Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
7.45K subscribers
2.29K photos
308 videos
1.89K links
Download Telegram
#qurilish_raqamlashtirish
▫️Qurilish sohasidagi raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov boshchiligidagi Agentlik mas’ul xodimlari va vazirlik xodimlari o‘rtasida ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yilda qurilish sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, qurilishni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish bo’yicha amalga oshirish lozim bo’lgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, xususan, aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashni kengaytirish yuzasidan berilgan topshiriqlar, shuningdek, bir qator Prezident farmon va qarorlarida xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishida ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik direktori A.Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh bugun Namangan viloyatida o‘rganish boshladi.

Dastlab viloyatda “Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#Namangan_oʼrganish
▫️Namanganda sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishildi

Yaqinda davlatimiz rahbari raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, barcha vakansiyalarni onlayn platformaga joylashtirib, kadrlarni ishga olish bo‘yicha shaffof tizim yaratish, sohaga byudjetdan ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, korrupsiya va noqonuniy dori aylanmasiga qarshi kurashish kabi qator yo‘nalishlarda muhim topshiriqlar berildi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida ayni paytda Namangan viloyatida bo‘lib turgan Agentlik ishchi guruhi tomonidan Norin va Uychi tumanlaridagi tibbiyot birlashmalari, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#yoshlar_bilan_muloqot
▫️Agentlik direktori namanganlik yoshlar bilan uchrashdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar doirasida bugun Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskani”da Agentlik direktori A.Burxanovning namanganlik yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda A.Burxanov korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida ilg‘or g‘oya, yangi tashabbus va takliflar bilan faol ishtirok etish bo‘yicha yoshlarga o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Shuningdek, bu borada yoshlarning takliflari, fikr-mulohazalari bilan ham qiziqdi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓5— 9-fevral kunlari)


O‘rganishlar:

▫️7-9-fevral


📌Agentlik direktori boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holatini tahlil qilish maqsadida o‘rganishlar o'tkazildi.

O'rganishlar davomida:

🔹Sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiya holatlari va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish choralari joyiga chiqqan holda tahlil qilindi;

🔹Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishildi;

🔹Agentlik direktorining namanganlik yoshlar bilan muloqoti tashkil etildi.

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Davlat dasturi loyihasi muhokamasi:

▫️9-fevral

📌Agentlik xodimlari ishtirokida Davlat dasturi loyihasidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘rin olgan vazifalar muhokama qilindi.

Komplayens-nazorat:

▫️9-fevral

📌
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJning Komplayens xizmati yetakchi inspektori lavozimiga nomzodni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazildi.

▫️9-fevral

📌Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligida hokim yordamchilari ishtirokida o‘tkazilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida Agentlik masʼul xodimi ishtirok etdi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️6-fevral

📌Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tashkil etilgan "Besa Global" ijrochi direktori, “Korrupsiya, odil sudlov va qonuniylik” dasturi rahbari Shayen Sharbatke va “Mintaqaviy muloqot” XNNT vakillari bilan uchrashuvda Agentlik masʼul xodimi ishtirok etdi.

▫️9-fevral

📌 Agentlik, “Yuksalish” UH , “Mintaqaviy muloqot” XNT tomonidan amalga oshirilgan “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlarning jamoatchilik muhokamasi bo'lib o'tdi.

Xalqaro hamkorlik yo'nalishida:

▫️5-fevral

📌
Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva va AQSH Davlat  departamentining Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish ishlari byurosi rahbari N.Rettenmayer o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

▫️9-fevral

📌
Agentlik va Osiyo taraqqiyot banki vakillari o‘rtasida davlat xaridlari sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 62 ta (shundan 59 tasi jismoniy shaxslardan, 3 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 56 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti_
▫️Korrupsiyaga oid eng muhim xabarlar dayjesti

🇺🇿Mahalliy

▪️“Toshshahartransxizmat” rahbari mansab soxtakorligi va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarida gumonlanib, hibsga olindi


▪️Samarqandda Milliy Gvardiya xodimi va advokat pora bilan qo‘lga tushdi

▪️Mingbuloq tuman sudi raisi va NamDU doktoranti fuqarolardan pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi

▪️Kasbi tumanida sobiq hokim yordamchisi imtiyozli kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi

▪️“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘lim boshqaruvi bosh hisobchisi 499,8 mln so‘mni talon-toroj qilgan

▪️Xiva tumanida qurilish materiallarini qimmat narxlarda xarid qilish holati aniqlandi

▪️1,5 mingdan ziyod nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida davlat byudjeti o‘zlashtirilgan

▪️Karmana tumanida o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

▪️Uchta hududda AQShga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

🌐Xorijda

▪️Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini boshqargan O‘ljas Bektenov bosh vazir etib tasdiqlandi

▪️Mansabdor yig‘ilish vaqtida qo‘lga olindi

▪️Terma jamoaga sifatsiz formalarni qimmatga o‘tkazgan mansabdor ushlandi

▪️Nazarboyevning qamalgan jiyanidan davlat foydasiga 98 million dollar undirildi

▪️Xitoyda 28 million dollar pora olgan bank rahbari o‘limga hukm qilindi

▪️Nyu-York uy-joy boshqarmasining 70 nafar amaldagi va sobiq xodimi pora olish va tovlamachilikda ayblanmoqda

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Korrupsiya haqida xabar bering!

Bugungi kunda davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning har qanday holatlari haqida o‘z vaqtida va tezkor xabar berish imkonini beruvchi aloqa kanallari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ushbu havola orqali vazirlik va idoralarning ana shunday murojaatlarni qabul qilishga mo‘ljallangan (telegram bot, ishonch telefoni, elektron pochta kabi) aloqa manzillariga oid batafsil maʼlumotlar bilan tanishish mumkin.

📌Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Sovg‘alar reyestri 2023-yilning yakuni bo'yicha yangi maʼlumotlar bilan to‘ldirildi.

Reyestrdan o‘rin olgan qiymati BHMning 4 (to‘rt) baravaridan ortiq sovg‘alar Agentlik balansiga kirim qilingan.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓12-17-fevral kunlari)


O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Komplayens-nazorat:

▫️13-14-fevral

📌
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari masʼul xodimlari uchunE-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish tartibi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyotiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

▫️15-fevral


📌"Yuksalish" harakati vakillari bilan “Korrupsiyasiz soha ofisi” loyihasini amalga oshirish doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️15-fevral

📌Adliya vazirligida “Qonunchilik hujjatlarini va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi va amaliyoti” mavzusida o'tkazilgan o‘quv-seminarida Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva “Korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish ahamiyati” mavzusidagi maʼruza bilan ishtirok etdi.

▫️15-fevral

📌 Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga qarshi siyosat. Biznesda korrupsiyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilishni rag‘batlantirish” mavzusidagi seminarda Agentlik mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️16-17-fevral

📌K.Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi ko‘magida
Agentlik xodimlari uchun seminar tashkil etildi, shuningdek, Jamg‘arma hamda Agentlik hamkorligidagi loyihalar ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan ikki idora rahbariyatlari o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 76 ta (shundan 75 tasi jismoniy shaxslardan, 1 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 56 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy xizmat va yordamni mahalla darajasida manzilli, shaffof va adolatli tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Kam taʼminlangan oilalarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, tizimni shaffof qilish hisobiga doimiy daromadga ega oilalar ehtiyojmand toifasidan chiqarildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#davlat_xaridi
▫️2 mlrd 374 mln so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida quyidagi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarida qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi:

Xovos tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida yuk tashish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan 700,0 mln so‘mlik davlat xaridi;

Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligida autsorsing xizmati ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan 174,0 mln so‘mlik davlat xaridi ;

Toshkent viloyati ixtsoslashtirilgan somatika shifoxonasi buyurtmachiligida qurilish mahsulotlari xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 1,5 mlrd so‘mlik davlat xaridi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt