Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.33K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

⚡️ Avtomobil yoʻllarining yoqasida savdo qilish oqibatlari va kelib chiqqan mojaroli vaziyat yuzasidan IZOH

Batafsil👉 “Toʻliq video”


@BB_Tulyaganov
#Munosabat

📌Telegram ijtimoiy tarmoqlarida Toshkent viloyati Angren shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “bog‘cha mudiri bolalar kunida bog‘chadagi bolalarga bayram qilib bermasdan, davlatning bog‘chasiga o‘zini xususiy bog‘chasidagi bolalarini olib kelib ularga bayram qilib beribdi” degan xabar tarqaldi.

⚡️Hozirda tarqalgan xabar yuzasidan Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakuniy xulosasiga ko‘ra holat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT berilishini ma’lum qilamiz.

✍️Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Matbuot xizmati
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#munosabat "Олтин воҳа" сайтининг ботига Ангрен шаҳар "Гўзал" маҳалласи "Бунёдкор" кўчаси 35-уй олдидаги маиший ва бошқа турдаги чиқинди уюми олиб чиқилмаётгани тўғрисида мурожаатга муносабат

Ангрен шаҳар Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш инспекцияси бошлиғи Беҳруз Уразалиев;:

- Мазкур мурожаат инспекция томонидан назоратга олиниб, жойига чиқилди. Маиший чиқиндиларни тўплаш, ёқиш атрофга, одамлар саломатлигига зиён келтириши тушунтирилиб, масъуллар огоҳлантирилди.

Камрон Каримов - Ангрен шаҳар Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи:

- Ҳудудда аниқланган муамммо бартараф этилди. Ангрен шаҳар "Zero Westa" ДУК томонидан маиший чиқиндилар белгиланган жойга олиб чиқилди.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#rasmiy
#munosabat
Ijtimoiy tarmoqning sahifalarining birida   Angren shahar 5/1»b” dahasi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabi yaqinida yoʻlning chang boʻlishi bilan bogʻliq tanqidiy mazmundagi material yuzasidan munosabat
Husanxon Muhiddinov -  “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Angren shahar filiali rahbari:

-  Angren shahar “Bobotogʻ” MFY 5/1»b”-dahasida “Obod mahalla” Davlat dasturi doirasida jami 1200 metr ichimlik suvi tarmogʻida quvurlarni toʻliq taʼmirlash ishlari olib borilishi belgilangan. Haqiqatan ham  5/1”b” daha 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga yaqin joyda ichimlik suvi tarmogʻi oʻtgan boʻlib, hozirgi kun holatiga ushbu hududda 400 metr quvurni taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududda ota-onalar, oʻquvchilar va piyodalar uchun  qulaylik yaratilgan. Xususan, maktabga, maktabgacha taʼlim tashkilotiga borish uchun yoʻlak mavjud. Ayni paytda quvurlarni taʼmirlash ishlarining yakuniy bosqichi olib borilayapti. Taʼmirlash-montaj ishlari nihoyasiga yetgach, quruvchi-pudratchi tashkilot tomonidan yoʻl tiklanadi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Xabar berganimizdek,  Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida xalq taʼlimi tizimi faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan muloqotda  tizimdagi kamchiliklar roʻy-rost bayon etildi.

Xususan, Yangiyoʻl, Zangiota, Toshkent tumanlarida xalq taʼlimi sohasida kuzatilayotgan qoloqliklar  yuzasidan Xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari munosabat bildirdi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ma'lumki, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida xalq taʼlimi tizimi  faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tizimdagi kamchiliklar keskin tanqid. qilindi.

Xususan,  Angren shahar  40-umumiy o'rta ta'lim maktabida kadrlarning oliy toyifa bilan bog'liq  muammosi mavjud edi.

Faoliyat  ko'rsatayotgan 13 nafar pedagog xodimdan bir nafari oliy  toifali sanaladi. Maktabdagi ushbu muammo  hademay bartaraf etiladi.

Videoselektor yig'ilishidagi mavzu hamda maktabdagi muammo  yuzasidan maktab direktori o'rinbosari Mohigul Turg'unboyeva munosabat bildirdi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#rasmiy
#munosabat

Ijtimoiy  tarmoqda   Davlat bayrog‘ining holati to‘g‘risida tanqidiy mazmundagi materialga munosabat

Angren shahar hokimligi shuni ma’lum qiladiki,  "Istiqlol"  maydonida Davlat  bayrog‘ining holati doimiy e’tiborda.  Joriy yilning 16 oktyabr holatiga Davlatimiz ramzining  ma’nan ko‘rinishi belgilangan tartibda.

P.S: "fake news"ga
" Fact checking"
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#munosabat Ma’umki, Angren shahrida ichimlik suvi, issiqlik energiyasi tarmoqlarida keng ko‘lamli kapital ta’mirlash, sozlash, tizimni modernizasiya qilish ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 20 maydagi "Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5118-sonli Qarori asosida ichimlik suvi tarmoqlari yangilinayapti.

Angren shahrida mazkur Qaror ijrosini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish va samarali foydalanishga e’tibor kuchaytirilib, 4 ta sektor rahbari tomonidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan va keng jamoatchilik jalb etilgan.

Angren shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligida shahar prokurori 2-sektor rahbari Ulug‘bek Xabiljonov, IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Abid Aripov "Beruniy" mahallasida bo‘ldilar.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
​​#rasmiy
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Angren shahri, 5/3-dahasi, 24-, 25-uylar oralig‘iga o‘rnatilgan temir to‘siqcha bilan bog‘liq tanqidiy mazmundagi material yuzasidan munosabat

"Kimyogar" MFY 5/3 dahasi 24-, 25-uy yo‘lagi beton qorishmasi bilan tekislangan. Yo‘lakdan transport vositalari harakati va uyda yashovchi bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim fuqarolar tomonidan kichik temir to‘siq o‘rnatilgan. Ushbu hududdagi ko‘p qavatli uylarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan aholi va uy kattalari bilan bamaslahat to‘siq olib tashlandi.

Angren shahrida arxitektura  va shaharsozlik talablariga zid bo‘lgan qurilma va yengil konstruksiyali  qurilmalar bo‘yicha hokimlmk,  huquq-tartibot va nazorat idoralari tomonidan qat’iy nazoratga olingan va bu borada ishlar kuchaytirilgan.
#rasmiy
#munosabat

Ijtimoiy  tarmoqda "Toshkent viloyati Angren shahri Dukent qo'rg'onidagi achinarli holat..." sarlavhali tanqidiy mazmundagi fotomaterial yuzasidan munosabat

Behruz Urazaliyev  -  Angren  shahar  Ekologiya  bo‘limi  boshlig‘i:

- Hozirgi kunda Dukent qo‘rg‘onida mavjud maishiy chiqindixonalar to‘liq tartibga keltirilgan. Ijtimoiy  tarmoqda  tarqalgan  fotosuratlar eski bo‘lib,  bugungi kun holatiga bo‘limimiz tomonidan barcha  chiqindixonalar holati o‘rganilganda bu kabi achinarli ahvol qayd etilmagan.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#rasmiy
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Angren shahri hududida yo‘l tuproq bilan tekislanayotgani to'g‘risida joylangan tanqidiy mazmundagi videomaterial yuzasidan munosabat

Angren shahar "Navoiy",  'Bunyodkor" ko‘chalari kesishgan "Aylanma"  yo‘lning ayrim qismida yog‘ingarchiliklar tufayli nosozlik vujudga kelgan.

Ma'lumot uchun: joriy yilda Angren shahrida jami 40 kilometr yo‘l  asfaltlanadi. Shaharda belgilangan reja asosida yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlanmagan. Ob-havo qulay kelishi bilan yo‘llarni ta’mirlash jarayoni boshlanadi va zarur mablag‘lar maqsadli yo‘naltiriladi.

Videomaterial o'rganilganda, "Aylanma" yo‘lida yog‘ingarchiliklar davomida paydo bo‘lgan kichik o‘ydim-chuqurlar shahardagi ayrim tashabbuskorlar (tadbirkorlar, transport boshqaruvchilari) tomonidan tekislanayotgani ma'lum bo'ldi.
Xayrihoh thabbuskorlar o'z ixtiyorlari bilan keltirilgan qum-tuproq aralashmasini vaqtincha tekis bo'lishi uchun yo‘llardagi kichik nosozliyklarga to'kishgan.

P.S: Angrenda shahar hayotiga   e’tiborli odamlar ko‘plab topiladi. Xalqimizning "Yo‘l qurgan, yo‘lni ta’mirlagan aslo kam bo‘lmaydi" singari purma’no hikmatiga amal qilgan hamshaharlarimiz tashabbusini ko‘pchilik qo‘llamoqda...

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#rasmiy
#munosabat

Ijtimoiy  tarmoqda Angren shahar ko‘chalaridan birida quvurlarni almashtirish maqsadida chuqur ko‘milmagani yuzasidan tanqidiy mazmundagi murojaat yuzasidan "Toshkent suv ta’minoti" MCHJ Angren shahar filiali direktori Jahongir Ikromov munosabat bildirdi:

- Davlatimiz  rahbarining  2021 yil 20 maydagi "Toshkent  viloyatida tadbirkorlikni yanada  qo‘llab-quvvatlash  va muhandislik-kommunikasiya  tarmoqlarini rivojlantirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5118-sonli Qaroriga muvofiq, "Ma’rifat" (Loxutiy) ko‘chasida ichimlik  suvi  tarmog‘ida rekonstruksiya va modernizasiya ishlari olib borilishi munosabati bilan yo‘lda qazish ishlari amalga oshirilgan. Anomal sovuq kunlari sababli ta’mirlash ishlari vaqtinchalik to‘xtatilgan edi. Mazkur jarayon  davom ettiriladi va yakuniga yetgach, quruvchi-pudratchi tashkilot tomonidan yo‘lni tiklash ishlari olib boriladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
​​#rasmiy
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqda "Kimyogar" MFY idorasida xodimlarning o‘z ish o‘rinlarida yo‘qligi bilan bog‘liq tanqidiy mazmundagi videomurojaat yuzasidan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Jahongir Xasanov munosabat bildirdi:

-  Bugungi kunda Angren shahrida 46ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, 46 nafar MFY raisi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 oktyabrdagi O‘RQ-499-sonli "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq saylov asosida fuqarolar tomonidan saylangan.  Hozirgi kunda mahallalarda faoliyat olib borayotgan beshtalik (mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori) uyma-uy yurib xatlov o‘tkazilmoqda. Har bir mahalla  hududi beshtalikka biriktirilgan va uyma-uy, xonadonma-xonadrn  yurilib muammolar aniqlanib, xatlov qilinib tashkil etilgan shahar Shtabiga sektor orqali yetkazilmoqda.  Xatlov jarayoni tez kunlarda yakunlanishini va barcha xodimlar mahalla idorasida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha fuqarolarni  qabul qilish ishlarini davom ettirishlarini ma’lum qilamiz.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#rasmiy
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Angren temir yo'l vokzalining ahvoli yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Angren shahar bolimi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib oʼrganildi.

Oʼrganish davomida shahar hududida yomgʼirli ob-havo sharoitiga qaramasdan davlat inspektorlari nazoratida  buguni o'zida maxsus texnikalarni jalb etgan holda chiqindilarni tozalash ishlari olib borildi hamda hudud chiqindilardan bartaraf etildi.

Oʼz oʼrnida aholidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamasliklarini va uni yoqmasliklari haqida eslatib oʼtishni joiz deb bildik. Zero, atrof-muhitga beparvolik bilan qilingan salbiy harakatlar uchun qonunda belgilangan tartibda chora koʼrilishini eslatib oʼtamiz.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqda "Istiqlol"  MFY "Barbod mahalla"  mavzusida tanqidiy video material e’lon qilindi.

Shahar  hokimligi ushbu murojaatga javoban quyidagilarni ma’lum qiladi:

Aynan ushbu tanqidiy material bo‘yicha shahar hokimligi o‘rganish  o‘tkazadi va bu borada yaqin kunlarda tegishli mas’ullar o‘z munosabatini bildiradilar.