ANTIKORRUPSIYA
16.5K subscribers
18.3K photos
10.2K videos
160 files
17.6K links
Цензурага йўл қўйилмайди.
Оммавий ахборот воситаларининг фаолиятига тўсқинлик қилиш ёки аралашиш қонунга мувофиқ жавобгарликка сабаб бўлади.
Конституция 82 модда

Мурожаат учун
👇👇👇👇👇
@Antikorrmurojaat_bot

Тел +998979288787 +998901102227
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Чирчиқ шаҳридаги 42-уй атрофи — эътибордан четда қолган ҳудуд

Чирчиқ шаҳри 10-кичик ноҳиясида жойлашган 42-уй атрофидаги аҳвол — аҳоли учун оғриқли муаммога айланган. Кун сайин тўпланиб, кучайиб бораётган чиқиндилар нафақат эстетик жиҳатдан, балки санитария ва саломатлик нуқтаи назаридан ҳам жиддий хавф туғдирмоқда.

Ушбу муаммони бартараф этиш масаласида масъул ташкилот — Зангиота ободон МЧЖ Чирчиқ шаҳар филиали ўз вазифасини бажармаётгани аҳолининг ҳақли эътирозларига сабаб бўлмоқда. Айни пайтда чиқиндиларни олиб чиқиш учун зарур техникалар ажратилмаётгани оқибатида бу манзара ўзгаришсиз қолмоқда.

Фуқароларнинг мурожаатларига қарамай, мутасаддиларнинг бефарқлиги ушбу ҳудуд аҳолисини хавотирга солмоқда. Маҳаллий бошқарув идоралари ва тегишли ташкилотлардан бу муаммога ечим топиш, тозалик ва ободонликни таъминлашда амалий ҳаракатлар кутилмоқда.

Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Ҳукумат қарори билан Одил Қаландарович Абдураҳмонов Тошкент давлат транспорт университети ректори лавозимидан озод этилди.

Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Чирчиқ шаҳар ҳокими Муроджон Абдураҳимовга фуқаро мурожаати бефойдами?

Амалиётда кўринаётган ҳолатлар шундай деган фикр уйғотмоқда: оддий фуқароларнинг муаммолари билан амалий шуғулланиш, уларга ҳақиқий ёрдам бериш тобора мушкул ишга айланяпти.

"Ҳеч бир фуқаро муаммоси билан ёлғиз қолмаслиги керак" деган ғоя ва тушунчалар нима бўлди? Нега бу шиорлар фақат қоғозда қолиб, амалиётда акс этмаяпти?

Раҳбарлик — бу фақатгина имтиёз эмас, балки энг аввало масъулият, жонкуярлик ва одамларга хизмат қилишни талаб этувчи юксак вазифадир. Шу нуқтаи назардан қаралса, ҳар бир раҳбар, айниқса шаҳар ҳокими ўз шаҳридаги ҳар бир муаммони шахсий ишидек қабул қилиши керак эмасми?

Давлатимиз раҳбари томонидан олиб борилаётган ислоҳотлар, халқ манфаатларини энг устувор вазифа сифатида белгиланган сиёсат — буни қўллаб-қувватлаш, жойларда амалга ошириш энг аввало раҳбарларнинг бурчи бўлиши керак. Лекин афсуски, бу тушунчалар кўп ҳолларда сўзда қолиб кетмоқда.

Шу боисдан, Чирчиқ шаҳар ҳокими Муроджон Абдураҳимовнинг фаолияти ҳақида фуқароларда шубҳалар пайдо бўлмоқда. Мурожаатлар етарли даражада эътиборга олиняптими? Амалий натижалар борми?

Халқнинг дардига қулоқ тутиш, муаммоларни ечиш — раҳбарнинг биринчи вазифаси бўлиши керак. Бу вазифа бажарилмаса, унда раҳбарликнинг ўзи нимадан иборат?

Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
⚡️Сардор Умурзоқов селекторларда ҳам кўрина бошлади.

Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12💯1
O‘zbekiston hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati 90 kun etib belgilanmoqda‼️

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti bilan bog‘liq ruxsatnomalarni berish tartibini soddalashtirish, shuningdek iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish hamda favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararni baholash mexanizmlarini aniq belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.

Amaldagi “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi Qonunda tranzit ruxsatnomasini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan eʼtiboran 30 kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinishi, zarur hollarda esa mazkur muddat uzaytirilishi mumkinligi belgilangan.

Shu munosabat bilan muhokama qilingan Qonun bilan “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi Qonunga tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati ko‘pi bilan 90 kun etib belgilanmoqda.
Shuningdek, amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida tranzit ruxsatnomasini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan eʼtiboran yigirma kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinishi nazarda tutilmoqda, mazkur muddatni uzaytirishga asos bo‘luvchi holatlar hamda uzaytirish mumkin bo‘lgan muddat chegarasi aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, Qonun bilan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunga ham tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti hajmini oshirishga, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uzluksiz 90 kun va undan ortiq muddat davomida chet elda bo‘lib qaytgan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan shaxslarni majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish belgilanmoqda‼️

Senatning 9-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

O‘zbekistonga ham ko‘plab chet el fuqarolari tijorat, mehnat qilish maqsadlarida kirib kelmoqda. Ushbu toifadagi shaxslarning ayrimlari orasida ixtiyoriy o‘tkazilgan tekshiruv natijalari ularda inson uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar mavjudligini ko‘rsatgan.

Xususan, 2024-yilda uzoq muddat chet elda bo‘lib qaytgan 1,7 mln fuqaroning faqat 434 mingi yoki 25 foizi ixtiyoriy ravishda OIV/OITSga tekshirilgan. Ularning 1 512 nafarida bunday kasallik aniqlangan.

Shuningdek, 2024-yilda 12,7 mingdan ortiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ixtiyoriy ravishda OIV/OITSga tekshirilgan hamda ularning 81 nafari bunday kasallikka chalingani aniqlangan.

Inson uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar ixtiyoriy tekshiruvdan o‘tkazilgan migrantlar orasida aniqlangan, tekshiruvdan o‘tmagan migrantlarning qanchasida yuqumli kasalliklar borligi nomaʼlum. Shu jihatdan ushbu Qonun dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Qonun bilan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, uzluksiz 90 kun va undan ortiq muddat davomida chet elda bo‘lib qaytgan o‘n sakkiz yoshdan oltmish yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish belgilanmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar majburiy tibbiy tekshiruvdan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari esa o‘z mablag‘lari, ish beruvchining yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, OIV/OITS va sil kasalligi aniqlanishi O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berishni rad etish uchun asos bo‘lishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni borayotgan davlatining tegishli qonunchiligi, ushbu davlatda bo‘lish qoidalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish majburiyati xususiy bandlik agentliklariga beriladigan litsenziya shartlaridan biri etib belgilanmoqda.

Senatorlar tomonidan ushbu Qonun inson uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga, aholi salomatligini muhofaza qilishga, mehnat migratsiyasi jarayonida ijtimoiy xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha taʼsirchan huquqiy mexanizmlarni shakllantirishga xizmat qilishi taʼkidlab o‘tildi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash miqdorini kamaytiradigan qonun tasdiqlandi‼️

Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, mazkur Qonun mehnat migratsiyasi sohasidagi xizmat ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligini taʼminlaydi, xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga soladi, ularning masʼuliyatini kuchaytiradi hamda ish beruvchilar va xodimlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Qonun bilan xususiy bandlik agentliklarining huquqlari va majburiyatlarini kengaytirish, ish vaqtidan tashqari ishlashning davomiyligini belgilash hamda ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tizimini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

Qayd etilganidek, mazkur normalar mehnat migratsiyasi sohasida qonuniylikni taʼminlashga, migrantlarning huquqlarini kafolatlashga, noqonuniy faoliyatga chek qo‘yishga hamda sohaga xususiy sektorni jalb etishga qulay imkoniyat yaratadi.

Senatorlar tomonidan qayd etilganidek, Qonun xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilishga, migratsiya xizmatlarini raqamlashtirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish orqali xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirishga, fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini taʼminlashga, tashkilotlarda ish unumdorligini oshirishga va xodimlarning daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar tomonidan Qonun maʼqullandi.

Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Endi notariuslar ham mediatorlik qila oladi‼️

Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda respublikamizda huquqni himoya qilish, jismoniy hamda yuridik shaxslarning vaqt va mablag‘ini tejash, turli qog‘ozbozliklarning oldini olish, nizolarni taraflarning yarashuviga asosan tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan huquq institutlari, xususan, mediatsiya instituti, shuningdek hakamlik sudlari tomonidan nizolarni sudgacha hal qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi senatorlar tomonidan taʼkidlandi.

2019-yilda qabul qilingan “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada yangi bosqichni boshlab berganligi qayd etildi.

Biroq sudlarda ish hajmi yildan yilga ortmoqda, sudga qadar va yoki sud muhokamasining bosqichida mediativ kelishuvlar soni esa atigi 4,2 foizni tashkil qiladi, bu mediatsiyaning taʼsir doirasini kuchaytirish, sohaga ishonchni yanada oshirish zarurligidan darak beradi.

Mazkur Qonun ushbu masalalarning huquqiy yechimi sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, “Mediatsiya to‘g‘risida”gi, “Notariat to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Soliq hamda Oila kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunda notariusga “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan tartibda cheklanmagan mediator vazifasini bajarish huquqi berilishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonun yangi bob bilan to‘ldirilib, mediatsiya sohasidagi vakolatli davlat organi etib Adliya vazirligi belgilanmoqda. Unda Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida mediatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishi, mediatorlarning kasb etikasi qoidalarini, ularning kasbiy malakasini oshirish tartibini hamda mediatorlarni tayyorlash dasturlarini tasdiqlashi, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkinligi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik hujjatlarida mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar doirasi kengaytirilib, mediatorlarning noprofessional turi chiqarib tashlanmoqda va mediatorlarga oliy maʼlumotli bo‘lish talabi qo‘yilmoqda. Mediatorlarning har uch yilda malakasini oshirish zarurati, mediatorlarning malaka komissiyalari tashkil etilishi, mediativ kelishuvni majburiy ijro etishga oid qoidalar kiritilmoqda.

Senatorlar ushbu Qonunning qabul qilinishi nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarining amaliyotda samarali ishlashini taʼminlashga, mediatsiya sohasining huquqiy asoslarini mustahkamlash orqali sudlarda ish yuklamasini kamaytirishga, shuningdek, O‘zbekistoning biznes yuritish sohasidagi xalqaro reytingdagi darajasini va investitsion imijini xalqaro darajada yuksaltirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senatorlar muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini yanada oshirishga va tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan Qonunni muhokama qildilar‼️

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini yanada oshirishga hamda mahsulotlarni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Senat aʼzolari muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun taʼsir choralarini kuchaytirish, texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotni chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berish mexanizmlarini shakllantirish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yana-da takomillashtirish zarurati yuzaga kelayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini oshirishga hamda texnik reglamentlar va qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan standartlarga javob bermaydigan mahsulotni chaqirib olgan tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar o‘z chiqishlarida ushbu Qonun kelgusida muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini oshirishga va isteʼmolchilar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilishga xizmat qilishini taʼkidlab o‘tdi.
Shuningdek, yalpi majlis davomida Qonun qizg‘in muhokama qilinib, huquqiy hujjat tegishli talablarga javob bermaydigan mahsulotni chaqirib olgan yuridik shaxslarni moliyaviy sanksiyalardan ozod qilish orqali sifatsiz va xavfli mahsulotlar realizatsiyasi hamda isteʼmolini cheklashni ham taʼminlashi qayd etildi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari takomillashtirilmoqda‼️

Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Majlisda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizmni va maʼmuriy to‘siqlarni bartaraf etilayotgani, shu jumladan aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirilayotgani taʼkidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, senatorlar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talablari buzilganidan keyin huquqbuzar tomonidan jarima ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdoriga nisbatan imtiyoz qo‘llash amaliyotini joriy etish zarurati yuzaga kelayotganligiga alohida urg‘u berdi.
Xuddi shunday jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarni maxsus elektron tizim vositasida rasmiylashtirish, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan chet el yuridik shaxslari tomonidan amalga oshirish borasida ayrim ochiq qolgan masalalarni huquqiy jihatdan tartibga solish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Eksport nazorati to‘g‘risida”gi va “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Bojxona kodekslariga litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini soddalashtirishga, huquqbuzar tomonidan jarima ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda unga nisbatan imtiyozlar qo‘llanilishini, litsenziyalash tartib-taomillari davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Yalpi majlis davomida Qonun qizg‘in muhokama qilinib, uning kelgusida tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qulay shart-sharoitlar taʼminlashga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi yuzasidan fikrlar bildirildi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Чирчиқ шаҳар ҳокими ўринбосари алмашди

Чирчиқ шаҳар ҳокими ўринбосари — инвестициялар, саноат ва савдо бўлими бошлиғи Шорахмедов Шухрат Исроилович лавозимидан озод этилди.

Ёдингизда бўлса Шухрат Шорахмедов 2024 йилнинг ноябрь ойида 1 миллион АҚШ доллари миқдорида пора олаётган пайтда Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан қўлга олинган эди. Унга нисбатан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 210-моддаси 3-қисми “а” банди (йирик миқдорда пора олиш) билан жиноят иши қўзғатилган эди.

Шорахмедов Шухрат Исроиловичнинг ўрнига Раимжонов Шерзод Иззатуллоевич Чирчиқ шаҳар ҳокими ўринбосари — инвестициялар, саноат ва савдо бўлими бошлиғи лавозимига тайинланди.

Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
ЯНГИ ТАЙИНЛОВ

Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли Фармонига асосан адлия катта маслаҳатчиси Ҳатамов Жаҳонгир Жўраевич  Бош прокурор ўринбосари - Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти бошлиғи лавозимига тайинланди.

Ж.Ҳатамов тайинловга қадар Ўзбекистон Республикаси Бош прокурор ўринбосари лавозимида ишлаган.

Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
No comments

Каналимизга обуна бўлинг
👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/antikorruz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️Эндиликда 90 кун ва ундан ортиқ муддат давомида хорижда бўлиб қайтсангиз мажбурий равишда ОИВга тиббий текширувдан ўтишингиз керак😷Буни назарда тутувчи қонун бугун сенаторлар томонидан маъқулланди

Маълумот учун, ушбу текширувлар Ўзбекистон фуқаролари учун тўлиқ Давлат бюджети ҳисобидан амалга оширилиши белгиланяпти. Яъни сиз бунинг учун пул тўламайсиз.💵

П/с: 2024-йилда узоқ муддат чет элда бўлиб қайтган фуқароларимиздан 1 512 нафарида шундай касаллик аниқланган. Хориждаги яқинларингизни огоҳлантириб қўйинг, шундай бедаво вирусларни юқтириб олишдан эҳтиёт бўлишсин!

Obuna bo'ling
🦅https://t.iss.one/antikorruz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM