Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.32K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
#Angren_shahar
#Umumta'lim_maktablari
#Vatanparvarlar

🇺🇿Angren shahar XTB ga qarashli umumta'lim maktablarining o'quvchi yoshlari o'rtasida Mudofaa vazirining kubogi uchun " VATANPARVARLAR" harbiy-sport musobaqasining shahar bosqichiga start berildi.Musobaqa Angren shahar 42219 harbiy qism bazasida o'tkazildi.

🔰Musobaqaning asosiy bosqich shartlari : Safda qo’shiq aytish, mohir mergan, harbiylashtirilgan estafeta, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, duatlon kabi shartlarda o’quvchilar chaqqonlik va mohirliklarini namoyon etgan bo’lsalar, Temur tuzuklari bilimdoni kabi shartlar ularning nazariy bilimlarini sinovdan o’tkazdi.

🔰Musobaqa qiziqarli va bahsli bo'lib natijalar sarhisobiga ko’ra 🥇1-o’rin 28-maktabning “Lochinlar” jamoasiga nasib etgan bo’lsa🏆, 🥈2-o’ringa 8-maktabning “Jasorat”, hamda faxrli 🥉3-o’ringa 12-maktabning “Turon” jamoasi loyiq ko’rildi.
🔰G’oliblar diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.