Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.29K subscribers
104K photos
8K videos
118 files
21K links
Download Telegram
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

📢Respublika Ma'naviyat va
ma'rifat markazi Angren shahar bo'linmasi tomonidan oila va mahallaning bolalar va
yoshlar tarbiyasiga ta'sirini
oshirish maqsadida Angren
shahar "Bobo-tog'" MFY aholi
va faollar ishtirokida
"Oila ma'naviyati" mavzusida
davra suhbati tashkil etildi.

🧑‍🎓Davra suhbatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat
markazi Angren shahar
bo'linmasi rahbari A.Yusupov
tomonida oila manaviy olami
ozaro hurmat, qadrlash,
hamkorlik, murosasozlik,
mehribonlik, rahmdillik,
mehr-oqibat, sabr-bardoshlilik, insonsevarlik, olijanoblik,
kattalarga hurmat, kichiklarga
izzat kabi manaviy qadriyatlarni
ozida mujassamlashtirishi
lozimligi to'g'risida so'z olib
borildi.

🎁Tadbir yakunida bo'linma
tomonidan "Kitobxonlik"ni keng
targ'ib qilish maqsadida "Bobo-tog'" mahalla fuqarolar yig'iniga badiiy
va siyosiy adabiyotlar to'plami
sovg'a qilindi.
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Joriy yilning 27-iyul sanasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo'linmasi tashabbusi bilan Angren shahar Axborot - kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash, yoshlarning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash, shuningdek kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Zakovat” intelektual o'yini tashkil etildi.

"Zakovat" intelektual o'yini Angren shahar Axborot - kutubxona markazining " Faol kutubxonachi" hamda shahrimiz "Zukko" yoshlar jamoasi o'rtasida bo'lib o'tdi.

Intelektual o'yin mobaynida Axborot - kutubxona markazining " Faol kutubxonachi" jamoasi g'olib bo'ldi va 1-darajali diplom hamda kitoblar to'plami bilan taqdirlandi.
#Toshkent_viloyati
#Angren_shahar
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

🔰 Joriy yilning 17 -avgust kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo'linmasi hamda Toshkent harbiy okrugiga qarashli Angren garnizonidagi 42219 harbiy qism hamkorligida "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 32 yil" mavzusida intellektual viktorina tashkil etildi.

👨‍🎓Toshkent harbiy okrugiga qarashli Angren garnizonidagi 42219 harbiy qism xizmatchilari ishtirokida tashkil etilgan bilimlar bellashuvida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo'linmasi tomonidan harbiy xizmatchilarning ma'naviy saviyasi hamda intelektual salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida buyuk ajdodlarimizning tarixda tutgan o'rni hamda boy ilmiy meroslari yodga olindi.

⚡️📌Intelektual o'yin qizg'n bahs - munozaralarga boy bo'lib o'tdi. Bilimlar bellashuvi so'ngida faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilarga estalik sovg'alar topshirildi.

✍️  Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo'linmasi.
#Toshkent_viloyati
#Angren_shahar
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Ўзбекистон Республикасининг “Реклама тўғрисида”ги, “Давлат тили тўғрисида”ги Қонунлари, Вазирлар Маҳкамасининг “Ташқи реклама бозорини тартибга солиш тўғрисида”ги 104-сонли қарори талабларига мувофиқ ўрганиш ишлари олиб борилмоқда.

❇️ Хусусан,  Ангрен шаҳар ҳудудидаги савдо расталари, маиший хизмат кўрсатиш шахобчаларидаги ҳолат 
Республика Маънавият ва маърифат маркази Ангрен шаҳар бўлинмаси раҳбари А.Юсупов ҳамда Республика Маънавият ва маърифат маркази Ангрен шаҳар бўлинмаси бош мутахассиси О.Жураваев билан биргаликда ўрганилиб, камчиликларни бартараф этиш чоралари кўрилди.

📌 Ўрганиш давомида шаҳардаги ноқонуний реклама ўрнатган ҳамда имловий хатолар билан эълон матни ёзган тадбиркорларга, шунингдек, ташкилот раҳбарларига  “Огоҳлантириш хати”  берилди.

✍️Республика Маънавият ва маърифат маркази Ангрен шаҳар бўлинмаси
#Ilmli_ayol_jamiyat_kozgusi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Vatanimiz taraqqiyotiga bilimi, ma'rifati orqali hissa qo'shgan millatimiz onalari hayoti va faoliyatini mahallalarda keng targ'ib etish maqsadida
Angren shahar  "Ulug‘bek"  MFY hududida joylashgan 43-sonli  maktabda "Sharq ayoli ma'rifati-mahallada"  loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda Angren shahar hokimining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar  bo‘limi boshlig‘i M.Abdurahmonova, shahar IIB voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha mas'ul xodimi  R.Usmonova, Xalq deputatlari shahar Kengashi  deputati  G.Karabaeva,  shahar Ma'rifat targibotchilar  guruhi  a'zolari D.Zokirova,  N.Dushayevalar ishtirok etishdi.

Tadbirda ilmli ayollarning bugungi kunda erishgan yutuqlari, bosib oʻtgan yoʻllari haqida gapirib oʻtdilar. 

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube