Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.27K subscribers
105K photos
8.06K videos
119 files
21.2K links
Download Telegram
December 28, 2023
#Bildirish

1-YANVARDAN NIMALAR O'ZGARADI?

Pensionerga hisoblangan, ammo o'z vaqtidan olinmagan pensiyani to'lash muddati uzaytiriladi;

ma'muriy sudlarda davlat boji ishni ko'rib chiqish natijasiga ko'ra aybdor tarafdan undiriladi;

bir necha shaharlarda yo'lovchilarni tashish brutto-shartnoma asosida tashkil etiladi;

garov bilan ta'minlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi;

pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinganlar kasbiy sertifikatlanadi;

ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi;

maktab direktorlari har 5 yilda kasbiy sertifikatsiyalanadi;

ichimlik suvidan foydalanish bo'yicha “Tejamkor uy” reyting tizimi ishga tushiriladi;

yangi obyektlarni loyihalashtirishda chang-gaz tozalash uskunalari o'rnatilishi ko'zda tutilmagan loyihalar ekologik ekspertizadan o'tkazilmaydi;

uy sharoitida daraxt ko'chatlarini yetishtirish o'zini-o'zi band qilish hisoblanadi;

mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 million so'mgacha oshiriladi;

ayrim poyezdlarda yo'lovchilarni tashish xizmati tariflari davlat tomonidan tartibga solinmaydi;

professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchilarga imtiyozli kredit ajratiladi;

maktablarning qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasi orqali shakllantiriladi;

kichik tadbirkorlarga o'zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga to'g'ridan-to'g'ri sotishga ruxsat beriladi;

ayrim tibbiy xizmatlar davlat byudjeti hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko'rsatilishiga ruxsat beriladi;

baliqchilik loyihalari uchun garovsiz kredit ajratiladi;

ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk uchun majburiy badallarning eng kam miqdori vazirlik tomonidan belgilanadi;

“Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishlab chiqiladi;

kredit qarzdorligini undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, foizlar va neustoyka hisoblanishi to'xtatiladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 2, 2024
#Bildirish

Angren shahri boʻylab toza ichimlik suvi tarmog'ida rejali taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli, 23-yanvar kuni soat 08:00 dan 20:00 ga qadar barcha mahallalarda suv o'chiriladi:

Holat yuzasidan soha mutaxassislari tomonidan joylarda avariya xizmati ish olib bormoqda.


Murojaat uchun tel.:
+998 70 665 08 60;
+998 94 119 28 19.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 23, 2024
February 15, 2024
March 27, 2024
March 30, 2024
#Bildirish

Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtadi.

Sayyor qabul Nurafshon shahrida, “Nurafshon Business city” maʼmuriyati binosida soat 14:00 dan 18:00 gacha oʻtkaziladi.

Manzil: Lokatsiya 👈

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 6, 2024
May 7, 2024
#Diqqat!
#bildirish

⚡️Toshkent viloyatida 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar “Harakat xavfsizligi oyligi” oʻtkaziladi.

Toshkent viloyati hududida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, avtomobil yoʻllarida harakat xavfizligini taʼminlash maqsadida viloyat hokimining 2024-yil 17-may kunidagi tegishli farmoyishi asosida 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar “Harakat xavfsizligi oyligi” oʻtkaziladi.

Barcha harakat ishtirokchilarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 21, 2024
June 10, 2024