Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.52K subscribers
120K photos
8.94K videos
137 files
23.3K links
Download Telegram
Sport musobaqasining shahar bosqichi final o‘yinlarida "Taraqqiyot"  MFY jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

"Hakkarman-Yangi Jigariston"  MFY 2-, "Samarchug' "  MFY yoshlari esa 3-o‘rinlarda muvaffaqiyat qozondilar.

Gʻoliblarni taqdirlash jarayonida shahar  hokimi  Alisher  Rayimov,  hokim  o‘rinbosari  Salim Anarboyev,  Yoshlar  ishlari  agentligi  shahar  bo‘limi  rahbari  Aziz Parpiyev,  2-sport maktabi rahbari  Bekjon Yusupov hamda yoshlar yetakchilari qatnashdilar.

Gʻoliblarni shahar hokimi Tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik  sovg‘alari  bilan rag‘batlantirdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Angren shahrida 46 ta mahalla fuqarolar  yig‘ini yoshlari o‘rtasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Туйғу

Кўз очган куртаклар кўзимга чирой, 
Булбуллар баёти сўзимга чирой.
Тоғда қолган қорлар, энди хуш қолинг, 
Келдингми, мунисам, онам, кўкламой. 
Биз сени соғиндик, эй ҳокисорим,
Сен ҳам бизни соғиндингми, баҳорим?

Шеър: Маҳмуд Тоир

Фото: Абдул Азиз
Суратда: Анора Абдурашидова

Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2023_йил_1_мартдан

📁 Электр энергияси ва табиий газни назорат қилиш ҳамда ҳисобга олишнинг автоматлаштирилган тизимларидаги ёқилғи-энергия ресурслари истеъмоли тўғрисидаги маълумотлар мониторинг қилинади.

📌 Шунингдек, электр энергияси ва табиий газдан фойдаланиш қоидаларини бузиш билан боғлиқ ҳуқуқбузарлик бўйича тузилган далолатномаларни электрон расмийлаштириш ва тегишли маълумотларни “E-ma‘muriy ish” тизимига киритиш тартиби жорий этилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabiat resurslari vazirligi ogohlantiradi: bugundan mamlakatimizda yovvoyi hayvonlar va qushlar uchun joriy ov mavsumi yakunlandi

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
#obodonlashtirish
Bugun Angren shahar hokimi Alisher Rayimov "Ulug‘bek" mahallasida bo‘ldi.

Unda 14-dahadagi ko‘p qavatli uylar atrofi,  bolalar maydonchalarini tartibga keltirish hamda uylar oldidagi ariq-zovurlarni tozalash, yengil  konstruksiyadagi noqonuniy qurilmalarni buzish,  hududni obodonlashtirish,  ko‘kalamzorlashtirish  yuzasidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ko‘zdan kechirdi.

Shahar hokimi Alisher  Rayimov "Ulug‘bek"  mahallasi 14-dahadagi ko‘p qavatli uylar oldi va yon-atrofidagi holat yuzasidan "Dukent service center"  Boshqaruv servis kompaniyasiga e’tirozlar bildirib,  muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish vazifasini berdi.

"Ommaviy tozalash haftaligi" doirasida hudud obodonchiligini ta’minlashda tashabbus ko‘rsatayotgan  "Birinchi rezinotexnika zavodi", "O‘zbekko‘mir" AJ, "Issiqlik elektr stansiyasi" AJ ishchi-xodimlari beminnat  mehnatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘lmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube