Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.33K subscribers
102K photos
7.92K videos
115 files
20.7K links
Download Telegram
#rasmiy

Tayinlov

Ergashev Sardorbek Kadirovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

S. Ergashev 1986-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2011-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Tayinlov

Xamzayev Muhriddin Ziyavuddinxoʻjayevich Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi etib tayinlandi.

M.Xamzayev 1990-yilda Piskent tumanida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2014-yilda Navoiy Davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakultetini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Axborot tahlil va ijro nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Rasmiy

Maqsadimiz bir: jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, aholi osoyishtaligini taʼminlash – Toshkent viloyati hokimi va profilaktika inspektorlari uchrashuvi o‘tkazildi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#rasmiy
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Angren temir yo'l vokzalining ahvoli yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Angren shahar bolimi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib oʼrganildi.

Oʼrganish davomida shahar hududida yomgʼirli ob-havo sharoitiga qaramasdan davlat inspektorlari nazoratida  buguni o'zida maxsus texnikalarni jalb etgan holda chiqindilarni tozalash ishlari olib borildi hamda hudud chiqindilardan bartaraf etildi.

Oʼz oʼrnida aholidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamasliklarini va uni yoqmasliklari haqida eslatib oʼtishni joiz deb bildik. Zero, atrof-muhitga beparvolik bilan qilingan salbiy harakatlar uchun qonunda belgilangan tartibda chora koʼrilishini eslatib oʼtamiz.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube
#Rasmiy
#Tayinlov

Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi


Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Dastlab, yigʻilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari viloyat va tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Shundan soʻng, Hoshimov Shuhrat Oʻrozaliyevich Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida: Sh. Hoshimov 1976-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator masʼul lavozimlarida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi


Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Dastlab, yigʻilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari viloyat va tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Shundan soʻng, Hoshimov Shuhrat Oʻrozaliyevich Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida: Sh. Hoshimov 1976-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator masʼul lavozimlarida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#tayinlov

Abdisattarov Zokir  Abdumuminovich O'zbekiston mahallalari uyushmasining Angren shahar bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi

Abdisattarov Zоkir - 1979  yil 17 iyulda Toshkent viloyati Angren shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti -  oliy. 2001 yilda Toshkent viloyati davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini dastlab “Angren” ko‘mir konida oddiy ishchi sifatida boshlagan. Shuningdek, ta’lim muassasalarida, Angren shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazida, Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyatini davom ettirgan.

Abdisattarov Zokir mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Angren shahar Pedagogika kollejida direktor lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube
#rasmiy

Ijtimoyi tarmoqda Angren shahrida avtomobillarga gaz quyish shahobchalaridagi ahvol xususida joylangan video ko'rinishi yuzasidan munosabat

Shahar IIB ma'muriyatining bergan ma'lumotiga ko'ra, hozirgi vaqtda ob-havoning o'zgarishi, harorat pasayishi munosabati bilan aholini uzluksiz gaz yoqilg''isi bilan ta'minlash maqsadida "Obliq", "Kimyogar" mahallalarida joylashgan gaz taqsimlash shaxobchalari belgilangan vaqt oralig'ida transport vositalariga xizmat ko'rsatmoqda.

Ushbu shaxobchalarda tartib o'rnatish uchun zarur choralar ko'rilgan. Hozirgi vaqtda Angren shahar "Obliq", "Kimyogar" 5/3 dahasida gaz shaxobchalarida vaziyat barqaror.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube
#RASMIY_MUNOSABAT

Joriy yilning 13-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda ““Open budjet” uchun dars fido yoxud Pedagog maqomining eng past ko‘rinishi” tarzida Angren shahridagi 41-sonli umuma’lim maktabi rahbarining telegram guruhlaridagi so‘zlashmalari tarqaldi.

Holat shu kuning o‘zida nazoratga olinib, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va tuman bo‘limi mas’ullari ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi.

Xabaringiz bor, kun kecha aynan “Tashabbusli budjet” doirasida ovoz yig‘ish jarayonlari boshlangan edi. Xabarda keltirilgan maktab jamoasi muassasaga zarar bo‘lgan o‘quv jihozlari, sport zal ta’miri uchun tanlovda ishtirok etishni rejalashtirgan.
Jarayonlarda imkoniyatni qo‘ldan bermaslik uchun maktab rahbari birnchi seminada dars soatlari bo‘lmagan o‘qituvchilardan ovoz yig‘ishda ko‘maklashishni so‘rab, maktabning telegram guruhida murojaat qiladi. (Texnik nosozlik sabab, jarayon qisqa fursatda to‘xtatilgan).

O‘rganish jarayonlarida muassasa rahbari tomonidan pedagoglar haq-huquqlarini buzilishiga olib keluvchi vazifa yuklatilgani ko‘rsatib o‘tildi. Maktab direktoriga Angren shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan ogohlantirish (2024.14.03. 01/1-332) berildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
#Rasmiy
           
Aripov Muzaffar Akbarovich -  Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

M. Aripov 1985-yilda Toshkent viloyatida  tugʻilgan. Maʼlumoti  – oliy. 2010-yilda Toshkent davlat agrar universitetini,  2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Piskent tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Yakubov oʻz arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Bugun shu munosabat bilan Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.

Yigʻilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY

TAYINLOV

Xo‘jayarov Ixtiyor Xolmurodovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

I. Xo‘jayarov 1986-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2009-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini monitoring qilish sho‘basi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktor o‘rinbosari Sirojiddin Sa’dullayevich Abdullayev va Toshkent viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Otabek Sabirovich Sultanbekov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Ixtiyor Xo‘jayarov boshqarma boshlig‘i sifatida tanishtirildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Zoyir Mirzayev Boshqirdiston poytaxti Ufa shahriga yetib keldi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Rossiya federatsiyasida boʻlib turibdi.

Vakillarimiz Tatariston poytaxti Qozon shahrida bir qator manfaatli uchrashuvlar oʻtkazdi, viloyat hokimi va mehnat migrantlari muloqoti oʻtkazildi.

Kecha kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Boshqirdiston respublikasi poytaxti Ufa shahriga joʻnab ketdi.

Bugun bu yerda bir qator investitsiyaviy muloqotlar boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyati delegatsiyasi savdo va ishlab chiqarish obyektlari faoliyati bilan tanishadi.

Ufa shahrida vakillarimizni Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov tantanali kutib oldi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM