Kasaba uyushmasi qo‘mitasi Mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyasi raisi


Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|Instagram|Twitter
#Tanlov

📌"Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 32-yilligi munosabati bilan "Muqaddasdir vatan bayrog'i" shiori ostida videolavhalar tanlovini e'lon qiladi.

Bunda siz ijodkorlik mahoratingiz, fantaziyanigizni ishga solgan holda noodatiy  videolavha tayyorlashingiz va @jurnalist_81  ga yoki o'z korxonangizdagi yoshlar ittifoqi raisiga joriy yilning 17-noyabr kuniga qadar yuborishingiz talab etiladi.

🎁 Tanlovda g'olib bo'lgan ishtirokchilar "Olmaliq KMK" AJ tomonidan maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
————
#Конкурс

📌По случаю 32-й годовщины принятия Государственного флага Республики Узбекистан Советом Союза Молодежи АО «Алмалыкский ГМК» объявляется конкурс видеороликов под девизом «Священный флаг Родины».

Для участия в конкурсе вам нужно снять креативное видео, используя свои творческие способности и фантазию, и отправить на телеграм-аккаунт @journalist_81 или председателю союза молодежи вашего предприятия до 17 ноября текущего года.

🎁Победители конкурса будут награждены дипломами и памятными подарками от АГМК.

Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|Instagram|Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

⚡️⚡️⚡️28 aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni bilim va intellektini oshirish hamda rag‘batlantirish maqsadida “Mehnat huquqi bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov test shaklida bo‘lib, MTTlarda faoliyat olib borayotgan ko‘plab yoshlar ishtirok etishdi.

🔰Ushbu tanlovda 🥇o‘rin 33-MTT tarbiyachisi Sarvinoz Amanbayevaga nasib etdi.

🥈- va 🥉- o‘rinlarni 2-MTT tarbiyachilari Aqida Adizova hamda Xumora Fozilovalar egallashdi.

🏆Gʻoliblar IOB kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.

Alisher Usmonov,
IOB Yoshlar ittifoqi raisi


Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|Instagram|Twitter
#tanlov

⚡️⚡️⚡️“Olmaliq KMK" AJ Oʻquv markazi eʼlon qiladi.

“Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Olmaliq KMK" AJ LMS” platformasidagi viktorinada faol ishtirok eting. 1-bosqich (50 ta test) 2024-yil 1-may kuni soat 15:00–16:30 gacha va qayta 2-may kuni soat 18:00–19:30 gacha, 2-bosqich suhbat asosida boʻlib oʻtadi. Go‘liblar “Olmaliq KMK” AJ tomonidan qimmatbaho 🎁🎁🎁sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|Instagram|Twitter