Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
7.99K subscribers
2.72K photos
362 videos
2.11K links
Download Telegram
Akademik litseylarga kirish test jarayonlaridagi ochiqlik va shaffoflik o‘rganilmoqda

Ayni paytda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov poytaxtdagi akademik litseylarga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarini tashkil etishda korrupsiya holatlarining oldini olish, imtihonlarni ochiq va shaffof o‘tkazilayotganligini monitoring qilish maqsadida bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazmoqda.

O‘rganishda Davlat rahbarining PF-200-son Farmoniga asosan test jarayonlarining ochiqligini ta‘minlash maqsadida Internet tarmog‘ida jonli efirga uzatilishi holatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Binolar va sport maydonchalari kuzatuv kameralari bilan jihozlanganligi, ota-onalar va boshqa toifadagi kuzatuvchilar uchun monitorlar o‘rnatilganligi o‘rganilmoqda.

Imtihon jarayonlarini real vaqt rejimida sifatli efirga uzatilishini taʼminlashda aniqlangan ayrim kamchiliklar yoki texnik nosozliklarni masʼul xodimlar bilan tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida: 2025/2026-o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta‘lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan my.edu.uz portali orqali 49 mingdan ortiq ariza qabul qilingan.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasining ijrosi muhokama qilindi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasining ijrosi muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, loyiha doirasida “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” (HEMIS) joriy etilib, 35 turdagi maʼlumotlar raqamlashtirildi.

my.edu.uz va my.uzbmb.uz axborot tizimlari joriy etilishi natijasida abituriyentlarning vaqtini tejash, xarajatlarini qisqartirish hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlarning oldini olishga erishildi. Kirish imtihonlarning onlayn translyatsiyasi yo‘lga qo‘yildi.

Muhokamalarda shu kabi ijobiy ishlar bilan bir qatorda loyihani amalga oshirish bo‘yicha yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, oliy taʼlim muassasasida korrupsiyaga moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini shakllantirish va ushbu lavozimda ishlovchi shaxslarni har 3 yilda rotatsiya qilish tartibi ishlab chiqiladi.

Barcha taʼlim muassasalarida quyi va o‘rta bo‘g‘indagi bo‘sh lavozimlarga ochiq tanlov tizimi amaliyotga joriy etiladi hamda taʼlim muassasalarining “Oliy va professional taʼlim muassasalarida mavjud bo‘sh ish o'rinlari uchun onlayn hujjat topshirish” (vacancy.edu.uz) platformasidan foydalanilishi qatʼiy nazoratga olinadi.

Oliy taʼlim muassasalarining “komplayens-nazorat” tuzilmalari xodimlarini rektorlar bo‘ysunuvidan chiqarib, tog'ridan-tog'ri vazirlikka bo'ysunuvi yo'lga qo'yiladi.

Davlat xaridlari sohasida xarid ishtirokchilarini tekshirish va baholash samaradorligi oshiriladi.

Shu va boshqa masalalar yuzasidan masʼullar zimmasiga tegishli vazifalar yuklatildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
7,3 mlrd so‘mlik davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilishining oldi olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat buyurtmachilari tomonidan qariyb 7,3 mlrd so‘mlik 15 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Jumladan:

▫️“O‘zyo‘lko‘prik” klasterining Jizzax filiali buyurtmachiligidagi 1,1 mlrd so‘mlik;

▫️Energiya samaradorligi milliy agentligi buyurtmachiligidagi 467 mln so‘mlik;

▫️Kattaqo‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi buyurtmachiligidagi 300 mln so‘mlik;

▫️“Samarqand avtomobil zavodi” QK MCHJ buyurtmachiligidagi 271,3 mln so‘mlik;

▫️Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri buyurtmachiligidagi 175 mln so‘mlik;

▫️“So‘x tuman suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi buyurtmachiligidagi 121 mln so‘mlik davlat xaridlarida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning qator talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgan.

Shuningdek:

▫️Marg‘ilon shahar obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi jami 1,2 mlrd so‘mlik;

▫️G‘uzor tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 1,1 mlrd so‘mlik;

▫️Renessans sog‘lomlashtirish oromgohi buyurtmachiligidagi 881,3 mln so‘mlik;

▫️Andijon tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi (2 ta davlat xaridi bo‘yicha) jami 690 mln so‘mlik;

▫️Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti buyurtmachiligidagi 385,7 mln so‘mlik;

▫️Markaziy bankning Namangan viloyati bosh boshqarmasi buyurtmachiligidagi 364 mln so‘mlik;

▫️Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax viloyati filiali buyurtmachiligidagi 160 mln so‘mlik;

▫️"Uchqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish" UK buyurtmachiligidagi 51,4 mln so‘mlik davlat xaridlarida sohaga oid qonunchilik talablariga zid ravishda baholash jarayonida qonunbuzilishiga hamda ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklash holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Qayd etilgan holatlar yuzasidan Agentlikning taqdimnomalari asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi.


O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Agentlik xodimi:

Jasur Mirvoxidovich Fayziyev Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qaroriga muvofiq amalga oshirildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
"Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: ommaviy axborot vositalari, texnologiyalar, qonun ijodkorligida ishtirok etish va korrupsiyaning gender jihatlari" mavzusida e'lon qilingan grant tanlovning g'oliblari aniqlandi

G'olib bo'lgan loyiha tashabbuslarini amalga oshirish uchun jami 853 mln so‘m miqdorida grant mablag‘i ajratiladi.


Tanlovda ishtirok etish uchun 105 ta milliy nodavlat notijorat tashkiloti, ta’lim muassasalari va jamoat birlashmalaridan ariza kelib tushdi.

Baholash komissiyasi tomonidan ular orasidan eng yaxshi loyiha takliflariga ega bo‘lgan quyidagi tashkilotlar g'olib deb topildi:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi

▫️Uzbekistan creative association yuridik shaxslar birlashmasi

📍Toshkent shahri

▫️"Yosh ijodkorlar kengashi" nodavlat notijorat tashkiloti

📍Toshkent viloyati

▫️"Nihol" tashabbuslarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash markazi

▫️"Umid" respublika jamoat birlashmasi

📍Andijon viloyati

▫️O‘zbekiston nogironlar jamiyatining Izboskan tumani hududiy bo‘linmasi

📍Buxoro viloyati


▫️"Ilm hunar saodat" oila va jamiyatda ayollar mavqeini mustahkamlash markazi

▫️O‘zbekiston karlar jamiyati viloyat bo‘limi

📍Farg‘ona viloyati


▫️"Azim Tafakkur" NNT

📍Navoiy viloyati

▫️"Noila" ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy targ‘ibot va monitoring markazi

▫️"So‘g‘diyona" nodavlat notijorat tashkiloti Yoshlar va ayollar markazi

▫️"Qaqnus" yoshlar va ayollar markazi

📍 Samarqand viloyati

▫️O‘zbekiston ayollar assotsiatsiyasi

📍Qashqadaryo viloyati

▫️"Ijtimoiy himoya" jamiyati

Eslatib o'tamiz,
mazkur loyihalar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT TD bilan hamkorlikda va Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan “O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi doirasida moliyalashtiriladi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
O‘zbekiston MDH Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlatlararo Kengashga aʼzo bo‘ldi

Davlat rahbarining tegishli qaroriga asosan, O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga rasman qo‘shildi.

Qarorga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul organ sifatida belgilandi va Agentlik direktori Kengash aʼzosi etib tayinlandi.


Kengash MDH Davlat rahbarlari Kengashiga hisobot beradi va yig‘ilishlari yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi.

Kengashning ustuvor vazifalari:

- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maqsadli dasturlar va takliflar ishlab chiqish;

- aʼzo davlatlar o‘rtasida axborot almashishni yo‘lga qo‘yish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

- qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish orqali korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish.

Mamlakatimizning ushbu Kengashga aʼzo bo‘lishi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiyani yanada mustahkamlash, bu boradagi samaradorlikni oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Konimex tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi

Konimex tumanini zamonaviy yechimlar orqali korrupsiya va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha kompleks dastur ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlashga ko‘maklashish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi Ishchi guruh hududda olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

O‘rganishlarga ko‘ra, Dastur doirasida tumandagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlantirish tizimi to‘liq autsorsingga o‘tkazilib, autsorserlar tomonidan yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan talablarga javob berishi yuzasidan kunlik nazorat o‘rnatildi. 

Tumandagi mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari va banklar tomonidan ajratiladigan barcha kreditlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan axborot burchaklari tashkil etildi.   

Davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ochiqlik va hisobdorlik mexanizmlarini joriy etish maqsadida tumandagi NNTlar tomonidan turli sohalarda mustaqil o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Dastur ijrosi bo‘yicha tuman hokimi, prokuratura, ichki ishlar boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining hisobotini eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Ishchi guruh tomonidan Dasturda belgilangan shu va boshqa chora-tadbirlarning samaradorligi va taʼsirchanligini oshirish, har bir vazifa va maqsadlarni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi, ayrim kamchliklarni joyida hal etishga ko‘maklashildi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt