Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.49K subscribers
120K photos
8.95K videos
137 files
23.4K links
Download Telegram
#Yoshlar_ittifoqi
#Angren_shahar
#Sardorlar_Kengashi
#Eng_namunali_maktab_sardorlar_Kengashi
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Shahar Kengashi va Xalq ta'limi bo'limi hamkorligida "Eng na'munali maktab sardorlar Kengashi" ko‘rik tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Shahar bosqichida umumiy o'rta ta'lim maktablari orasidan saralab olingan 4.8.14.23-maktablar o'zaro 3 ta shart bo'yicha bellashdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra eng munosib deb topilgan 4-maktab sardorlar Kengashi oliy o‘rinni qo‘lga kiritib viloyat bosqichiga yo‘llanmani va Toshkent shahriga bir kunlik bepul sayohat vaucherini qo‘lga kiritishdi.
G'oliblarga Shahar Kengashi hamda "ENTER IT school" o‘quv markazi tomonidan 3 oylik bepul o‘quv mashg‘uloti uchun 100 % lik vaucher, esdalik sovg'alari va diplom topshirildi.