Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.51K subscribers
120K photos
8.94K videos
137 files
23.3K links
Download Telegram
#obodonlashtirish

Ayni damda Angren  shahrida "Oqqo'rg'on tajribasi" asosida keng qamrovli ishlarni bajarish hamda bugun Toshkent viloyati hokimi boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida hududdagi barcha mahalla fuqarolar yig'inlarida tozalash va obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan boshlab yuborildi.

Angren shahar "Karvon", "Istiqlol", "G'afur G'ulom", "Ko'kterak", "Yoshlik" mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari aholining muammolarini o'rganish  bilan birga ular o'rtasida obodonlashtirish ishlarida faol qatnashib hudud tozaligini ta'minlashga chaqirdilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#obodonlashtirish

Xabar berganimizdek, Angren  shahrida "Oqqo‘rg‘on tajribasi"dan kelib chiqib, shaharda keng ko‘lamli ishlar hamda  viloyat rahbari tomonidan bugun bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida sektorlar rahbarlari mahallalar kesimida obodonlashtirish ishlarini tashkil etdilar.

▫️Angren shahar 4-sektor rahbari Jamshid  Usmanov, shahar FVB boshlig‘i Sardor Rahimboyevlar" Chinniobod" mahallasida ko‘chalar yo‘llari va uylar yon-atrofini ortiqcha chiqindilardan tozalash ishlarini tashkil qildilar.

▫️Bugun "Umid" ko‘chasiga texnika vositalari  yordamida shag‘al keltirildi va yo‘l shag‘alashtirildi.

▫️Sektor rahbarining  tashabbusi  bilan  mahalladagi yoshi ulug‘ kishilar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.

▫️Shuningdek, mahallada arzonlashtirilgan qishloq  xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ko‘chma savdo yarmarkasi tashkil etildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#obodonlashtirish

Angren  shahar "Do‘stlik" MFY "Mevazor" va "Olmazor" dalahovlisida yashovchi  fuqarolar o‘rtasida hudud obodonchiligi  va chiqindilarni olib chiqish bilan bog‘liq masalalar "Zero Westa"  MCHJ xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Mahalladagi beshtalik tomonidan "Oqqo‘rg‘on tajribasi" bo‘yicha keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini tashkil etishga kelishildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#obodonlashtirish

Angren shahrida "Oqqo‘rg‘on tajribasi" doirasida o‘tkazilayotgan obodonlashtirish ishlarida barcha birdek faol qatnashmoqda.

Xususan, IIB rahbarligidagi 3-sektor hududida "Beruniy" mahallasida "Bo‘ston" va "Bunyodkor" ko‘chalari hashar yo‘li bilan chiqindilardan tozalandi.

"Bahor" ko‘chasiga shag‘al yotqizildi.

Sektor tarkibida bo‘lgan mahallalarda obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#obodonlashtirish

Angren shahrida  "Oqqo‘rg‘on tadribasi" misolida  "Gulzor"  mahallasida obodonlashtirish ishlariga barcha kommunal xizmatlar  xodimlari jalb etilgan va hududdagi  kommunikasiya  tarmoqlarida zarur ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek,  yoshi ulug‘ kishilar holidan xabar  olinayapti.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#obodonlashtirish

Ma’lumki,  shu kunlarda har bir mahalla,  daha va xiyobonlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish  ishlari izchil davom etmoqda.

Angren shahri aholisi va keng jamoatchilik tomonidan "Oqqo‘rg‘on tajribasi"  har jihatdan  qo‘llab-quvvatlanib, ko‘pchilikning ko‘magi bilan hududlarda ommaviy tozalik kunlari tashkil etilayapti.

Xususan,  3-sektor rahbari  Abid Aripovning sa’y-harakatlari bilan boshlangan obodonlashtirish ishlari "Navbahor"  mahallasida ham o‘z ifodasini topayotir.

Bugun kun davomida yo‘llar shag‘allashtirildi.

Sektor rahbari hamda Respublika  Ishchi guruxi vakillari mahalladagi jarayon va mavjud  muammolarni joyiga chiqib ko‘rdilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#obodonlashtirish

Angren shahar prokurori Ulug'bek Xabiljonov tashbussi bilan Gulbog’ MFY Bog’bon ko’chasiga olib kelingan shag’al erta tongdan mahalla xodimlari hamda aholisi bilan birgalikda yo’llarga yoydilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#obodonlashtirish
Bugun Angren shahar hokimi Alisher Rayimov "Ulug‘bek" mahallasida bo‘ldi.

Unda 14-dahadagi ko‘p qavatli uylar atrofi,  bolalar maydonchalarini tartibga keltirish hamda uylar oldidagi ariq-zovurlarni tozalash, yengil  konstruksiyadagi noqonuniy qurilmalarni buzish,  hududni obodonlashtirish,  ko‘kalamzorlashtirish  yuzasidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ko‘zdan kechirdi.

Shahar hokimi Alisher  Rayimov "Ulug‘bek"  mahallasi 14-dahadagi ko‘p qavatli uylar oldi va yon-atrofidagi holat yuzasidan "Dukent service center"  Boshqaruv servis kompaniyasiga e’tirozlar bildirib,  muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish vazifasini berdi.

"Ommaviy tozalash haftaligi" doirasida hudud obodonchiligini ta’minlashda tashabbus ko‘rsatayotgan  "Birinchi rezinotexnika zavodi", "O‘zbekko‘mir" AJ, "Issiqlik elektr stansiyasi" AJ ishchi-xodimlari beminnat  mehnatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘lmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#obodonlashtirish

Angren shahrida  ko‘p qavatli  uylar yon-atrofi tozalanib,  daraxtlarni oqlash ishlari olib borilayapti.

Obodonlashtirish  boshqarmasi xodimlari "Istiqlol" MFYda hudud obodonchiligi bo‘yicha  zarur ishlarni bajarayaptilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#obodonlashtirish

Angren shahrida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish orqali aholining yashash sharoitini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar samarasini berayapti.

Ayniqsa, bu borada Davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli Qarori sektorlar rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan ta’minlanmoqda.

Xususan, 2-sektor rahbari, shahar prokurori Ulug‘bek Xabiljonov "Gulbog‘" mahallasida "Oqqo‘rg‘on tajribasi"ning tatbiq etilishida bor kuch va imkoniyatlarni yo‘naltirib, ayni paytda mahalla ko‘cha yo‘llari shag‘allashtirildi.

Ushbu jarayonda Angren  shahar  Ekologiya bo‘limi tomonidan ham amaliy yordam ko‘rsatildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#obodonlashtirish

Ma’lumki, ayni paytda shahar hokimi  Alisher Rayimov  boshchiligida "Ulug‘bek"  mahallasida "Oqqo‘rg‘on tajribasi"  misolida keng ko‘lamli obodonlashtirish  ishlari  tashkil etilgan.

Hudud obodonchiligini ta’minlash,  kommunikasiya  infratuzilmasini  yaxshilash, hudud muammolarini hal etish uchun bir qator korxona,  tashkilotlar ishchi-xodimlari  tashabbus ko‘rsatishmoqda.

Hashar yo‘li bilan obod maskanga aylanayotgan "Ulug‘bek"  mahallasi qisqa fursatda yangicha qiyofaga kirdi.  Ko‘p qavatli  uylar yon-atrofi,  yo‘l va yo‘laklar, tashlandiq holga kelib qolgan yer maydonlari,  bolalar o‘yingohlari tartibga keltirildi. Tashabbuskor hasharchilar ko‘magi bilan hududning  tozaligi ta’minlandi.

Mahallada obodonlashtirish  ishlarida qatnashayotgan hasharchilarga 3-sektor rahbari tomonidan tushlik uyushtirildi,  osh damlanib,  dasturxon yozildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obodonlashtirish_xodimlari_tayyor

Ayni paytda Angren shahar Obodonlashtirish bo’shqarmasi xodimlari yo‘llarni xavfsiz holatda saqlash ishlarini olib borishga kirishmoqda.

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida shahar bo’ylab:

✔️Asfalt yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepiladi.

✔️Yo‘laklarda qor to‘planishining oldini olish uchun tozalash ishlari amalga oshiriladi.
#Obodonlashtirish_xodimlari_tayyor

Ayni paytda Angren shahar Obodonlashtirish bo’shqarmasi xodimlari yo‘llarni xavfsiz holatda saqlash ishlarini olib borishga kirishmoqda.

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida shahar bo’ylab:

✔️Asfalt yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepiladi.

✔️Yo‘laklarda qor to‘planishining oldini olish uchun tozalash ishlari amalga oshiriladi.
#Obodonlashtirish

Angren shahar Obodonlashtirish bo’shqarmasi xodimlari yo‘llarni xavfsiz holatda saqlash, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida shahar bo’ylab:

✔️Asfalt yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepiladi.

✔️Yo‘laklarda qor to‘planishining oldini olish uchun tozalash ishlari amalga oshiriladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt I Telegram I Facebook I Youtub
#obodonlashtirish
2025-yil 7-aprel kuni "ANGREN ISSIQLIK ENERGIYASI" DUK "TMX" bo‘limi ishchi xodimlari tomonidan 2-sektor Bobotog’ MFY hududida  obodonlashtirish (hududni chiqindilardan tozalash) ishlari amalga oshirildi.
#Toshkent_viloyati
#Angren_shahar
#Obodonlashtirish_bolimi

✳️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo'linmasi tomonidan shahardagi "Angren shahar
Obodonlashtirish bo'limi"da ma'naviy-ma'rifiy ishlar holati o'rganildi.

📌O'rganish mobaynida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf edish hamda sohani rivojlantirish bo'yicha bilim, ko'nikmalar  berildi.

✍️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo'linmasi.
#obodonlashtirish
Bugun Angren shahar “ISSIQLIKTA’MINOTI" MCHJ ishchi xodimlari tomonidan Ohangaron ko’chasida ekilgan daraxtlar va gullar uchun sug’orish tizimi o’rnatish ishlari amalga oshirildi.
#obodonlashtirish

“ANGREN SHAHAR ISSIQLIK TA’MINOTI" MCHJ ishchi xodimlari tomonidan Ohangaron ko’chasida ekilgan daraxtlar va gullar uchun mo’ljallangan sug’orish tizimi o’rnatish uchun quvurlar va fitinglar yasash ishlari amalga oshirilmoqda.
#obodonlashtirish
“ANGREN SHAHAR ISSIQLIK TA’MINOTI" MCHJ ishchi-xodimlari tomonidan Ohangaron ko’chasida ekilgan daraxtlar va gullar uchun mo’ljallangan sug’orish tizimi o’rnatish, quvurlar va fitinglar yasash ishlari amalga oshirilmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt I Telegram I Facebook I Youtub
#obodonlashtirish
“ANGREN SHAHAR ISSIQLIK TA’MINOTI" MCHJ ishchi-xodimlari tomonidan Ohangaron ko’chasida ekilgan daraxtlar va gullar uchun mo’ljallangan sug’orish tizimini o’rnatish ishlari olib borilmoqda.