Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.33K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali Angren shahar hokimining hokimlik binosini ta'mirlashga ajratilgan mablag' bilan  bog‘liq material yuzasidan shahar hokimligi axborot xizmatining rasmiy munosabati. 

Haqiqatan ham Аngren shahar hokimligidagi mavjud majlislar zali  hamda ayrim xonalarning  pol qismi va eshiklar eskirib yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli faoliyat olib borayotgan xodimlarga sharoit yaratish maqsadida ta'mirlash zarurligi uchun shahar hokimligi Xo‘jalik ishlari mudiri Sh. Ahmedovaning  shahar hokimi nomiga bergan bildirgisiga asosan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rish belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib,  shahar hokimligi binosida majlislar  zali va xonalarning pol va mebel jihozlari ta'mirtalab holga kelib qolganligi sababli ayrim xonalardagi pol qismlari va eshiklarni ta'mirlash hamda eskirgan mebel jihozlarini yangisiga almashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi “Byudjetlararo munosabatlarni va soliq ma'muriyatchiligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-208-sonli Qaroriga asosan amalga oshirilgan.

Mazkur qarorning 2-bandiga 2-xatboshida ushbu band talablari Vazirlar Mahkamasi va mahalliy byudjetlarning zaxira jamg‘armalari mablag‘lariga, tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilganligini inobatga olib, Angren shahar hokimligininig zahira mablag‘lari hisobidan (Angren shahar hokimining  2022-yil 8-noyabrdagi 133-10-148-F/22-sonli farmoyishi bilan ) 266 mln 700  ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#RASMIY_MUNOSABAT

Joriy yilning 13-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda ““Open budjet” uchun dars fido yoxud Pedagog maqomining eng past ko‘rinishi” tarzida Angren shahridagi 41-sonli umuma’lim maktabi rahbarining telegram guruhlaridagi so‘zlashmalari tarqaldi.

Holat shu kuning o‘zida nazoratga olinib, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va tuman bo‘limi mas’ullari ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi.

Xabaringiz bor, kun kecha aynan “Tashabbusli budjet” doirasida ovoz yig‘ish jarayonlari boshlangan edi. Xabarda keltirilgan maktab jamoasi muassasaga zarar bo‘lgan o‘quv jihozlari, sport zal ta’miri uchun tanlovda ishtirok etishni rejalashtirgan.
Jarayonlarda imkoniyatni qo‘ldan bermaslik uchun maktab rahbari birnchi seminada dars soatlari bo‘lmagan o‘qituvchilardan ovoz yig‘ishda ko‘maklashishni so‘rab, maktabning telegram guruhida murojaat qiladi. (Texnik nosozlik sabab, jarayon qisqa fursatda to‘xtatilgan).

O‘rganish jarayonlarida muassasa rahbari tomonidan pedagoglar haq-huquqlarini buzilishiga olib keluvchi vazifa yuklatilgani ko‘rsatib o‘tildi. Maktab direktoriga Angren shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan ogohlantirish (2024.14.03. 01/1-332) berildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook