Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.29K subscribers
103K photos
7.95K videos
116 files
20.8K links
Download Telegram
#Sayyor_qabul #Ohangaron #Foto

QABUL BOSHLANGANIGA 5 SOAT BOʻLDI, VILOYAT HOKIMI 308 NAFAR FUQARONI QABUL QILDI

Ohangaron shahridagi istirohat bogʻida Zoyir Mirzayev boshchiligida sayyor qabul oʻtkazilmoqda.

Ayni paytda ham davom etayotgan qabulga Angren, Ohangaron, Olmaliq shahri va Ohangaron tumani aholisi taklif etilgan. Shuningdek, qabul daragini eshitib boshqa tuman va shaharlardan ham fuqarolar kelishgan.

Ohangaron shahrida viloyat hokimining fuqarolar qabuli davom etmoqda.

Qabulni jonli efirda koʻrish:

📱Facebook ( https://fb.watch/f-GnpelarC/ )

🌐YouTube ( https://youtu.be/TluFCetfcNw )
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2_sektor
#sayyor_qabul

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2022 yil 26 sentyabrdagi 07-2534-sonli topshirig‘iga asosan xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida joylarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Angren shahrida aholi murojaatlari, ularni qiynab kelayotgan muammolarni xal etishga alohida e’tibor qaratilgan. Bugun shahar prokurori, 2-sektor rahbari Ulug‘bek Xabiljonov shahardan chekka hududda joylashgan "Grum" mahallasida bo‘ldi. Dastlab aholi murojaatlarini tinglash va muammolarini o‘rganish maqsadida
sayyor qabulda ishtirok etdi. Sayyor qabulda fuqarolarning bandlik, ijtimoiy yordam hamda hududdagi kommunal tizimga oid murojaatlari ko‘rildi.

Sayyor qabulidan so‘ng fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
@angrenhokimligi_7
#sayyor_qabul

Yurtimizda xalq bilan muloqot  tizimining yo‘lga qo‘yilishi natijasida odamlarning muammolariga barham berilayapti, 

Shahar hokimi Alisher Rayimov  boshchiligida hokimlik  mas’ullari,  Xalq qabulxonasi mudiri Nasiba Gafurova hamda mutasaddi tashkilotlar  rahbarlari  ishtirokida "Yangi Hayot"  mahallasida navbatdagi sayyor  qabul  bo‘ldi.

Sayyor qabulda  asosan fuqarolarning  uy-joy,  bandlik,  43-DMTTda olib boriladigan  ta’mirlash ishlari,  moddiy yordam bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#sayyor_qabul

Angren shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mavluda Abdurahmonova, Adliya bo‘limi boshlig‘i Otabek Qalandarov, Davlat xizmatlari markazi rahbari Gʻayrat Ahmedovlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Hozirgi kunda jamiyatimiz hayotida insonga e’tibor, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarini  hal etish, dardu tashvishlarini tinglashda sayyor qabullar muhim ahamiyatga ega bo‘layapti.

Bugun Angren shahrida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda asosan xotin-qizlar masalasi bilan bog‘liq bo‘ldi. Unda sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam, farzandini “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritish, kadastr hujjati, bandlik bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi.

Har bir murojaat va undagi masalalar yechimiga huquqiy yondashuv zarurligi tushuntirildi.
Bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarni hal etishga jiddiy  e’tibor qaratildi.

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#sayyor_qabul

Angren  shahrida fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqib o‘rganish, odamlarni  qiynab  kelayotgan muammolarini hal etishga alohida  e’tibor qaratilmoqda.

Bugun "Ko‘kterak"  mahallasida bo‘lib o‘tgan ommaviy  sayyor qabulda aynan ushbu masalalar muhokama qilindi.

Shahar  hokimi  Alisher  Rayimov,  4-sektor  rahbari  Jamshid  Usmanov, 
Shahar hokimining o‘rinbosari  Mavluda  Abdurahmonova,  Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash  bo‘limi boshlig‘i Jahongir Xasanov,  Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish  bo‘limi boshlig‘i  Elmurod Ubaydullayev, hokimlik mas’ullari,  kommunal korxonalar hamda tegishli  tashkilotlar rahbarlari ishtirokida  fuqarolarning mahalla hududida oqova tarmog‘i, elektr  energiya,  issiqlik energiyasi ta’minoti hamda yo‘llarga asfalt yotqizish ishlarini boshlash bilan bog‘liq murojaatlari,  bandlik,  sog‘lig‘i uchun moddiy yordam yuzasidan murojaatlar ko‘rildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#sayyor_qabul

Angren shahrida  aholi murojaatlarini  joyiga chiqib qabul qilish va muammolarni hal etishga alohida e’tibor qaratilgan.

Bugun "Bobotog‘"  mahallasida shahar  hokimi  Alisher  Rayimov,  shahar  prokurori Ulug‘bek  Xabiljonov hamda mutasaddi  rahbarlar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolarning bandlik,  sog‘lig‘ini tiklashga sarflanadigan harajatlar uchun moddiy  yordam,  uy-joy, issiqlik energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#sayyor_qabul

Fuqarolarni qiynab kelayotgan  muammolar  sektor  rahbarlari  tomonidan  joyiga chiqib  o‘rganilmoqda.

Shahar  prokurori,  2-sektor  rahbari  Ulug‘bek  Xabiljonov "Yangi  Go‘shsoy"  mahallasida  bo‘ldi.

Unda mahalla  aholisi bilan  uchrashdi va fuqarolarning bandlik, kadastr hujjati, mahalla yo‘li va  elektr tayanchlar bilan bog‘liq murojaatlarini  ko‘rib chiqdi.

Har bir murojaat e’tiborga  olinib, tegishligi bo‘yicha  yo‘naltirildi va nazoratga olindi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#sayyor_qabul

Viloyat hokimi oʻrinbosarlarining olis hududlardagi sayyor qabullari davom etmoqda

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Sayyor_qabul
#Qishloqda_bir_kun

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Angren shahrining Lashkerak qishlogʻida boʻlib turibdi.

Zoyir Mirzayev Qurama togʻining qorli choʻqqilariga tutash joyda joylashgan bu qishloqda yashovchi yoshlar, mahalla kayvonilari, nuroniylar bilan uyma-uy yurgan holda samimiy muloqot qilib, aholi murojaatlarini eshitmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Angren shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari !

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Angren shahri fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 18-oktabr kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Angren shahri, Amir Temur ko‘chasi, 7-uy. Angren iqtisodiy zona direksiyasi binosi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#sayyor_qabul

Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholi bilan ochiq muloqot olib borish, ularning muammolarini o‘rganish va   joyida hal etish hamda huquqiy ko‘mak berish maqsadida olis hududlardagi sayyor qabullari davom etmoqda.  

Xususan, Angren shahridagi Istiqlol mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda uy-joy, tadbirkorlik huquqlarini himoya qilish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, infratuzilmani yaxshilash kabi masalalar bilan 23 nafar fuqaro ishtirok qildi.  

Sayyor qabul  davomida  14 ta murojaat ish yurituviga kirim qilinishi hamda boshqa masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilishi taʼminlandi.
Forwarded from Raqobat qo‘mitasi
#Sayyor_qabul

🗓 Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qo'mita raisi o'rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

📍Mazkur sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek tabiiy monopoliya, ustun mavqega ega xo'jalik yurituvchi subyekt vakillari ham ishtirok etdi.

Qabul davomida 10 ga yaqin tadbirkorlardan murojaatlar qabul qilindi. Xususan, ustun mavqega ega xo'jalik yurituvchi subyekt vakillari qanday xollarda iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik olinishi va uning qanday shartlari mavjudligi,ustun mavqega va ustn muzokara kuchiga ega deb topish va uning shakllari, yuqori likvidli mahsulotlar ro‘yxatiga kiritiladigan mahsulotlarning mezonlarini aniqlash tartibi va boshqa ko'plab o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar berildi.

➡️ Misol uchun, murojaatlar davomida B.Qodirovning birja savdolari, L.Aminovning korporativ buyurtmalar, F.Nasriddinovning issiqlik energiyasi narxlari borasidagi murojaatlari ham qabul qilinib tegishliligi bo‘yicha ijroga yo‘naltirildi.

Kanalga ulanish 🔝 https://t.iss.one/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM