Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
7.45K subscribers
2.29K photos
307 videos
1.89K links
Download Telegram
#yoshlar_bilan_muloqot
▫️Agentlik direktori namanganlik yoshlar bilan uchrashdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar doirasida bugun Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskani”da Agentlik direktori A.Burxanovning namanganlik yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda A.Burxanov korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida ilg‘or g‘oya, yangi tashabbus va takliflar bilan faol ishtirok etish bo‘yicha yoshlarga o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Shuningdek, bu borada yoshlarning takliflari, fikr-mulohazalari bilan ham qiziqdi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓5— 9-fevral kunlari)


O‘rganishlar:

▫️7-9-fevral


📌Agentlik direktori boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holatini tahlil qilish maqsadida o‘rganishlar o'tkazildi.

O'rganishlar davomida:

🔹Sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiya holatlari va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish choralari joyiga chiqqan holda tahlil qilindi;

🔹Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishildi;

🔹Agentlik direktorining namanganlik yoshlar bilan muloqoti tashkil etildi.

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Davlat dasturi loyihasi muhokamasi:

▫️9-fevral

📌Agentlik xodimlari ishtirokida Davlat dasturi loyihasidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘rin olgan vazifalar muhokama qilindi.

Komplayens-nazorat:

▫️9-fevral

📌
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJning Komplayens xizmati yetakchi inspektori lavozimiga nomzodni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazildi.

▫️9-fevral

📌Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligida hokim yordamchilari ishtirokida o‘tkazilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida Agentlik masʼul xodimi ishtirok etdi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️6-fevral

📌Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tashkil etilgan "Besa Global" ijrochi direktori, “Korrupsiya, odil sudlov va qonuniylik” dasturi rahbari Shayen Sharbatke va “Mintaqaviy muloqot” XNNT vakillari bilan uchrashuvda Agentlik masʼul xodimi ishtirok etdi.

▫️9-fevral

📌 Agentlik, “Yuksalish” UH , “Mintaqaviy muloqot” XNT tomonidan amalga oshirilgan “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlarning jamoatchilik muhokamasi bo'lib o'tdi.

Xalqaro hamkorlik yo'nalishida:

▫️5-fevral

📌
Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva va AQSH Davlat  departamentining Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish ishlari byurosi rahbari N.Rettenmayer o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

▫️9-fevral

📌
Agentlik va Osiyo taraqqiyot banki vakillari o‘rtasida davlat xaridlari sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 62 ta (shundan 59 tasi jismoniy shaxslardan, 3 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 56 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti_
▫️Korrupsiyaga oid eng muhim xabarlar dayjesti

🇺🇿Mahalliy

▪️“Toshshahartransxizmat” rahbari mansab soxtakorligi va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarida gumonlanib, hibsga olindi


▪️Samarqandda Milliy Gvardiya xodimi va advokat pora bilan qo‘lga tushdi

▪️Mingbuloq tuman sudi raisi va NamDU doktoranti fuqarolardan pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi

▪️Kasbi tumanida sobiq hokim yordamchisi imtiyozli kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi

▪️“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘lim boshqaruvi bosh hisobchisi 499,8 mln so‘mni talon-toroj qilgan

▪️Xiva tumanida qurilish materiallarini qimmat narxlarda xarid qilish holati aniqlandi

▪️1,5 mingdan ziyod nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida davlat byudjeti o‘zlashtirilgan

▪️Karmana tumanida o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

▪️Uchta hududda AQShga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

🌐Xorijda

▪️Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini boshqargan O‘ljas Bektenov bosh vazir etib tasdiqlandi

▪️Mansabdor yig‘ilish vaqtida qo‘lga olindi

▪️Terma jamoaga sifatsiz formalarni qimmatga o‘tkazgan mansabdor ushlandi

▪️Nazarboyevning qamalgan jiyanidan davlat foydasiga 98 million dollar undirildi

▪️Xitoyda 28 million dollar pora olgan bank rahbari o‘limga hukm qilindi

▪️Nyu-York uy-joy boshqarmasining 70 nafar amaldagi va sobiq xodimi pora olish va tovlamachilikda ayblanmoqda

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Korrupsiya haqida xabar bering!

Bugungi kunda davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning har qanday holatlari haqida o‘z vaqtida va tezkor xabar berish imkonini beruvchi aloqa kanallari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ushbu havola orqali vazirlik va idoralarning ana shunday murojaatlarni qabul qilishga mo‘ljallangan (telegram bot, ishonch telefoni, elektron pochta kabi) aloqa manzillariga oid batafsil maʼlumotlar bilan tanishish mumkin.

📌Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Sovg‘alar reyestri 2023-yilning yakuni bo'yicha yangi maʼlumotlar bilan to‘ldirildi.

Reyestrdan o‘rin olgan qiymati BHMning 4 (to‘rt) baravaridan ortiq sovg‘alar Agentlik balansiga kirim qilingan.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓12-17-fevral kunlari)


O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Komplayens-nazorat:

▫️13-14-fevral

📌
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari masʼul xodimlari uchunE-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish tartibi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyotiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

▫️15-fevral


📌"Yuksalish" harakati vakillari bilan “Korrupsiyasiz soha ofisi” loyihasini amalga oshirish doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️15-fevral

📌Adliya vazirligida “Qonunchilik hujjatlarini va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi va amaliyoti” mavzusida o'tkazilgan o‘quv-seminarida Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva “Korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish ahamiyati” mavzusidagi maʼruza bilan ishtirok etdi.

▫️15-fevral

📌 Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga qarshi siyosat. Biznesda korrupsiyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilishni rag‘batlantirish” mavzusidagi seminarda Agentlik mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️16-17-fevral

📌K.Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi ko‘magida
Agentlik xodimlari uchun seminar tashkil etildi, shuningdek, Jamg‘arma hamda Agentlik hamkorligidagi loyihalar ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan ikki idora rahbariyatlari o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 76 ta (shundan 75 tasi jismoniy shaxslardan, 1 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 56 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy xizmat va yordamni mahalla darajasida manzilli, shaffof va adolatli tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Kam taʼminlangan oilalarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, tizimni shaffof qilish hisobiga doimiy daromadga ega oilalar ehtiyojmand toifasidan chiqarildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#davlat_xaridi
▫️2 mlrd 374 mln so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida quyidagi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarida qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi:

Xovos tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida yuk tashish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan 700,0 mln so‘mlik davlat xaridi;

Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligida autsorsing xizmati ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan 174,0 mln so‘mlik davlat xaridi ;

Toshkent viloyati ixtsoslashtirilgan somatika shifoxonasi buyurtmachiligida qurilish mahsulotlari xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 1,5 mlrd so‘mlik davlat xaridi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#brifing
▫️Bugun AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida davlatimiz rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilgari surilgan muhim tashabbuslar asosida xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingdagi muhim qaydlar:

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston delegatsiyasining Qatar davlatiga tashrif doirasida Parlamentimizning 5 nafar vakili Parlament aʼzolarining korrupsiyaga qarshi global tashkiloti – GOPAC  aʼzoligiga qabul qilindi.

BMTning Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi – GRACE dasturini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha 2024-2027 yillarni mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi va ijroga qaratildi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#xalqaro_hamkorlik
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMTning Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi o‘rtasida Strategik hamkorlik bitimi imzolandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori va BMT Bosh Kotibi yordamchisi – Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi ijrochi direktori Aleksandr Zuyev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralar yakunida Agentlik  hamda Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi o‘rtasida Strategik hamkorlik bitimi imzolandi.

Bitim doirasida ikki idora o‘rtasida O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish salohiyatini BMT standartlari va talablariga muvofiq rivojlantirish, shu jumladan, aksilkorrupsiya siyosatiga oid hujjatlar, kasbiy tayyorgarlik, o‘zaro tajriba almashish yo‘nalishlarida amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓19-24-fevral kunlari)

O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

🔹Agentlik taqdimnomasiga asosan 2 mlrd 374 mln so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi.

Brifing:

▫️22-fevral

📌
AOKAda Prezident tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilgari surilgan tashabbuslar asosida xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida brifing o‘tkazildi.

Komplayens-nazorat:

▫️23-fevral

📌
“Uzbekistan Airports” AJ xodimlari uchun korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida tashkil etilgan seminar mashg‘ulotida Agentlik masʼul xodimi maʼruza bilan ishtirok etdi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️23-24-fevral

📌
Agentlik tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNH bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralar huzuridagi jamoatchilik kengashlarining rolini oshirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️21-fevral

📌Agentlik direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga xizmat safari boshlandi.

Tashrifning ilk kuni BMT Bosh Kotibi yordamchisi – Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi ijrochi direktori A.Zuyev bilan uchrashuv o'tkazilib, yakunda Agentlik hamda Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi o‘rtasida Strategik hamkorlik bitimi imzolandi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 71 ta (shundan 66 tasi jismoniy shaxslardan, 5 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 46 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#Davlat_dasturi
▫️Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlari jadal davom ettiriladi

“O‘zbekiston—2030" strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida quyidagi vazifalar belgilandi:

bojxona hududida qayta ishlash va (yoki) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimlariga tovarlarni joylashtirish uchun ruxsat berish jarayonlarini raqamlashtirish;

davlat xaridlari tizimida “yashil” xaridlar amaliyotini joriy etish;

davlat xaridlari sohasida raqobat muhitini kuchaytirish;

davlat xaridlari jarayonini raqamlashtirish;

fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini korrupsiyaga qarshi kurashishga faol jalb etish;

davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining samaradorligini oshirish.

🔹"Xalq xizmatidagi" davlat boshqaruvini tashkil etishda davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarini samarali vositaga aylantish belgilandi, bunda:

✔️jamoatchilik kengashlarining faoliyat samaradorligini baholash metodikasi ishlab chiqiladi va uning natijalari jamoatchlikka ochiq e'lon qilinadi;

✔️normat-huquqiy hujjat loyihalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi xulosasini olish tartibi yo‘lga qo‘yiladi;

✔️jamoatchilik kengashi a'zolarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlari ishlab chiqiladi;

✔️sog‘liqni saqlash, ta'lim, ekologiya va atrof-muhit, energetika sohalarida davlat siyosatini yurituvchi vazirliklar huzurida namunali jamoatchilik kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va uning tajribasi boshqa vazirlik va idoralarda qo‘llaniladi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#Davlat_dasturi
Shuningdek:

🔹Byudjet sohasiga oid huquqbuzarlik va moliyaviy xatoliklar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning (risk) umumlashgan Yagona tasnifini tasdiqlash va kelgusida bunday xatoliklarning oldini olish yuzasidan jamoat nazoratini o‘rnatish hamda ochiqlikni taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

xavf-xatarlar (risk) klassifikatorini ishlab chiqish;

xavf-xatarlar (risk)larni aniqlashda axborot tizimini yaratish;

aniqlangan huquqbuzarlik va moliyaviy xatoliklar to‘g‘risida OAVda yoritib borish;

kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan vazirlik va idoralarning ro‘yxatini eʼlon qilib borish;

byudjet mablag‘lari sarflanishi ustidan jamoat nazoratini o‘rnatish orqali huquqbuzarlik va moliyaviy xatoliklarning oldini olish.

🔹2024-yilda davlat nazoratining yangi mexanizmlarini joriy etish, sohada raqamlashtirishni yanada keng qo‘llash, shuningdek, yoqilg‘i-energetika sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazgan holda sohani “korrupsiyasiz soha”ga aylantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi ishlab chiqiladi va unda:

yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, bu borada davlat nazoratini kuchaytirish orqali qonun talablarini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini taʼminlash;

yoqilg‘i-energiya resurslarini ishlab chiqarish, qayta ishlash (qazib olish), uzatish (tashish), saqlash, taqsimlash va isteʼmol qilish, ularni miqdor jihatidan saqlash jarayoniga “raqamli energonazorat” tizimini to‘liq joriy etish;

yoqilg‘i-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining, dasturlar hamda loyihalarda belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini taʼminlash, sohada huquqni qo‘llashning yagona amaliyotini shakllantirish;

yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan talablariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan kunlik nazorat o‘rnatish nazarda tutiladi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Turli qonunbuzilishi holatlari haqida xabar beruvchilarni himoya qilishning qanday xalqaro standartlari mavjud?

▫️Kelib tushgan xabarga qay tarzda samarali javob berish mumkin va bu nima uchun muhim?

Ayni paytda O‘zbekistonda xabar beruvchilarni himoya qilish bo‘yicha davlat xizmatchilari uchun tashkil etilgan treningda Yevropa Kengashining xalqaro eksperti Eshli Saveydj tomonidan shu kabi muhim masalalarda zarur ma'lumot va tavsiyalar berilmoqda. 

Trening Yevropa Kengashi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida “Markaziy Osiyo – qonun ustuvorligi: shaffoflikka ko‘maklashish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish (CA TAEC)” mintaqaviy loyihasi doirasida tashkil etildi.

CA TAEC loyihasi Yevropa Ittifoqi va Yevropa Kengashining qo‘shma tashabbusi bo‘lgan Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi dasturining bir qismi bo‘lib, hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt