Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.33K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
Xalqimiz o‘ziga xos fazilatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham odamlarning xonadonidan qut-baraka arimaydi. Bu azaliy qadriyatlar hamon saqlanmoqda.

Angren shahrining joylashuvi, iqlimi jihatidan boshqa joylarga nisbatan tabiati o‘zgacha go‘sha.

Garchand, shahar sanoatga, ishlab chiqarishga moslashgan bo‘lsa-da, zahmatkash odamlar mavjud tomorqa yer maydonlarini daromad manbaiga aylantirganlar.

Angren shahrida issiqxonalar tashkil etgan, fermer xo‘jaliklari barpo qilganlar ko‘plab topiladi. Shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari ana shunday fermer xo‘jaliklardan birida bo‘ldi.

Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsiziligini ta’minlashga munosib ulush qo‘shayotgan, issiqxonada pomidor mahsuloti hamda fermada qoramol parvarishlab, go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirayotgan fermerlar bilan uchrashdi. Unda yaratilgan shart-sharoitlar hamda foydalanilayotgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi va tadbirkorlarning muammolari va qiziqishlarini o‘rgandi.

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'naviyat

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo‘limi va Angren 42219 harbiy qism hamkorligida  “Men namunali harbiy oila bekasiman” mavzusida  “Balli, ayollar!” ko’rik-tanlovining harbiy qism bosqichi bo’lib o’tdi.

Ushbu ko’rik-tanlovda harbiy xizmatchilarning eng zukko va eng iqtidorli turmush o’rtoqlari “Men na’munali harbiy oila bekasiman”, “Ignadan ip o’tmasa”, “Baxru bayt” va “Biz To’maris izdoshlarimiz!” kabi shartlar bo'yicha berlashishdi. Jamoatchilik vakillaridan iborat hay'at a'zolari ishtirchilarning har bir  chiqishlarini odilona baholab bordi.

Yakuniy natijalariga ko'ra "Balli, ayollar! " ko‘rik-tanlovining harbiy qism bosqichida g‘oliblik kichik serjant Akmal Subxonovning turmush o‘rtog‘i Mashxura Ayasovaga nasib etdi.

Tanlov ishtirokchilari harbiy qism qo‘mondonligining "Diplom" va  esdalik sovg'alari bilan tantanali taqdirlandi.

M.Begmuratova,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Targibotchilar jamiyati" a'zosi
Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#maktab_hayoti

Joriy o'quv yilining 14-fevral kuni Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi va 10-sonli musiqa maktabi bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yillik tavalludi hamda Alisher Navoiyning 582 yillik tavalludiga bag'ishlangan "Ikki buyuk siymo ma'naviyat timsoli" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tdi.

Tadbirda maktabning iste'dodli o'quvchilari tomonidan o'qilgan shoirlarning g'azal-u ruboiylari mumtoz adabiyot dunyosiga oshno etgan bo'lsa, go'zal raqs va sahna koʻrinishlari tomoshabinlarga ma'naviy ozuqa berdi.

https://t.iss.one/angren_piima
#депутат_назорати

Халқ депутатлари Ангрен шаҳар Кенгаши котибияти хонасида Саноат, транспорт, қурилиш, коммунал соҳа ва аҳолига хизмат кўрсатиш масалалари ҳамда Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш масалалари бўйича доимий комиссиянинг қўшма йиғилиши ўтказилди.

Йиғилишда шаҳардаги чиқиндихоналарга хизмат кўрсатаётган ташкилотлар томонидан амалга оширилаётган ишлар юзасидан соҳа мутасаддилари “Zero-Waste” MCHJ О.Абдухалилов, Тошкент вилояти Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси Ангрен шаҳар бўлими бошлиғи К.Каримов, Ангрен шаҳар Ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи С.Абдуразаков, “Тоза ҳудуд” ДУК шаҳар филиали бошлиғи Ў.Парпиев, Табиатни муҳофаза қилиш Ангрен шаҳар инспекцияси раиси Б.Ўразалиев ҳамда депутатлар иштирокида масалалар муҳокама этилди.

Ангрен шаҳар Кенгаши котибияти
📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Shu kunlarda o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalari, davlat arbobi,  adabiyot mulkining sultoni Haztat Mir Alisher Navoiy,  shoh va shoir,  matonatli sarkarda Zahiriddin Muhammad  Bobur tavalludlariga bag‘ishlangan ma’naviyat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan,  Angren Pedagogika kollejida,  9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida sana munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda  o‘tdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube