Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.32K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
Toshkent viloyati FVB boshlig'i o'rinbosari hamda Angren shahar FVB boshlig‘i rahbariligida Angren shahridagi "Ohangaron suv ombori", "Qorabog‘" MFY, "Qatag'on" MFY, "Sog‘lom" MFY, "Maydon" MFY, "Yangi hayot" MFY lari hududidan oqib o'tuvchi Qorabog‘soy atrofidagi aholi yashash xonadonlarida sel, suv toshqinlari xavfini oldini olish maqsadida o'rganildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ANGREN_SHAHAR
#MAHALLABAY_ISHLASH_VA_TADBIRKORLIKNI_RIVOJLANTIRISH
#HOKIM_YORDAMCHISI
#DRAYVER

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va boshqarmasi mas'ul rahbarlari va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari E.Ubaydullayev Angren shahridagi mahallalar oʻsish nuqtalari boʻyicha qilinayotgan ishlar boʻyicha koʻnikma va tushunchalar berishdi.

"Oppartak" MFY hokim yordamchisi A.Nurmatov tomonidan mahallada yashovchi fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida berilayotgan amaliy yordamlar natijalari joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Fuqarolar tomonidan malina yetishtirish, asalarichilik kabi yoʻnalishlar boʻyicha yangi daromad manbalari rivojlantirilmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Forwarded from Xushnudbek.uz
O‘zbekiston barcha gaz va neft zaxiralarini 35 yilga Rossiya oligarxlariga topshirganmi?

Qisqa javob: Yo‘q, O‘zbekiston energotizimini hech qaysi davlatga topshirib qo‘ymagan.

Kengaytirilgan javob: O‘zbekistondagi yetakchi OAV vakillari, blogerlar hamda ekspertlar energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, “O‘zbekneftgaz” rahbari Mehriddin Abdullayev bilan uchrashdi va bugungi kunda ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan savollarga izoh so‘rashdi.

Eng asosiy savol, albatta — O‘zbekiston 35 yilga BARCHA gaz va neft konlarini Rossiya oligarxlariga berib qo‘yganiga oid maʼlumot haqida bo‘ldi.

Energetika vazirining taʼkidlashicha, bu mutlaqo noto‘g‘ri va yolg‘on xabar.

Gap faqat Boysun tumanida joylashgan BITTA M-25 koni haqida (O‘zbekistondagi BARCHA konlar emas).

Mahsulot taqsimotiga oid Bitim (SRP) tomonlari:

Bir tomondan (Hukumat)
— O‘zbekiston Respublikasi;

Ikkinchi tomondan (Investor) — 3 ta kompaniyadan iborat konsorsium, yaʼni:

1) «Gas Project Development Central Asia AG» (Shveysariya);
2) «Altmax Holding Ltd» (Kipr);
3) “Uzneftegazdobicha” AJ (O‘zbekiston, davlat korxonasi).

Bitim muddati: 35 yil

Bitim sharti:

1) Investorlar hududga bir necha mlrd dollar investitsiya kiritadi, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiradi, konni o‘zlashtiradi, zavod quradi, infratuzilma yaratadi. Bularning hammasi investorlar mablag‘lari evaziga bo‘ladi. Davlat byudjetidan bir tiyin ham pul ishlatilmaydi yoki davlat kafolati ostidagi kreditlar olinmaydi;

2) Kelgusida gaz ishlab chiqarish boshlangach, daromadning (barcha xarajatlar va O‘zbekistonga to‘lanadigan soliqlardan qolgani) 50%i O‘zbekiston Respublikasiga, qolgan 50%i esa investorlarga bo‘linadi.

Nega 35 yil?

Shuni 10 yil, 15 yil yoki 20 yil qilsa bo‘lmasmidi, deb so’radik.

Mas’ullarning aytishicha, mazkur kon Surxondaryoning relyefi o‘ta murakkab bo‘lgan Boysun tog‘larida joylashgan. U yerda gaz qazib chiqarishni tashkil qilish uzoq va murakkab jarayon. Masalan, 2017-yilda ishlar boshlangan bo‘lsa, mana oradan salkam 6 yil o‘tgan bo‘lsada, haligacha gaz qazib chiqarish boshlangani yo‘q. Yaʼni bu joyda gaz qazib chiqarishni yo‘lga qo‘yishning o‘ziga kamida 8 yil, yo‘qsa taxminan 10 yil vaqt ketadi.

Shuningdek, investor kiritgan mablag‘ning qoplanish muddatini ham hisobga olish kerak. Shu sababli bitim 35 yilga tuzilgan.

Nega aynan shu kompaniyalar tanlangan?

Bu savolni ham berdik.

Yuqorida aytilganidek, ushbu kon juda noqulay joyda joylashgan. U garchi 1960-yillarda aniqlangan bo‘lsada, lekin sobiq SSSR vaqtida ham konni o‘zlashtirish imkoni bo‘lmagan.

Mustaqillik yillarida konni o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘plab xorijiy kompaniyalarga berilgan (BP, Total va hk). Lekin ular rozi bo’lishmagan.

2006-yilda Malayziyaning Petronas kompaniyasi hamda Saudiya Arabistonining Delta Oil kompaniyalari mazkur konni o‘rganishga kirishgan. Biroq, konning murakkab geologik tuzilishi, gaz tarkibida oltingugurt va uglevodorod oksidi miqdori yuqoriligi, iqtisodiy jihatdan past rentabelligi sababli yuqoridagi kompaniyalar 2013-yilda loyihadan o‘z ixtiyorlari bilan chiqishgan.

Shundan so‘ng, kon yana bir necha yil qarovsiz qolgan. 2017-yilga kelib, yuqoridagi investorlarga berilgan.

🔍Ochiqlik haqida

Mas’ullardan shunga oid tegishli hujjatlarni jamoatchilik uchun ochiqlashni so’radik. Ishonchsizlik bo’lmasligi uchun, hamma o’z ko’zi bilan ko’rishi kerak.

Shuningdek, uchrashuvda bunday bitimlarga oid qonunchilikni yangilash haqida ham gap ketdi. Ya’ni qonunlarga bunday bitimlar albatta Parlament tomonidan tasdiqlanishi, matnlari jamoatchilikka ochiq e’lon qilib borilishi, ishlab turgan konlarni xorijiy yoki xususiy kompaniyalarga berishni taqiqlash haqidagi talablarni qo’shish kerakligi ta’kidlandi.


👉 @xushnudbek 👈
"Янги Ҳаёт" МФЙда Давлатимиз раҳбарининг ПҚ-408-Қарори бўйича келтирилган бетон таянчларни ўрнатиш ишлари олиб борилди.
#тадбиркорлик
#ҳоким_ёрдамчиси

"Гўзал" МФЙ "Бунёдкор" кўчасида "Маиший техникалар савдоси"га ихтисослашган савдо дўкони иш фаолиятини бошлади.

Тадбиркор томонидан мижозларга қулайлик яратиш мақсадида, маиший техника воситларини нақд пулда ва муддатли тўлов асосида харид қилиш имконияти йўлга қўйилди.

Лойиҳа орқали 2 та янги иш ўрни яратилди.