Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.28K subscribers
104K photos
8K videos
118 files
21K links
Download Telegram
#kun_mavzusi

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Angren shahar 35-umumta'lim
maktabida "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga shahar xotin-qizlar qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi M.Mamedeva, XTB metodisti G.Nuraliyeva, IIB xodimi O.Rahimov, Sharqiy Qurama korxonasi rahbariyati vakillari, maktab kuzatuv kengashi raisi X.Ashirqulov hamda ota-onalar taklif etildilar.

Tadbirda maktabning faol o‘qituvchilari va o‘quvchilari Angren shahar XTB mudiri va maktab direktori tomonidan "Faxriy yorliq" va "Tashakkurnoma"lar bilan taqdirlandilar.

O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.

Bugun bitiruvchi o‘quvchilarning yuzida tabassum, yuragida cheksiz hayajon.

Ular bilan birgalikda jajji bolajonlarimizning ham ko‘nglida o‘zgacha bir surur, kayfiyat,ular yuqori sinfga qadam qo‘yishdi. Nafaqat, bitiruvchi o‘quvchilar,balki maktab o‘quvchilarining barchasida ko‘zida yosh,qalbida quvonch barq urmoqda.
X. Baltabayeva,
maktab direktori
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#kun_mavzusi

"Ayollar daftari" xususida so'z yuritilganda, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi ekanligi alohida qayd etiladi.

Angren shahar hokimligi majlislar zalida  shahar hokimi Alisher Rayimov, Respublika ishchi guruhi vаkillari hamda  xotin-qizlar muammolarining tizimli ravishda hal etish, ularni  ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shahar Shtabi ishchi guruhi a’zolari ishtirokida  "Ayollar daftari"ning 4-bosqichi bo‘yicha jоriy yilning bugungi kun holatiga amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish  bo‘lib  o‘tdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#kun_mavzusi

Shahar hokimligida "Tashabbusli byudjet" loyihasi 1-mavsumining 2-bosqichi  muhokamasiga bag‘ishlagan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni  shahar hokimi Alisher Rayimov olib bordi.

Muhokamalarda shahar prokurori Ulug‘bek Xabiljonov, shahar hokimining barcha o‘rinbosarlari,
Moliya bo‘limi,  MTB, XTB, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, Angren SHETK, "Angrenshahargaz" GTB, "Toshkent Suv ta’minoti " MCHJ shahar bo‘limi,  Obodonlashtirish boshqarmasi  va boshqa mas’ul raxbarlar qatnashdilar.

Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi va loyihalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, taklif, tavsiyalar berildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube