Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.49K subscribers
120K photos
8.95K videos
137 files
23.4K links
Download Telegram
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

Kecha, 3-avgust kuni "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshlig'i polkovnik Bobonov Xasan Alisherovich, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Angren shahar Kengashi raisi Xaitkulova Iroda Gulamovna ishtirokida Angren shahridagi umumiy o'rta ta'lim hamda kasb-hunar ta'limi o'quvchilari bilan “Rahbar va yoshlaruchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida boshqarma boshlig'i polkovnik X.Bobonov yoshlarga kasbga ega bo'lgan har bir inson o'z kasbini sevishi, unga sadoqatli bo'lishi va albatta o'z ustida ishlashi orqali yuksak marralarga erisha olishi mumkinligini ta'kidlab, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida yoshlarga bo'lgan e'tibor, ularni qutqaruvchilik sharafli kasb ekanligi va tizimda olib borilayotgan islohatlar bilan bir qatorda yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar bo'yicha gapirib o'tdi.

Tadbir davomida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar va qutqaruvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlarni tomosha qilishdi.
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig'i podpolkovnik A.Mamajonov va shahar Yoshlar ishlari agentligi A.Parpiyev tomonidan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga qutqaruvchilik kasbining ahamiyati, ushbu sohada xizmat qilish uchun zarur bo‘lgan bilim va malakalar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.