Diqqat!
Muhim maʼlumot
Xitoy, Meksika va Gvatemala davlatlarida go‘sht va go‘sht mahsulotlari tarkibida klenbuterol moddasi mavjud bo‘lishi ehtimoli tufayli, mazkur mamlakatlarda bo‘lib qaytgan sportchilardan olingan doping sinamalarda ushbu moddaning aniqlanishi holatlari kuzatilishi mumkin. Agar sportchi topshirgan doping sinamasida klenbuterol moddasiga nisbatan ijobiy natija aniqlansa, ushbu holat yuzasidan quyidagi maʼlumotlar aniqlashtirilishi zarur
👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN HAVOLA
📍

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram ► Facebook ► Instagram ► YouTube ► Twitter ► UzNADA.uz👏3❤2👍1
🇺🇿🇯🇵Yaponiya Sport agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Hukumat topshirig‘iga muvofiq dopinga qarshi kurashish va halol sportni targ‘ib qilish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish va O'zbekiston amaliyotiga joriy qilish vazifasi belgilangan.
Shundan kelib chiqib, ayni kunlarda Sport vazirligi, Bosh prokuratura va Antidoping agentligidan tashkil topgan ishchi guruh xizmat safari bilan Osiyoda dopinga qarshi kurashishda eng samarali yo‘nalish va yuqori tajribaga ega Yaponiya mamlakatida bo‘lib turibdi.
Xizmat safari davomida Yaponiyaning sport sohasidagi islohotlari, sportchilarning jismoniy, ma’naviy va ruhiy rivojlanishini ta’minlash, antidoping sohasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida tajriba almashish maqsad qilingan.
Shu doirada Nehashi Hiroki boshchiligidagi Yaponiya Sport agentligi mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida antidoping sohasidagi Yaponiya tajribasini o‘rganish, xususan, sportda halollikni ta’minlash, antidoping sohasida qonunchilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash usullari, qonunlarning amaliyotda qo‘llanilishi va hukumat vakolatlari masalalari muhokama qilindi

Telegram ► Facebook ► Instagram ► YouTube ► Twitter ► UzNADA.uz🇺🇿 Kurash sportida halollik va adolat: Antidoping qoidabuzarlik turlari bo‘yicha seminar
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan Kurash federatsiyasi sportchilari uchun tashkil etilgan “Antidoping qoidabuzarlik turlari” mavzusidagi seminar sportda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi. Ushbu seminar sportchilar, murabbiylar va tibbiyot xodimlari uchun dopingga qarshi kurashda bilim va mas’uliyatni oshirishga xizmat qildi.
🎯 Seminarning asosiy maqsadi — sportchilarga antidoping qoidalarini tushuntirish, taqiqlangan moddalardan foydalanishning oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish va sportda sog‘lom raqobat muhitini yaratishdir.
Seminarda sportchilarga nafaqat qoidalar tushuntirildi, balki ularning sog‘lig‘i, sportdagi obro‘si va kelajakdagi ishtirokiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ham aytib o'tildi. Taqdimotlar, slaydlar va real misollar orqali ishtirokchilar dopingning salbiy oqibatlarini chuqur anglab yetishdi.
🛡️Milliy antidoping agentligi va Kurash federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu seminar sportda halollikni ta’minlash, sportchilarni himoya qilish va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etish uchun muhim qadam bo‘ldi. Sportda g‘alaba faqat kuch bilan emas, balki halollik va mehnat bilan qo‘lga kiritilishi kerak.
📍📍
Telegram ► Facebook ► Instagram ► YouTube ► Twitter ► UzNADA.uz

👏3
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni bugungi tavallud ayyomlari munosabati bilan muborakbod etadi hamda ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi!
📍
O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni bugungi tavallud ayyomlari munosabati bilan muborakbod etadi hamda ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi!
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram ► Facebook ► Instagram ► YouTube ► UzNADA.uz👏2
Oʻzbekiston delegatsiyasi Germaniyada dopingga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik aloqalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori rahbarligidagi Bosh prokuratura va Sport vazirligi masʼullaridan iborat ishchi guruh Hukumat topshirigʻiga muvofiq, dopingga qarshi kurashish boʻyicha milliy qonunchilikni rivojlantirish, doping tarixi va surishtiruvi hamda sportchilardan doping testlarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Germaniyada xizmat safari bilan boʻlib turibdi.
Shuningdek, oʻzbekistonlik sportchilarning biologik pasportini yaratishda qoʻshimcha tekshiruvlarni Keln Bioximiya instituti (antidoping laboratoriyasi)da amalga oshirish, maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, Keln Bioximiya instituti (antidoping laboratoriyasi)da hamkorlikdagi farmakologik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Germaniya antidoping agentligi va Keln Bioximiya instituti (antidoping laboratoriyasi) bilan oʻzaro hamkorlik memorandumlarini imzolash, shuningdek Germaniyada oʻzbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirishni yoʻlga qoʻyish hamda doping testlarini interpretatsiya qilish boʻyicha shartnoma tuzishga kelishib olindi.

Xizmat safari davomida ishchi guruh vakillari Germaniya antidoping agentligi direktori Lars Mortsifier va Keln Bioximiya instituti (antidoping laboratoriyasi) direktori Mario Thevis bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida antidoping qonunchiligini takomillashtirish, doping qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish boʻyicha Germaniya tajribasi, shuningdek Antidoping maʼmuriyati va boshqaruvi tizimini yuritish, Sportchining biologik pasportlarini boshqarish boʻlimi, doping qoidalari buzilishi holatlarini aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻzbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirish, ular uchun Germaniya antidoping agentligi va Keln Bioximiya instituti (antidoping laboratoriyasi)da amaliy mashgʻulotlarni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, oʻzbekistonlik sportchilarning biologik pasportini yaratishda qoʻshimcha tekshiruvlarni Keln Bioximiya instituti (antidoping laboratoriyasi)da amalga oshirish, maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, Keln Bioximiya instituti (antidoping laboratoriyasi)da hamkorlikdagi farmakologik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Germaniya antidoping agentligi va Keln Bioximiya instituti (antidoping laboratoriyasi) bilan oʻzaro hamkorlik memorandumlarini imzolash, shuningdek Germaniyada oʻzbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirishni yoʻlga qoʻyish hamda doping testlarini interpretatsiya qilish boʻyicha shartnoma tuzishga kelishib olindi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
Telegram ► Facebook ► Instagram ► YouTube ► UzNADA.uzYana ikki nafar mutaxassis – Xalqaro toifadagi doping ofitseri maqomida
Milliy antidoping agentligining yana ikki nafar mutaxassisi xalqaro o‘quv dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, xalqaro toifadagi doping ofitseri maqomiga ega bo‘ldi.
Shu bilan, bugungi kunga kelib Agentlik tarkibida jami 8 nafar xalqaro toifadagi doping ofitser faoliyat yuritmoqda. Ular nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro sport musobaqalarida ham dopingga qarshi kurash sohasida yuqori malakali mutaxassis sifatida ish olib borish huquqiga egadirlar.
Ushbu natija nafaqat sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasidir, balki yurtimizda sog‘lom va adolatli sport muhitini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

👍4❤2
DIQQAT E'LON!!!
TAQIQLANGAN ROʻYXAT-2025
2025-YILGI TAQIQLANGAN RO‘YXATGA IZOHLAR
Taqiqlangan roʻyxat Butunjahon antidoping dasturining muhim qismi sifatida rioya etilishi majburiy boʻlgan Xalqaro Standartdir. Ushbu roʻyxat WADA boshchiligida tashkil etiladigan maslahatlashuv xulosasiga koʻra yangilab boriladi. Mazkur roʻyxat har yili 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Quyida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan TAQIQLANGAN ROʻYXAT-2025 va TAQIQLANGAN RO‘YXATGA IZOHLARning o'zbek tilidagi ro'yxati bilan toʻliq tanishishingiz mumkin.
👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN HAVOLA
📍
Telegram ► Facebook ► Instagram ► YouTube ► UzNADA.uz