Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
7.45K subscribers
2.29K photos
308 videos
1.89K links
Download Telegram
#brifing
▫️Bugun AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida davlatimiz rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilgari surilgan muhim tashabbuslar asosida xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingdagi muhim qaydlar:

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston delegatsiyasining Qatar davlatiga tashrif doirasida Parlamentimizning 5 nafar vakili Parlament aʼzolarining korrupsiyaga qarshi global tashkiloti – GOPAC  aʼzoligiga qabul qilindi.

BMTning Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi – GRACE dasturini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha 2024-2027 yillarni mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi va ijroga qaratildi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#xalqaro_hamkorlik
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMTning Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi o‘rtasida Strategik hamkorlik bitimi imzolandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori va BMT Bosh Kotibi yordamchisi – Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi ijrochi direktori Aleksandr Zuyev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralar yakunida Agentlik  hamda Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi o‘rtasida Strategik hamkorlik bitimi imzolandi.

Bitim doirasida ikki idora o‘rtasida O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish salohiyatini BMT standartlari va talablariga muvofiq rivojlantirish, shu jumladan, aksilkorrupsiya siyosatiga oid hujjatlar, kasbiy tayyorgarlik, o‘zaro tajriba almashish yo‘nalishlarida amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓19-24-fevral kunlari)

O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

🔹Agentlik taqdimnomasiga asosan 2 mlrd 374 mln so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi.

Brifing:

▫️22-fevral

📌
AOKAda Prezident tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilgari surilgan tashabbuslar asosida xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida brifing o‘tkazildi.

Komplayens-nazorat:

▫️23-fevral

📌
“Uzbekistan Airports” AJ xodimlari uchun korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida tashkil etilgan seminar mashg‘ulotida Agentlik masʼul xodimi maʼruza bilan ishtirok etdi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️23-24-fevral

📌
Agentlik tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNH bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralar huzuridagi jamoatchilik kengashlarining rolini oshirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️21-fevral

📌Agentlik direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga xizmat safari boshlandi.

Tashrifning ilk kuni BMT Bosh Kotibi yordamchisi – Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi ijrochi direktori A.Zuyev bilan uchrashuv o'tkazilib, yakunda Agentlik hamda Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi o‘rtasida Strategik hamkorlik bitimi imzolandi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 71 ta (shundan 66 tasi jismoniy shaxslardan, 5 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 46 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#Davlat_dasturi
▫️Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlari jadal davom ettiriladi

“O‘zbekiston—2030" strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida quyidagi vazifalar belgilandi:

bojxona hududida qayta ishlash va (yoki) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimlariga tovarlarni joylashtirish uchun ruxsat berish jarayonlarini raqamlashtirish;

davlat xaridlari tizimida “yashil” xaridlar amaliyotini joriy etish;

davlat xaridlari sohasida raqobat muhitini kuchaytirish;

davlat xaridlari jarayonini raqamlashtirish;

fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini korrupsiyaga qarshi kurashishga faol jalb etish;

davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining samaradorligini oshirish.

🔹"Xalq xizmatidagi" davlat boshqaruvini tashkil etishda davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarini samarali vositaga aylantish belgilandi, bunda:

✔️jamoatchilik kengashlarining faoliyat samaradorligini baholash metodikasi ishlab chiqiladi va uning natijalari jamoatchlikka ochiq e'lon qilinadi;

✔️normat-huquqiy hujjat loyihalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi xulosasini olish tartibi yo‘lga qo‘yiladi;

✔️jamoatchilik kengashi a'zolarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlari ishlab chiqiladi;

✔️sog‘liqni saqlash, ta'lim, ekologiya va atrof-muhit, energetika sohalarida davlat siyosatini yurituvchi vazirliklar huzurida namunali jamoatchilik kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va uning tajribasi boshqa vazirlik va idoralarda qo‘llaniladi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#Davlat_dasturi
Shuningdek:

🔹Byudjet sohasiga oid huquqbuzarlik va moliyaviy xatoliklar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning (risk) umumlashgan Yagona tasnifini tasdiqlash va kelgusida bunday xatoliklarning oldini olish yuzasidan jamoat nazoratini o‘rnatish hamda ochiqlikni taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

xavf-xatarlar (risk) klassifikatorini ishlab chiqish;

xavf-xatarlar (risk)larni aniqlashda axborot tizimini yaratish;

aniqlangan huquqbuzarlik va moliyaviy xatoliklar to‘g‘risida OAVda yoritib borish;

kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan vazirlik va idoralarning ro‘yxatini eʼlon qilib borish;

byudjet mablag‘lari sarflanishi ustidan jamoat nazoratini o‘rnatish orqali huquqbuzarlik va moliyaviy xatoliklarning oldini olish.

🔹2024-yilda davlat nazoratining yangi mexanizmlarini joriy etish, sohada raqamlashtirishni yanada keng qo‘llash, shuningdek, yoqilg‘i-energetika sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazgan holda sohani “korrupsiyasiz soha”ga aylantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi ishlab chiqiladi va unda:

yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, bu borada davlat nazoratini kuchaytirish orqali qonun talablarini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini taʼminlash;

yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish, qayta ishlash (qazib olish), uzatish (tashish), saqlash, taqsimlash va isteʼmol qilish, ularni miqdor jihatidan saqlash jarayoniga “raqamli energonazorat” tizimini to‘liq joriy etish;

yoqilg‘i-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining, dasturlar hamda loyihalarda belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini taʼminlash, sohada huquqni qo‘llashning yagona amaliyotini shakllantirish;

yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan talablariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan kunlik nazorat o‘rnatish nazarda tutiladi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Turli qonunbuzilishi holatlari haqida xabar beruvchilarni himoya qilishning qanday xalqaro standartlari mavjud?

▫️Kelib tushgan xabarga qay tarzda samarali javob berish mumkin va bu nima uchun muhim?

Ayni paytda O‘zbekistonda xabar beruvchilarni himoya qilish bo‘yicha davlat xizmatchilari uchun tashkil etilgan treningda Yevropa Kengashining xalqaro eksperti Eshli Saveydj tomonidan shu kabi muhim masalalarda zarur ma'lumot va tavsiyalar berilmoqda. 

Trening Yevropa Kengashi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida “Markaziy Osiyo – qonun ustuvorligi: shaffoflikka ko‘maklashish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish (CA TAEC)” mintaqaviy loyihasi doirasida tashkil etildi.

CA TAEC loyihasi Yevropa Ittifoqi va Yevropa Kengashining qo‘shma tashabbusi bo‘lgan Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi dasturining bir qismi bo‘lib, hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#davlat_xaridlari
▫️1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan uchta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida quyidagi davlat buyurtmachilarining umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi:

Toshkent shahar 5-sonli yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasining 432,0 mln so‘mlik;

Chapqirg‘oq-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining 79,9 mln so‘mlik;

Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasining 533,2 mln so‘mlik.


Ushbu davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmachilarga Agentlikning taqdimnomalari kiritilib, Xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash bo‘yicha bayonnomalari bekor qilindi.

Shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda mutasaddilarga joylarda quyosh panellarini o‘rnatishda ko‘zbo‘yamachilik va “qo‘shib yozish” holatlarining oldini olish yuzasidan topshiriq berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓26-fevral—1-mart kunlari)


O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

🔹1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan uchta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Komplayens-nazorat:

▫️ 29-fevral

📌
Qurolli kuchlari Akademiyasida “Mudofaa vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminarida Agentlik xodimi maʼruza bilan ishtirok etdi.

▫️1-mart

📌 “El-yurt umidi” jamg‘armasining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha yetakchi mutaxassisi lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️26-28-fevral

📌Yevropa Kengashi tomonidan Agentlik hamkorligida “Markaziy Osiyo – qonun ustuvorligi: shaffoflikka ko‘maklashish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish (CA TAEC)” mintaqaviy loyihasi doirasida xabar beruvchilarni himoya qilish bo‘yicha davra suhbati va davlat xizmatchilari uchun seminar-trening o'tkazildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️22-27-fevral

📌Agentlik direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga xizmat safari tashkil etildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 72 ta (shundan 65 tasi jismoniy shaxslardan, 7 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 59 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mo'tabar onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni bugungi bahor va nafosat bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Bahoriy tabassum, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, hayotingiz doimo quvonchga to‘lishini tilaymiz, jonajon yurtimizda rivoj va hamjihatlikka beqiyos hissa qo‘shib kelayotganingiz uchun barchangizga chuqur hurmat-ehtirom hamda eng ezgu tilaklarni bildiramiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#diqqat_tanlov
"Uzbekistan Airports" AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens bo'limi boshlig'i lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qildi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari, malakaviy talablar va boshqa ma'lumotlar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Kompyuter sotib olishda mablag‘lar o‘zlashtirilgani aniqlandi

Agentlik sobiq Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi tomonidan 2021-2022-yillar mobaynida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida respublika budjeti hisobidan kompyuter va boshqa vositalar xarid qilinganligining maqsadliligi va qonuniyligini Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida xaridlarni amalga oshirishda shartnomada ko‘rsatilgan talablar to‘liq bajarilmaganligi aniqlandi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#jamoatchilik_muhokamasi
“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va korrupsiyaning oldini olishda taʼsirchan mexanizmlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qaror bilan quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasini tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda:

davlat boshqaruvi, davlat xizmati va davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olish;

korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional asoslarini takomillashtirish;

sud-huquq tizimida korrupsiyaning oldini olish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

korrupsiyaga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish.

Milliy strategiyani 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “YO‘L XARITASI” loyihasida har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Milliy strategiyani amalga oshirishdagi maqsadli ko‘rsatkichlar:

🔹Korrupsiyani qabul qilish (Transparency International) indeksida kamida 50 pog‘onaga, Huquq ustuvorligi (Rule of Law) indeksining "Korrupsiyaning mavjud emasligi" indikatorida kamida 15 pog‘onaga, Jahon bankining "Korrupsiyani tiyib turish" indeksida kamida 10 pog‘onaga ko‘tarilish;

🔹Mamlakatda "korrupsiya darajasi yuqori” deb hisoblovchi respondentlar ulushini 30 foizdan ortmasligiga erishish;  

🔹Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi reytingida davlat organlari va tashkilotlarining barchasi “yaxshi” yoki “qoniqarli” natija qayd etishini taʼminlash;

🔹Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi yuqori bo‘lgan funksiyalar ulushini 5 foizdan oshmasligini taʼminlash;

🔹Ochiqlik indeksida ochiqlik darajasi “yashil” bo‘lgan vazirlik va davlat idoralar ulishini  80 foizdan yuqori bo‘lishiga erishish;

🗓Jamoatchilik muhokamasi joriy yilning 27-mart sanasiga qadar davom etadi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#jamoatchilik_muhokamasi
▫️ Milliy strategiyani 2024-2025-yillarda amalga oshirishga oid “Yo‘l xaritasi” loyihasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha quyidagi muhim chora-tadbirlar belgilanmoqda:

🔹Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni ko‘rmagan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilash

🔹Har yili kamida 2 ta sohada korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, korrupsiyaga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan tadqiqot o‘tkazish

🔹Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya xavflarini ichki va tashqi tahlil qilish tizimini joriy etish

🔹Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish

🔹Davlat organlari va tashkilotlari hamda xususiy sektorda milliy halollik standarti (“public integrity”) institutini joriy qilish

🔹Davlat xizmatchilarining xorijda hisobraqamlar ochish va egalik qilish, naqd pul mablag‘larini saqlash, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka ega bo‘lishiga oid cheklov o‘rnatishning aniq tartibini ishlab chiqish

🔹Davlat xaridlari sohasida insofsiz ijrochilar reyestrini yuritish tizimini yanada takomillashtirish, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari ishtirokidagi nizolarni ko‘rib chiqish jarayonini huquqiy tartibga solishni sifat jihatidan yaxshilash

🔹Davlat xaridlari bo‘yicha  shartnomalarini g‘aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash

🔹Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish bilan bog‘liq jarayonlardagi korrupsiya xavf-xatarlarini minimallashtirish

🔹Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan tartib va  xizmat turlarini davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazish

🔹OAV vakillari uchun surishtiruv jurnalistikasi, tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslarini ishlab chiqish va tizimli yo'lga qo'yish.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#oʼrganish
▫️Namangan va Sirdaryo viloyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritildi

2023-yilda Namanganda mansabdorlik va korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan 213 ta, Sirdaryoda 324 ta jinoyat sodir etilgan.

Namanganda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq 371 ta holatda 85,5 mlrd so‘mlik, Sirdaryoda esa 201 ta holatda 44,8 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Namanganda hokimliklarning 9 nafar, qurilish sohasining 3 nafar, sog‘liqni saqlash sohasining 15 nafar mansabdor shaxsi, Sirdaryoda esa tuman hokimligining 1 nafar, qurilish sohasining 5 nafar, sog‘liqni saqlash sohasining 4 nafar mansabdor shaxsi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Hududlardagi tibbiyot muassasalarida bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lsa-da, xodimlar (Namanganda 49,6 foizi, Sirdaryoda 66,0 foizi) to‘liqsiz stavkada faoliyat olib bormoqda.

O‘tgan yilda To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida 33 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari ishga qabul qilingan bo‘lib, shundan 9 nafarining tanlov asosida ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi bayonnoma mavjud emas. Sirdaryo viloyatida esa 52 nafar shifokor, 158 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari tanlovsiz ishga qabul qilingan.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha Namangan va Sirdaryo viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi (viloyat hokimlari)ga yuqorida keltirilgan kamchiliklar hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt