Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.31K subscribers
103K photos
7.95K videos
117 files
20.8K links
Download Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi

🔷Angren garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo‘linmasi tomonidan shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida 4-umumta'lim maktabida “ Men ham harbiy bo’laman” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida “Men ham harbiy bo’laman” nomli kitob albomi taqdimoti bo’lib o’tdi.

Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi
🔷Toshkent harbiy prokratura xodimlari tomonidan Toshkent harbiy okrugi Angren garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi. Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari murojaatlari oʻrganilib, murojaatlar joyida bartaraf etildi hamda Angren shahar hokimligi jamoat tashkilotlari, bandlik markazlari bilan hamkorlikda yoʻnalishlar boʻyicha boʻsh ish yarmarkasi ham tashkil etildi.

Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi
                                 
🔷Angren garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Angren shahar boʻlimi xodimlari tomonidan “Qish mavsumida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo’yicha hamda favqulodda holatlarda birinchi yordam koʻrsatish” boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
#Toshkent_harbiy_okrugi

🔷Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Angren shahrida davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘targan harbiy xizmatchilar, sportchi va talaba yoshlar, shahar hokimligi hamda keng jamoatchilik vakillari markaziy ko‘chalar bo‘ylab harakatlanishdi.

Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi

🔷Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Angren garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xiatchilari, Toshkent harbiy prokuraturasi, Angren shahar hokimligi, Milliy gvardiya Toshkent viloyati Qo’riqlash boshqarmasi, Angren shahar Maktabgacha ta’lim va maktab taʼlimi boʻlimi xodimlari Respublikamiz boʻylab “Men vatanparvarman” loyihasi doirasida navbatdagi koʻrik-tanlov Toshkent viloyatining olis hududida joylashgan 41-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokidagi tadbirda mehmon bo’lishdi. Tadbir so’ngida rahbarlar tomonidan maktab bog’ida mevali daraxt ko’chatlari ekildi.

Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi

🔷"Vatan tinchligi oiladan boshlanadi" shiori ostida Toshkent harbiy okrugi Angren garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi boʻlim boshligʻi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar oila aʼzolarini asrab avaylash, ularni doimiy ravishda eʼzozlash, yosh oilalarning boshqa hududlarda yashashini ta’minlash boʻyicha chora tadbirlar asosida seminar oʻtkazildi.

Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi

🔷Angren garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligi miqiyosida oʻtkazilgan "Eng ilgʻor razvedka guruhi komandiri" , "Eng ilgʻor razvedkachi" musobaqasida faxrli 1-oʻrinni egallagani uchun harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan gʻoliblarni tantanali kutib olib ularga qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi

🔷Angren garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun harbiy qismda Kitob yarmarkasi oʻtkazildi, shaxsiy tarkib oila a’zolari hamda farzandlari uchun siyosiy va badiiy kitob toʻplamlari olishdi.

Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_harbiy_okrugi

🔷Toshkent viloyatining olis hududida joylashgan 41-sonli umumtaʼlim maktabida “Men vatanparvarman” loyihasi doirasida o’tkazilgan koʻrik-tanlov.

Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram
#Toshkent_harbiy_okrugi

🔷"Yoshlar kuni munosabati bilan" Angren garnizonida joylashgan harbiy qismda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi. Tadbirda Angren shahar hokimligi, Angren shahar Yoshlar agentligi boʻlimi, Angren garnizoni qoʻmondonligi tomonidan hozirda yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlar siyosati davlat dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar yana bir bor eslatib oʻtildi hamda ChOTQM bilim yurti haqida oʻquvchi yoshlarga maʼlumotlar berildi.

Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram